Qirg'iziston transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari Reja: 1. Qirg'iziston Respublikasining transport tarmoqlarining geografik joylashuvi. 2. Mamlakatning iqtisodiy aloqalari. 3. Iqtisodiy rayonlari. Tayanch iboralar: Temir yo'l, avtomobil, havo, quvur transporti, importi, eksporti, iqtisodiy rayonlari. Tog'li mamlakat Qirg'iziston transportida ayniqsa uning ichki aloqasida avtomobil transportining ahamiyati birlamchi. Mamlakatning ichkarisida tashiladigan yukning 88 foizi avtomobil transportida tashiladi. Avtomagistrallarning umumiy uzunligi 39,2 ming km. Bu ko'rsatkich Turkmanistonnikidan-20,1 ming.km ko'p. Yoki bu ko'rsatkich har bir ming.kv.km ga taqsim qilinganda MDHga a'zo bo'lgan davlatlar o'rtacha ko'rsatkichidan .ga ko'p. Mamlakat hududidan uning ichki ma'muriy rayonlarini birlashtiruvchi ko'pdan -ko'p avtomagistrallar o'tkazilgan. Yirik atomagistrallari: Bishkek-Ribache-Norin-Torugart-Bishkek-Osh; Osh-Gulcha Saritosh - Xorog; Bishkek-Ribache-Qorako'l; Bishkek Toshkent; Bishkek-Olmata. Mazkur avtomagistrallar Qirg'iziston davlati ichki yuk va passajir tashishida muhim ahamiyatiga ega bo'lib qolmasdan, balki uning Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy bilan iqtisodiy hamda madaniy aloqasida katta o'rin tutadi. 1-MISOL. Bishkek-Osh magistrali. Buyuk Qirgiz trakti deb nom olgan mazkur avtomobil yo'lining qurilishi mamlakatning ikki Shimoliy va Janubiy qutbini birlashtiruvchi muhim yo'l bo'ldi. Ungacha avtomobilda butun Farg'ona vodiysi hamda Toshkent vohasi orqali Oshdan Bishkekgacha yo'l bosilardi. Bu masofa mazkur magistral qurilishi bilan ikki marta qisqardi va mamlakatning ichki yuk va passajir tashishida burilish yasadi. 2-MISOL Osh-Xorog yo'li. Mazkur magistralning qurilishi Tojikistonning togli rayonlari bilan qirg'izlarning azal-azaldan mavjud bo'lgan aloqalarini kuchaytiradi. Bishkek Torugat yo'lining qurilishi Xitoyning Qashqar shariga chiqish imkoniyatini yaratdi. Qirg'iziston tog'li mamlakat bo'lishiga qaramasdan uning transportida temir yo'lning ham ahamiyati katta. Mamlakat hududida qurilgan temir yo'llarning umumiy uzunligi . Bu ko'rsatkich bo'yicha Qitg'iziston MODda oxirgi o'rinda turadi. Temir yo'l transporining ham ichki ham tash qi aloqada ahamiyati bor. Mamlakat temir yo'li transporti Bishkek- Ribache mamlakat ichkarisida, Osh-Andijon, Toshkent-Chimkent-Jambul-Bishkek o'zga mamlakatlar uning shimoliy va janubiy rayonlari orqali o'tgan. Mamlakatda suv, quvur va havo transportlari ham yaxshi rivojlangan. Qirg'iziston rivojlangan transport tarmoqlari orqali xorijiy davlatlar va birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama aloqalar qiladi. Bu aloqa ayniqsa O'zbekiston, Qozog'iston va Tojikiston bilan mustahkamdir. Ushbu davlatlar bilan mavjud bo'lgan temir yo'l va avtomobil transportidagi aloqa yaqin kelajakda MODda yagona transport sistemasining barpo bo'lishiga asos yaratadi. Mamlakat transport vositalari orqali o'zidan neft, ko'mir, rangli va nodir metallar, mashina va asbob uskunalar, jun tolasi, har xil gazlama, poyafzal, oziq-ovqat va boshqa qishloq xo'jalik mahsulotlarini chiqaradi. O'z navbatida u xorijdan ko'mir, neft mahsulotlari, mashina, qora metall, mineral o'g'it, don va boshqaa mahsulotlar oladi. Ichki rayonlari. U Shimoliy va Janubiy-G'arbiy Qirg'iziston iqtisodiy rayonlariga bo'linadi. Shimoliy Qirg'izistonning hududi 126,5 ming kv.km, aholisi 2 mln. 500 ming kishidan ortiq. U Chu, Talas ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.16 KB
Ko'rishlar soni
264 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.16 KB
Ko'rishlar soni
264 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:03 ]
Arxiv ichida: docx