Qozog'istonning transporti va iqtisodiy aloqalari

Qozog'istonning transporti va iqtisodiy aloqalari

O'quvchilarga / Geografiya
Qozog'istonning transporti va iqtisodiy aloqalari - rasmi

Material tavsifi

Qozog'istonning transporti va iqtisodiy aloqalari Reja: Mamlakat iqtisodiyotida transportning tutgan o'rni Temir yo'l transporti Avtomobil transporti Transportning boshqa turlari Mamlakatda iqtisodiy aloqalar Tayanch iboralar: Yuk oboroti, Orenberg-Toshkent, Semipalatinsk Almati-Lugovaya-Shalkent-Aris temir yo'li, eng asosiy avtomobil yo'llari. Qozog'iston eksporti, importi. Transport hech qanday moddiy boylik ishlab chiqarishda qatnashmasada,uning xalq xo'jaligida tutgan o'rni benihoyat kattadir.Hozirgi vaqtda biron bir davlatning iqtisodiy taraqqiyotini transportsiz tasavvur qilish qiyin.Transport vositalari orqali sanoat korxonalarining iqtisodiy aloqalari amalga oshiriladi.Transport hududiy mehnat taqsimotining tarkib topishida muhim rol o'naydi.Shunday ekan transport ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishida katta kuch hisoblanadi. Maydon juda katta bo'lgan Qozog'iston Respublikasida transportning roli benihoyat kattadir.Chunki Respublika O'rta Osiyo Respublikalari,Rossiya Federatsiyasining G'arbiy Sibir,Ural,Volgabo'yi iqtisodiy rayonlari bilan iqtisodiy aloqalari faqat transport vositasi bilan amalga oshiriladi.Shunday ekan transport nafaqat Respublikaning ichki qismida balki davlatlararo iqtisodiy aloqalarning amalga oshirilishida katta rol o'ynaydi.Jumladan,Olma-ota,Urumchi,Jarkent-Itin(Kulja)shaharlari bilan avtobus aloqalari Drujba bekati-Alashanxau temir yo'l aloqalari o'rnatilagn.Yaqin kelajakda Shanxay-Olma-ota-Stabul temir yo'li aloqalari ishga tishirish ko'zda tutilgan. Respublika hududining asosiy qismi quruqlik bo'lganligi sababli daryo turi kam rivojlangan.Shu sababli Qozog'istonda asosan quruqlik transporti temir yo'l va avtomabil yo'llari rivojlangan.Respblikadagi tashiladigan yukning 99% i quruqlik transportiga, Respublika yuk tashish hajmining 96% i ushbu tarmoqqa to'g'ri keladi.Keyingi yillarda Respublikada quvur transporti ham rivojlanmoqda. Fan-texnika inqilobi ta'siri natijasida keyingi yillarda Respublikada yuk tashihsh hajmi ancha ortdi.Aholiga transport xizmati ko'rsatish borgan sari yaxshilanmoqda.Bularning barchasi qisqa vaqt ichida aholiga transport xizmatini yanada yaxshilashimkoniyatini beradi. Temir yo'l transporti.Qozog'iston Respublikasida temir yo'llarning umumiy uzunligi 15mln kmni tashkil qiladi.Revolyutsiyadankeyingi davrda Qozog'istonda temir yo'llar uzunligi 1913 yilga nisgatan yetti yarim barobar uzaydi. Respublikada temir yo'llarningasosiy shimoldan-janubga keisb o'tuvchi Respublikalararo temir yo'llar tashkil qiladi.Ushbu temir yo'llardan Respublikaning ichki qismlariga boruvchi temir yo'llar o'tgan. Respublikadagi dastlabki 1905-1907-yillarda qurilgan Orenburg-Toshkent temir yo'li hisoblanadi. Ushbu temir yo'l Qozog'istonni Rossiya,Orta Osiyo Respublikalari va Ukraina bilan bog'laydi.Orenburg-Toshkent temir yo'li Respublikalarida eng ko'p yuk tashiladigan temir yo'llardan hisoblanadi. Ikkinchi Respublikalararo temit yo'l Semipalatinsk-Olma-ota-Lugovaya-Shimkent-Aris yo'li hisoblanadi.Ushbu temir yo'l Sharqiy va Janubiy Qozog'istonning tog' oldi rayonlari orqali o'tib Orenburgtoshkent temir yo'lini buyuk Sibir yo'li bilan bog'laydi.Ushbu temir yo'lning shimoliy qismi(Lugovaya bekatidan keyin) Turkiston-Sibir(Turksib0temir yo'li deb ataldi.30-yillarda rudali Oltoy,Jung'oriya Olatovida rangli maetallurgiya sanoatining rivojlanishiga Toldiqo'rg'on,Jambil,Olma-ota viloyatlarida qand lavlagi ekin maydonlarining kengaytirilishiga olib keldi.Ushbu temir yo'l qurilishi Semipalatinsk,Shimkent, Olma-ota shaharlarining jadal rivojiga olib keldi. Respublikada shimoldan janubga tamon o'tuvchi uchinchi Petropavlovsk-Ostona-Qarag'anda,Kentou-Chu temir yo'li hisoblanadi.Ushbu temir yo'l Qozog'istonning o'rta qismidan o'tib Respublikaning shimoliy ,markaziy va janubiy qismlarini bir-biri bilan bog'laydi.Ushbu liniya va undan chiqqan Jezqazg'an-Balxash,Sayan-Aktuba tarmoqlari orqali Qarag'anda ko'mir havzasi va Markaziy Qozog'istonda mis sanoatining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Buyuk ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.08 KB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.08 KB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga