Metallurgiya, mahsinasozlik va kimyo sanoati majmui Reja: Rangli metallurgiya sanoati Qora metallurgiya sanoati Mashinasozlik sanoati Kimyo sanoati majmui Tayanch iboralar: Balxash, Jezqazg'an mis eritish konbinati, Ust-Kamenogorsk polimetall, Pavlodar alyuminiy kombinati, Sokolova-Sarbay, Lisakova, Aktuba, Oqsuv qora metallurgiya kombinati. Og'ir mashinasozlik, qishloq xo'jaligi mashinasozlik tarmog'i. Tom - kon kimyosi, asosiy kimyo va organic sintez kimyosi. Metallurgiya-ruda qazib olish va shu asosda rangli,qora metallarni eritishni o'z ichiga oladi.Metallurgiya sanoati og'ir sanoatning muhim tarmoqlaridan hisoblanadi. Chunki hech bir mashina, asbob-uskunalar metallsiz bo'lmaydi. Shu sababli metall eritish hajmi har bir mamlakat iqtisodiy qudratini ko'rsatuvchi muhim belgi hisoblanadi. Rangli metallurgiya sanoati. Qozog'istonda XVII asrning 20-yillarida dastlab Oltoyda tarkib topa boshladi. Keyinchalik yuz yil o'tgach u Markaziy Qozog'istonda rivojlana boshladi. 1928 -yilda Leninagorsk polimetall kombinatining, Korsakbay mis eritish zavodining ishga tushirilishi natijasida respiblikada rangli metallurgiya sanoati tez rivojlana boshladi. Qozog'istonda rangli metallurgiya sanoatining qo'rg'oshin-rux, aluminiy va titan-magniy olish tarmoqlari asosiy tarmoqlaridan hisoblanadigan korxonalardan iborat. Respublikadagi olinadigan rangli metall rudalari tarkibida ruda miqdori juda oz (1-6%).Shu sababli ularni albatta boitish kerak bo'ladi. Qazib olinayotgan ruda tarkibida bir necha rangli metallar birgalikda uchraydi. Shu sabali Respublikada qazib olinayotgan xom ashyodan kompleks foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Qozog'istonda mis rudalarini qazib olish va eritish uning sharqiy qismida joylashgan.Respublikadagi eng yirik mis eritish kombinatlari Balxash va Jezqazg'anda joylashgan. Uncha katta bo'lmagan mis eritish zavodlari Irtishda Glubokiy aholi manzilgohida, Jezqasg'an yaqinidagi Ust-Kaminogorsk va Karsakbaylarda ham joylashgan. Qo'rg'oshin-rux yoki polimetall rudalarini eritish kombinatlari Qozog'istonning sharqi va janubiy qismlarida joylashgan. Respublikada Oltoyda ushbu sanoatning qadimgi markaziy Leninogorsk va yangi markazi Ust-Kominogorsk shaharlarida joylashgan. Ushbu zavodlarda Respublikada qazib olingan va boyitilgan xomashyolar eritiladi. Respublikaning janubida Qoratog'dan qazib olinadigan ruda asosida Shimkent qo'rg'oshin zavodi ishlaydi. Respublikadagi polimetall ruda qazib olish sanoatining markazlaridan Jung'oriya Olatovi rudasi asosida ishlaydigan zavod Takash va Markaziy Qozog'istondagi Enatrum zavodlari hisoblanadi. Qozog'istonda rangli metallurgiya sanoatining yangi tarmog'i alyuminiy va titan-magniy olish sanoatidir. Ushbu sanoatning tarmoqlari asrimizning 60-yillaridan boshlab taraqqiy eta boshladi. Ushbu sanoat tarmog'i elektr energiyasini ko'p talab qiladi va ular Pavlodar, Ust-Kaminagorsk shaharlarida joylashgan chunki bu shaharlar atrofida yirik issiqlik va gidroelektr stansiyalari joylashgan. Chunki 1tonna aluminiy olish uchun 18-20 ming kvt soat elektr energiyasi kerak bo'ladi. Titan va magniyni olish bundan ham ko'p elektr energiyasi talab qiladi. Qora metallurgiya. Qozog'iston og'ir sanoatining nisbatan yosh tarmog'i hisoblanadi. U asosan ulug' vatan urushi yillarida tarkib topdi. Respublikadagi eng yirik qora metallurgiya sanoatining markazi Qarag'anda qora metallurgiya kombinati hisoblanadi. U Temirtov shaharida joylashgan bo'lib, to'liq siklli ikki zavoddan tashkil topgan. Zavod Qustanoy temir rudasi ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.18 KB
Ko'rishlar soni
196 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.18 KB
Ko'rishlar soni
196 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:04 ]
Arxiv ichida: docx