Orol qurishi - rasmi

Material tavsifi

So'ngi yillarda Orol dengiziga juda kam suv kelib quyilmoqda, natijada dengiz tobora kichrayib bormoqda. Bundan chorak asr muqaddam Orol dengizida 30 xilga yaqin baliq yashagan. Tanga baliq, usach, ship, platva, leshch va laqqa. Baliqlar ko'plab ovlanar edi. Biroq keyingi yillarda insonning tabiatga nisbatan bo'lgan munosabati uning muvozanatining buzdi. 1960-yildan boshlab, Amudaryo bilan Sirdaryo suvi asosan sug'orishga sarflanayotganligi, suv omborlarining ko'plab qurilishi Orol dengiziga qo'yiladigan suv miqdorini keskin kamaytirdi, hatto Amudaryo bilan Sirdaryo suvi yilning ko'p qismida Orol dengiziga yetib bormay qoldi. O'rta Osiyoning ko'rki bo'lgan asosiy suv manbayimiz Orol quriy boshladi. So'ngi 30 yil mobaynida Orol dengizining sathi 14 metrga pasaydi, suvning umumiy hajmi esa 65% kamaydi. Ayni vaqtda dengiz suvi tarkibidagi tuzlar miqdori 2.5 barobar ortdi, sho'rligi uncha katta bo'lmagan suvda moslashgan qimmat baho baliqlar birin-ketin nobud bo'ldi. Orol dengizining qurib qolgan maydoni tuz ko'tariladigan joyga aylanib qoldi. Qurigan sobiq Orol dengizi ostidan yiliga 70 tonna tuz, chang-to'zon ko'tarilib, 500 kg gacha atrofga tarqalmoqda, bog'-rog'lar nobud bo'lmoqda, inson salomatligiga putr yetmoqda. Orol atrofidagi muhitning ichimlik suvlarining ifloslanishi natijasida bolalarda har xil og'ir kasalliklar va o'lim ko'paymoqda. O'zbekistonda Orol dengizi atrofidagi faloqatli ahvolni bartaraf etishga doir qator tadbirlar belgilandi, Orol va Orol bo'yni asrash maxsus qo'mitasi tashkil etildi. Orol dengizini asrash faqat O'zbekiston aholisining emas, balki butun markaziy xalqning muqaddas burchidir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.18 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:59 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.18 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga