Orollar, ichki suv havzalari va okeanlarning organik dunyosi

Orollar, ichki suv havzalari va okeanlarning organik dunyosi

O'quvchilarga / Geografiya
Orollar, ichki suv havzalari va okeanlarning organik dunyosi - rasmi

Material tavsifi

Okeanlarning organik dunyosi Okeanlar haqida umumiy ma'lumot Yer sharida quruqlik oltita materikdan iborat bo'lsa okean bir butundir. Shakalskiy taklifiga ko'ra yer sharida to'rtala okean birgalikda dunyo okeani deb ataladi. Uning maydoni 361 million km2 Dunyo okeani va uning tarkibiy qismlari. Okean yoki ummon dengiz suvidan iborat global jism bo'lib, gidrosferaning asosini tashkil etadi. Yer yuzasining taxminan 71%'ini (~361 million kvadrat kilometr) Dunyo Okeani egallagan. Bu okeanning yarmidan ko'pi 3,00 metrdan chuqur. Okean suvining o'rtacha sho'rligi 35 promille (3.5%). Okean, Dunyo okeani (yun. Okeanos - Yerni aylanib oqadigan azim daryo) - Yerning materik va orollarni o'rab turuvchi suv qobig'i. Gidrosferaning katta qismi (94%) ni, Yer yuzasining taxm. 70,8% ini egallaydi. Fizik va kimyoviy xususiyatlari hamda suvining kimyoviy tarkibi jihatidan okeanbir butun, lekin miqdor jihatidan gidrologik va geokimyoviy ko'rsatkichlari xilma-xildir. Gidrologik rejimining tabiiy-geografik xususiyatlariga ko'ra, Dunyo okeani alohida okeanlar, dengizlar, qo'ltiqlar, buxta va bo'g'ozlarga ajralib turadi. 1650 y.da golland geografi B. Varenius Dunyo okeanini 5 alo-hida qismga: Tinch, Atlantika, Hind, Shim. Muz, Jan. Muz O.lariga bo'ldi. 1845 y.da London geografiya jamiyati ham buni tasdikladi. Keyinroq ba'zi olimlar Dunyo okeanini faqat 3 ga ajratadilar: Tinch, Atlantika va Xind okeanlari. 20-a.ning 30-y.laridan boshlab Arktika havzasi sinchiklab tekshirilgandan keyin, 4 alohida okean ajratildi: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanYer sharida okeansuvi va qurukliklarning taqsimlanishi turlicha. Shim. yarim sharda suv sathi yer sharining 61% ini egallaydi. Bu yerda okeansuvlari qurukdikxa ancha kirib borib, ko'p sonli dengiz va qo'ltiqlar hosil qiladi. Barcha ichki dengizlar Shim. yarim sharda joylashgan. Jan. yarim sharda suv sathi 81% maydonni tashkil etadi, lekin dengiz va qo'ltikdar kam. 81° shim. kenglikdan shim.da Shimoliy Muz okeanida va jan. kenglikning taxm. 56° bilan 65° o'rtasida okeansuvi yer sharini uzluk-siz qatlam shaklida o'rab olgan. Suv yoki kurukdikning ko'pligiga qarab yer shari okean yarim shari va materik yarim shariga bo'linadi. ...

Orollar, ichki suv xavzalari va okeanlarning organik dunyosi. REJA: 1.Orollarning biotasini kelib chiqishi 2. Materik o'simligi va ќayvonlarini orollarga o'tib olishi usullari va ularni esezis va naturalizasiya stadiyasini o'tashi. 3. Suv muќitining asosiy ekologik faktorlari. 4. Ichki suv ќavzalari va okeanlarining organik dunyosi va ularning ekalogik sharoitga nisbatan moslanishi TAYANCH IBORALAR. Orollarning kelib chiqishi jiќatdan turlari Materik organizimlarini suv ќavzalari orqali o'tib olish imkoniyati Materik orollarini o'simlik va ќayvonot dunyosining orolning katta -kichikligiga va materikka yaqin -uzoq joylashganligiga bog'liqligi. Okeanik orollarining organik dunyosining materik orollari organik dunyosidan farqi. Organizimlarni orollarda esezis va naturalizasiya sitadiyasini o'tashi. Ichki suv ќavzalarining oqar va oqmas suv ќavzalariga bo'linishi. Oqmas suv ќavzalarini ekologik sharoiti va uning organik dunyosi ќayotiga ta'siri Oqar suv ќavzalarini ekologik sharoiti va uning organik dunyosi. Okean suvi sho'rligining organik dunyosi ќayotidagi aќamiyati Okean suvida yoruqlikni kirib borishini o'simliklar va ќayvonlar uchun axamiyati. Okean suvlarining temperaturasi va unga nisbatan organizmlarni evritert va stenotert guruppalarga bo'linishi. Dunyo okeanining orollari kelib chiqishi jixatdan, kattaligi jiќatidan va balandligi jiќatdan bir-biridan farq qiladilar. Okeanik (vulkanik va marjon orollar) va materik orollarida biotani (fauna va floroni yig'indisi) rivojlanishi uchun sharoit bir xil emas. Okeanik orollarning yashovchilari (organik dunyosi) okean tomonidan kelib chiqqan. Materik orollari, materikdan, unda yashaydigan organizmlar bilan ajralib qolgan. Keyinchalik bu organizmlarni bir qismi ќalok bo'lgan va ularni o'rniga, okeandan o'ta olgan yangi turlar paydo bo'lgan. Organzmlarning okeanlardan o'tib olish ususllari ќar xil. Ch.Darvin o'tkazgan tajriba (eksperment), o'simlik urug'larini dengiz suvlarida, uzoq vaqt saqlanib turishi mumkinligini isbot qiladi. U ko'p o'simliklarni urug'lari, uzoq vaqt davomida, dengiz oqimlari yordamida orollarga tarqalguncha, o'zining ko'karib chiqish xususiyatini saqlab qolishi mumkinligini aniqladi. Undan tashqari ba'zi o'simliklarni urug'lari qushlarning ichaklariga kirib qolib qushlar yordamida tarqaladi. O'simlik urug'lari shuningdek tupproq zarralari bilan qushlarning oyoqlarida yopishish va suvda oqib borayotgan daraxt tanalari yordamida, orollarga tarqalishi mumkin. O'simlik va ќayvonlarni orollarga tarqalishi, shuningdek dengiz oqimlari, ќavo oqimlari, shtormlar va quyun shamollari ќamda inson va transport (samalyot va kemalar) orqali amalga oshadi. Tarqalishning muvoffaqiyatli bo'lishi, tarqalayotgan organizmlar turlarining xususiyatlariga ќam bog'liqdir. Tarqalish moslamalariga, ya'ni uchish moslamalariga, suzish moslamalariga va ko'karuvchanlikni uzoq vaqt saqlanib qolish xususiyatiga ega bo'lgan o'simliklar va yaxshi uchaoladigan va suza oladigan ќayvonlar muvaffaqiyatli tarqaladi. Qushlarni tarqalishida ularni o'ya konservatizmi to'sqinlik qiladi. Dj. Gressit va S.Ioshimoto (1963) turli xil sistematik gruppalarga kiradigan ќayvonlarni tarqlishiga qobilyatliligini ko'rsatgan. Ularni ma'lumotlarga ko'ra reptiliylardan (sudraluvchilardan) ssinklar va gekkonlar orollarda juda keng tarqalgan. Boshqa turdagi kaltakesaklar esa ќuddi ilonlardek va marinka, farel, sazan kabi chuchuk suv baliqlaridek ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.47 KB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:59 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.47 KB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga