Qozog'iston Respublikasining qishloq xo'jaligi Reja: Mamlakat qishloq xo'jalik tarmoqlarini geografikjoylashuvi Dehqonchilik tarmoqlari Chorvachilik tarmoqlari Qishloq xo'jaligining kelajakdagi istiqbollari Tayanch iboralar: Agrosanoat majmui, yer fondi, don etishtirish, texnika ekinlari, bog'dorchilik va uzumchilik. Yaylov chorvachiligi, qoramolchilik. Respublika agrosanoat majmuining asosini tashkil qiladi. Unda Respublikadagi mehnatga yaroqli aholining 23%i band. Agrosanoat majmui Respublika xalq xo'jaligida ishlab chiqariladigan mahsulotning 25%i ishlab chiqariladi. Qozog'istonning qishloq xo'jaligi xalqaro ahamiyatga ega. Chunki u jahon bozoriga don, go'sht, jun va boshqa mahsulotlarni eksport qiladi. Qozog'istonda qishloq xo'jaligining rivoji eng avvalo bu yerda juda katta haydaladigan yerlarning, yaylov va pichan zorlarning mavjudligi hisoblanadi. Dehqonchilik. Respublikada dehqonchlik chorvachilikka nisbatan kamroq mahsulot yetkazib beradi, lekin unda qishloq xo'jaligida band aholining asosiy qismi ishlaydi. Dehqonchilik Respublikaning turli qismlarida asosiy iqtisoslashuvini belgilab beradi. Shu sababli Qozog'istonning qishloq xo'jaligida dehqonchilik yetakchi tarmoq hisoblanadi. Ushbu tarmoqning ahamiyati ayniqsa 50-yillarning o'rtalaridan boshlab yanada orta boshladi. Bor yog'i besh yil ichida Respublikada 25mln gektar quruq yer o'zlashtirildi. Hozirgi vaqtda Qozog'istonda haydaladigan yerlar maydoni 36 mln gektarni tashkil qiladi. Haydaladigan yerlarning asosiy qismi Respublikaning shimoly qismidagi qora va kashtan tuproqli o'rmon-dasht va dasht zonalarida joylashgan. Haydaladigan yerlarning bir qismi Oltoy, Tyanshan, Kalbin tog'larining tog' oldi rayonlari bo'ylab joylashgan. Respublikaning janubida chala cho'l va cho'l zonalarida haydaladigan yerlarning uncha katta bo'lmagan maydonlarni egallaydi. Bu zonnalarda asosan sug'oriladigan yerlar joylashgan bo'lib, u 2,3 mln gektarni tashkil qiladi. Respublika dehqonchigining asosini don yetishtirish tashkil qiladi. Ekiladigan boshoqli don ekinlarining ¾ qismini bahorgi don ekinlari tashkil qiladi. Bahorgi boshoqli don ekinlarining asosiy qismi Qozog'istonning shimolida ekiladi.Boshoqli don ekinlaridan bug'doy, arpa, suli, makkajo'xori asosiy o'rinni egallaydi. Respiblikaning shimoliy-g'arbiy qismida tariq yetishtirish muhim ahamiyatga ega. Sirdaryo, Ili va Kapatal daryo vodiylaridagi sug'oriladigan yerlarda sholi yetishtiriladi. Kelajakda Respublikada yiliga 30mln tonna don yetishtirish ko'zda tutilgan. 1992 yil Respublikada 33mln tonna don yetishtirilib, uning o'rtacha hosildorligi gektariga 12 sentnerni tashkil qiladi. Qozog'istonda xilma-xil texnika ekinkari ham yetishtiriladi. Texnika ekinlari haydaladigan yerlarni bir foizga yaqin maydonni egallagan bo'lishga qaramasdan, dehqonchilikdan keladigan daromadning 6%ini yetkazib beradi. Respublikada eng muhim texnika ekinlaridan biri paxta va qand lavlagi hisoblanadi. Paxta Mirzacho'lda, Kelis, Aris, daryo vodiylarida yetishtirilsa, qand lavlagi Ili, Talas ,Chu, Qoratol daryo vodiylari, Qirg'iziston va Ili Olatovning tog' oldi tumanlarida yetishtiriladi. Keyingi yilarda Qozog'istonning sharqiy, g'arbiy va shimoliy qismlarida ham qand lavlagi qisman yetishtirilmoqda. Yetishtirilgan qand lavlagini qayta ishlash uchun Respublikaning janubiy rayonlariga yuboriladi.Bahorikor yerlarda texnika ekinlaridan kungaboqar yetishtirilmoqda. Kungaboqar asosan Sharqiy Qozog'istonda-Irtish,Semipalatinsk va Pavlodarda ekiladi. Respublika dehqonchiligida bog'dorchilik va uzumchilikning roli ham kattadir.Ushbu tarmoq asosan Respublikaning janubiy qismida ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.4 KB
Ko'rishlar soni
176 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.4 KB
Ko'rishlar soni
176 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:04 ]
Arxiv ichida: docx