Orol muammolarini bartaraf etish yo'lidagi xalqaro hamkorlik O'zA, 12.03.2008 21:48 Toshkentda 12 mart kuni Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Orol muammolari, ularning aholi genofondi, o'simlik va hayvonot olamiga ta'siri hamda oqibatlarini yengillashtirish uchun xalqaro hamkorlik chora-tadbirlari mavzuidagi xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi. BMT Rivojlanish dasturining Sharqiy Yevropava MDH mamlakatlari bo'yicha mintaqaviy byurosi direktori o'rinbosari Jeyxan Sultono'g'li xonim konferensiyani ochdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Orol muammolari, ularning aholi genofondi, o'simlik va hayvonot olamiga ta'siri hamda oqibatlarini yengillashtirish uchun xalqaro hamkorlik chora-tadbirlari xalqaro konferensiyasi ishtirokchilariga tabrigini O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Rustam Azimov o'qib eshittirdi. Konferensiyada dunyoning 20 dan ortiq davlati, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Germaniya, Gretsiya, Isroil, Hindiston, Xitoy, Niderlandiya, Rossiya, Yaponiya va boshqa davlatlardan, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardan, moliya institutlaridan vakillar, ekologiya, iqlim o'zgarishi hamda suv resurslarini boshqarish sohasi bo'yicha taniqli olimlar va mutaxassislar ishtirok etdi. Bugungi kunda sayyoramizda millionlab odamlar toza ichimlik suvi taqchilligidan aziyat chekmoqda. Bu iqlimi quruq mamlakatlarda ayniqsa yaqqol sezilmoqda. Orolbo'yida ekologik vaziyatning yomonlashishi mintaqada ekotizim muvozanatining buzilishiga olib keldi, suv resurslari taqchilligini kuchaytirdi. Bu esa mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush sharoiti va sog'ligiga, biologik xilma-xillikka salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Binobarin, ushbu muammo mintaqa davlatlari hamda xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirishni taqozo etmoqda. xalqaro anjuman ochilishida so'zga chiqqan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) bosh kotibi Bolat Nurgaliyev, MDH Ijroiya qo'mitasi raisi Sergey Lebedev, Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G'arbiy Osiyoda qishloq xo'jaligi va tabiiy resurslar bo'yicha departamenti direktori Katsuji Matsunami, Jahon bankining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo'yicha mintaqaviy idorasi direktori Annet Dikson, Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining Salomatlik dasturlari bo'yicha mintaqaviy direktori Nedret Emiro'g'li, YUNISEFning sog'liqni saqlash va ovqatlanish masalalari bo'yicha mintaqaviy maslahatchisi Sanjiv Kumar, YUNFPAning Yevropava Markaziy Osiyo mamlakatlari bo'yicha mintaqaviy direktori Alen Mushiru, YUNIDOning Yevropava MDH davlatlari bo'yicha mintaqaviy byurosi direktori Gjegosh Donochiq, Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi mintaqaviy idorasi boshqaruvchi direktori o'rinbosari Matsuyoshi Kavasaki, GEJBMTRD ijrochi muvofiqlashtiruvchisi Yanik Glemarik ana shularni alohida ta'kidladilar. Orol dengizi qurishi bilan bog'liq ekologik inqirozning asosiy sabablari avvalgi davrlarda o'ylamasdan amalga oshirilgan xo'jalik faoliyati, iqlim o'zgarishi va boshqa tabiiy jarayonlar bilan bog'liq. Oqibatda Orol dengizi sathi keyingi ellik yil ichida 4 baravardan ko'proqqa qisqardi, suv 24 metrga pasaydi, uning hajmi 10 martaga kamaydi. Yurtboshimiz jahon hamjamiyati e'tiborini yuzaga kelgan vaziyatni yaxshilash uchun kompleks chora-tadbirlar ko'rish, birinchi navbatda, mintaqa davlatlari tomonidan Orol dengizi havzasidagi cheklangan suv resurslarini bu yerda joylashgan barcha mamlakatlar manfaatlari va ekologik talablarni hisobga olib, hamkorlikda, o'zaro kelishilgan holda boshqarishni tashkil etish zarurligiga qaratib keladi. Prezident Islom Karimov ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.06 KB
Ko'rishlar soni
204 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:59
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.06 KB
Ko'rishlar soni
204 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:59 ]
Arxiv ichida: docx