Qirg'iziston xo'jaligiga umumiy ta'rif Reja: 1. Qirg'iziston Respublikasining xo'jaligining shakllanishi, rivojlanishi va tarmoqlar bo'yicha joylashuvi. 2. Sanoat tarmoqlarini hududiy joylashuvi. 3. Qishloq xo'jalik tarmoqlar geografiyasi. Tayanch iboralar: Xalq xo'jalik tarmoqlarini geografik joylashuvi, yetakchi sanoat tarmoqlari, qishloq xo'jalik tarmoqlari. Uning tarmoq va hududiy tuzilishi. Qirg'iziston iqtisodiyotida yaqin o'tmishda qishloq xo'jaligi yetakchilk qilgan. Aholining mashg'uloti yaylovdan- yaylovga ko'chmanchilik qilib chorva mollari boqish va qisman dehqonchilik qilish bo'lgan. Sanoatning kam turi birinchi navbatda tog'-kon sanoati rivojlangan edi. Bugungi Qirg'iziston o'z xalq xo'jaligini va shu jumladan sanoat ishlab chiqarishini keng doirada rivojlantirayotgan mustaqil davlatdir. U o'z mustaqilligini qo'lga kiritish bilan mamlakat xalq xo'jaligini tezkorlik bilan rivojlantirish yo'llarini izlamoqda, ilg'or xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Bu narsa ayniqsa sanoatda yaxshi ko'zga tashlanmoqda. Qirg'iziston sanoatiniig tarmoq va hududiy tuzilishi uning ichki imkoniyatlari xom ashyo rasurslari va mamlakat ehtiyoji, hamda davlatning geografik o'rniga ko'p jihatdan bog'liq. Qirg'iziston hududidan topilgan ko'mir, neft, tabiiy gaz, surma, simob, qo'rg'oshin, qalayi, rux, oltin, uran konlari, mavjud sersuv va tezkor daryolarning elektro energiya berish quvvati, qishloq xo'jaligida yetishtirilayotgan paxta, qand lavlagi, tabiiy ipak, mayin va yarim mayi tolali jun, teri mahsulotlari mamlakat sanoati uchun muhim xom ashyodir. Shu boisdan ham bu yerda yoqilg'i-energetika, ranglil metallurgiya, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari shakllangan. 1-misol. Elektr-energetika sanoati. Qirg'iziston sanoat ishnlab chiqarishining yetakchi tarmoqlaridan biridir. U asosan ko'mirga va qisman neft hamda tashqaridan keltiriladigan gazga tayanadi. Qirg'izistonda o'tgan asrning 60 yillaridan ko'mir qazib olish boshlangan va 1913- yilga borib ko'mir qazib olish hajmi 103 ming tonnaga yetgan. Hozirgi vaqtda mamlakatda 0,5 mln t. ko'mir qazib olinmoqda, biroq 1990 -yilda bu yerda 3,5 mln. tonna ko'mir qazib olingan edi. Janubiy-G'arbiy Qirg'iziston asosan Qorasuv havzasida mamlakat ko'mirining 97 foizi qazib olinadi. Shuningdek, mamlakatning bu rayonida neft va gaz konlari ham uchraydi, Yiliga 100 ming tonna atrofida neft qazib olinmoqda. Osh, Moylisoy issiqlik elektrmarkaz IEMlari Osh viloyatida topilgan gazga ishlamoqda. Shuningdek, Qirg'iziston O'zbekistondan yiliga 1,2 mlrd. kub.m. gaz olmoqda va uning ayrim IESlari O'zbekiston gaziga ishlamoqda. 2-misol. Qirg'iziston tog'-kon sanoatining faxri uning surma ishlab chiqaradigan janubiy metallurgiya kombinatidir. Bu kombinat 1936 -yilda ishga tushgan va mashinasozlik sanoati uchun qimmatli surma mahsuloti ishlab chiqaradi. Endilikda Qirg'iziston mazkur zavodda tayyorlanayotgan surmani ko'pgina xorijiy mamlakatlarga eksport qilmoqda. Shuningdek, mamlakatning yana janubi-g'arbiy qismida 1942 -yilda rangli metallurgiyaning noyob sohasi - Haydarken simob zavodi ishga tushgan. Bu zavod to'liq siklda ishlaydi. Unda ruda qazib olish, uni saralash va tayyor simob ishlab chiqarishgacha bo'lgan jarayon amalga oshiriladi. Mamlakat rangli metallurgiya ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.25 KB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.25 KB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:03 ]
Arxiv ichida: docx