Organizmlar umumiy ekologiyasining asosiy omillari

Organizmlar umumiy ekologiyasining asosiy omillari

O'quvchilarga / Geografiya
Organizmlar umumiy ekologiyasining asosiy omillari - rasmi

Material tavsifi

Organizmlar umumiy ekologiyasining asosiy omillari REJA: Muќit elementlari va faktorlari Evribiont va stenobiont organizmlar Abiotik faktorlar Biotik va antronogen faktorlar Tayanch iboralar: Organizmlarni geografik muќit ta'sirida yashashi Muќit faktorlarini ta'siriga nisbatan organizmlarni evribiont va stenibiont guruќlarga bo'linishi. Organizmlar ќayotida yorug'likni aќamiyati va ularni yorug'likka nisbatan moslanishi Organizmlar ќayotida shamolni aќamiyati Organizmlar ќayotida atmosfera tarkibini aќamiyati Organizmlar ќayotida temperaturani aќamiyati Ќayvonlarni o'z ichki temperatura muќitini ќosil qilish qobiliyatiga ko'ra, poykiloterm, gomeoterm va geteroterm guruќlarga bo'linishi Organizmlar ќayotida nailikni roli va ularni namlikni yetishmasligiga nisbatan moslanishi Organizmlar ќayotida tuprog'ni ximik va mexanik tarkibini aќamiyati Organizmlar ќayotida orografik faktorlarni aќamiyati Organizmlar ќayotida antronogek faktorlarni aќamiyati Organizmlar doimo muќitning xilma-xil ta'siri ostida bo'ladi. Ќamma organizmlar biosenozlar ta'sirida ma'lum darajada o'zgartirilgan noorganik muќit sharoitida yashaydilar. Faqatgina qushlar uchish vaqtida biosenozdan tashqarida bo'ladi va bevosita tashqi ta'sirini qabul qiladi. Organizmlarga ta'sir qiladigan muќim elementlari, muќit faktorlari deb ataladi. Organizmlarni yashashini ta'minlaydigan muќit faktorlari, yashash sharoiti deb ataladi. Yashash sharoitiga suv, kislorod, temperatura, oziq-ovqat, namlik va boshqalar kiradi. Ќar bir faktorda nisbatan, shu faktorni keng miqyosda o'zgarishi sharoitida yashay oladigan organizmlarni ajratish mumkin. Masalan temperaturani katta o'zgarishi sharoitida yashay oladigan evriterm organizmlar. Suvdagi tuz miqdorini katta o'zgarishi sharoitida yashay oladigan evrigolin organizmlar. Namlikni katta o'zgarishi sharoitida yashay oladigan evrigigrobiont organizmlar. Turli xil faktorlarni xilma-xilligi sharoitida yashashga moslashgan organizmlar evribiont organizmlar deb ataladi. Muќit faktorlarini faqat salgina o'zgarishi sharoitida yashaydigan stenobiont organizmlar deb ataladi. Ќamma muќit faktorlari quyidagi bir necha gruppalarga birlashtiriladi. Abiotik faktorlar. Bunga iqlim faktori va edafik faktorlar, ya'ni tuproq, suv va oragrafik faktorlar kiradi. Biotik faktorlar. Bunga o'simlik va ќayvonot dunyosini faktor sifatidagi ta'siri kiradi. Antropogen faktorlar. Iqlim faktorlari (organizmlar ќayotida, yorug'likni, shamolni, va atmosfera sostavini aќamiyati) Iqlim faktorlari biosenozlarni va organizmlarni tarqalishini asosiy faktorlaridir.Iqlim faktorlariga atmosferaning xususiyatlari ya'ni yorug'lik, atmosferani gazli tarkibi, shamolning namligi, yog'inning miqdori, ќavoning temperaturasi va bosimi kiradi. Yorug'likka nisbatan uch gruppa organizmlar ajratiladi: 1) Yaxshi yorug'likka ega bo'lgan joylardagina yashay oladigan organizmlar. 2) Soyalanish yetarli bo'lgan sharoitdagina rivojlanadigan soyasevar organizmlar. 3) Soyaga chidamli, ya'ni yorug'likda yaxshi rivojlanadigan va soyaga bardosh beraoladigan organizmlar. Ќarakatsiz o'simliklar fotosintez uchun zarur bo'lgan ma'lum miqdordagi yorug'likka moslashadilar. Ќayvonlar esa, yorug' yoki soya joyni tanlab olishdan boshqa, yana o'zlarining sutkalik aktivliklarini o'zgartiradilar. Masalan yumronqoziqlar issiq kunlarda faqat kechki va ertalabki soatlarda aktiv bo'ladilar, bulutli kunlarda esa, tush paytida ќam, tashqarida paydo bo'ladilar. Dala sichqonlari soyalangan uchastkalarda butun sutka davomida aktiv bo'lib, kechki soatlarda maksimum aktiv bo'ladilar. Ochiq joylarda esa, ular faqatgina kechqurun aktiv bo'ladilar. Saќroni ko'p ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.25 KB
Ko'rishlar soni 177 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:59 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.25 KB
Ko'rishlar soni 177 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga