Qirg'izistonning aholisi va mehnat resurslari

Qirg'izistonning aholisi va mehnat resurslari

O'quvchilarga / Geografiya
Qirg'izistonning aholisi va mehnat resurslari - rasmi

Material tavsifi

Qirg'izistonning aholisi va mehnat resurslari Reja: 1. Mamlakat aholisining umumiy soni, zichligi, milliy tarkibi. 2. Aholining tabiiy ko'payishi. 3. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish. Tayanch iboralar:Aholining umumiy soni, zichligi, milliy tarkibi, tabiiy ko'payishi, shahar va qishloq aholisi, mehnat resurslari. Qirg'izistonda 4,5 million kishi yashaydi. Mamlakat aholisl son jihatidan dastlab tez, mustaqillik yillarida esa sekin o'smoqda. Masalan, bu yerda 1940 -yilda 1528 miig kishi yashagan bo'lsa, 1959 -yilda-2066 ming, 1970 -yilda-2934 ming, 1979 -yilda 3529 ming va 1989 -yilda esa 4291 ming kishiga yetdi. 1990-1995 yillarda esa mamlakat aholisi 435 ming kishidan 4451 ming kishiga yetdi, yani atigi 2,7 foizga ko'paydi. Mamlakatda aholi tabiiy o'sishidagi bu xil tebranish uning turmush sharoiti bilan bog'liq jarayondir. Mamlakat aholisining dinamik o'sishi bilan uning zichligi ortib bormoqda. Aholi zichligi har bir kv.kmga 1913 -yilda 4 kishi, 1968 -yilda 14,3, 1989 -yilda 21,5 kishi. 1995 -yilda esa 22,7 kishini tashkil qildi. Qirg'iz millatining etnik kelib chiqishi uzoq tarixga borib taqaladi. Chunki qirg'iz xalqi Markaziy Osiyodagi eng qadimiy xalqlardan biridir. Qirg'iziston hududida bundan taxminan 300 ming yil burun paleolit ibtidoiy tuzum davrida odamlarning yashaganligi arxeologik qidiruv natijalarida aniqlangan. Dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyatiga ega bo'lgan qirg'iz xalqi Buyuk Kushan podsholigi hukmronligi davrida sholi, tariq, arpa, bug'doy ekish bilan hamda bog'dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, zotdor yilqichilik bilan shug'ullangan. O'rta asrda bu yerda turk ko'chmanchi qabilalari hukmronlik qilgan. X asrning o'rtalarida Sharqiy Turkiston va Semirechyada jumladan Qirg'iziston hududida turklarning qudratli davlati Qoraxonidlar hukmronlik qiladi. Qoraxonidlar X asrnning oxiriga kelib Shosh Toshkent vohasi, Farg'ona vodiysi va Movarounnahrni ishg'ol qiladi. Ularning Qirig'iziston hududidagi hukmronligi 200- yil davom qiladi. Shu davrda qirg'iz xalqi ko'chmanchilikdan o'troq xalqqa aylana boshlaydi, feodal munosabatlar shakllanadi, o'troq dehqonchilik tayangan turmush tarzi qaror topadi, shaharlar soni ko'payadi. Qoraxonidlar davrida Issiqko'l bo'yidan yetishib chiqqan taniqli filolog va tarixchi Mahmud Qoshg'ariy Divonlug'ot at-turk nomli uch tomlik turk lug'otini yozadi. Unda Turkiston xalqlarining qadim madaniyati, turli, urf-odati, tarixi talqin qilingan. XII-XII asrda mo'gullarning Turkistonga bostirib kirishi bilan bir tomondan tarixiy yodgorliklar, qadimiy shaharlar vayron qilindi, ikkinchi tomondan bu hududga sharqiy, janubiy-sharqiy davlatlardan turli qabila, el, elatlardan ko'chib kelish boshlandi. Jumladan, Mo'gullarning Qirg'izistonga bostirib kirishi bilan Yenisey bo'yidagi qabilalar Tiyanshanga kelib o'rnashdi. Qirg'iz xalqi- millatining shakllanishi juda murakkab kechgan. Uning tarkib topish tarixi taqdiri Markaziy Osiyo va Turkiston xalqlari tarixi bilan uzviydir. XVII asrining o'rtasida Qirg'izistonga oyrat jung'or xonligi tajovuz qiladi. Ular Markaziy Osiyo, Turkiston yaylovzorlarini egallash maqsadida qirg'iz xalqining qanchadan-qancha qonini to'kadi. Biroq Turkiston xalqlari, qirg'iz, o'zbek, qozoq bir bo'lib oyrat xonligi bosqinchilariga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.03 KB
Ko'rishlar soni 239 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:03 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.03 KB
Ko'rishlar soni 239 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga