Quruqlikning faunistik oblastlari Reja: Quruqlikning faunistik oblastlarining geyalarga (podshoќliklarga) birlashtirilishi. Faunistik oblastlar chegaralarini floristik oblastlar chegaralari bilan to'liq to'g'ri kelmasligi. Quruqlikning faunistik oblastlari va ularning ќayvonot dunyosi. Tayanch iboralar: Gollaktik faunistik oblastining Arktik, Yevropa-Sibir va Kanada podoblastlarini ќayvonot dunyosi. O'rtayer dengizi va Makaziy osiyo faunistik podoblastlarining ќayvonot dunyosi. Sanor va Manjuriya-Xitoy faunistik podoblastlarining ќayvonot dunyosi. Ќindomalaya faunistik oblastining ќayvonot dunyosi va uning Efiopiya oblasti ќayvonot dunyosiga o'xshashligi. Efiopiya faunistik oblastining ќayvonot dunyosi. Neotropik faunistik oblastini ќayvonot dunyosi. Avstraliya faunistik oblastini ќayvonot dunyosi. Yangi Zellandiya faunistik oblastini ќayvonot dunyosi. Quruqlikning faunistik oblastlari floristik oblastlar bilan to'liq to'g'ri kelmaydi. Odatda quruqlik faunistik oblastlarini to'rtta dunyoga: arktogey, paleogey, neogey va notogey dunyosiga birlashtiradilar. Arktogey dunyosiga bitta oblast - gollaktik oblasti, paleogey dunyosiga ikki oblast - Ќindomalay va Efiopiya oblastlari, neogey dunyosiga bitta oblast - neotropik oblasti, potogey dunyosiga uchta oblast - avstraliya, polineziya va Yangi Zellandiya oblastlari kiradi. Shunday qilib Yer sharida 7 quruqlik faunistik oblasti mavjud. Gollaktik oblast Yevropani, Afrikani Janubiy Saќaradan shimolda joylashgan qismini, Arabiston yarim orolini ko'p qismini, Osiyoni janubiy qismidan (Ќindiston, Ќindixitoy va Janubi-Sharqiy Xitoydan) boshqa ќamma territoriyasini va Shimoliy Amerikani o'z ichiga oladi. Bu oblastni ekologik sharoiti juda xilma-xil bo'lib, unda arktik saќrodan tortib to subtropik o'rmonlargacha kuzatiladi. Oblastni faunasi yosh va nisbatan kambag'aldir. Boshqa oblastlar bilan chegaradosh yerlarda qo'shni oblastlar uchun xarakterli bo'lgan ќayvonlar kirib kelgan. Faqatgina gollarktika territoriyasida yashaydigan sut emizuvchilar oilasining vakillari bobr, ko'rsichqon, quyon (tushkanchik) va boshqalardan iborat. Qushlardan teterev, gagara, chistik va boshqalar faqat gallarktika uchun xosdir. Endemik baliqlardan asetra, lasos, shuka, umbradoshlar, kolyushkadoshlar va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Endemiklardan yana dumli amfibiylarni to'rt xil oilasi yashaydi. Gollarktikada bir qator tropik gruppalarni vakillari jumladan to'tishlar va maymunlar kuzatilmaydi. Gollarktika oblasti arktika, kanada, sanor, Yevropa-Sibir, O'rtayer dengizi, Markaziy Osiyo va Manchjuriya-Xitoy podoblastlariga bo'linadi. Arktika podoblasti Amerika va yevrosiyoning shimoliy qismini o'z ichiga oladi. Bu podoblast uchun sutemizuvchilardan lemming, peses (qutb tulkisi), muskusli qo'yxo'kiz va shimoliy bug'u xarakterlidir. Qushlardan chastiklar, o'rdaklar, g'ozlar, chaykalar, chumchuq qushlardan punochkalar, podorojnik, boyo'g'lilardan qutb boyo'g'lisi yashaydi. Qushlardan ko'pchiligi faqatgina yoz faslida yashab, qishda ketib qoladi. Reptiliyalar sudraluvchi va amfibiylar amalda kuzatilmaydi. Kanada podoblasti asosan taygada joylashgan. Ќayvon turlarini ko'pchiligi Yevrosiyo taygasida yashaydigan ќayvonlar bir xil yoki o'xshashdir. Bular los, Amerika bug'usi (vapit), bobr, olmaxon, rыs, rosomoxa, qora va kulrang ayiq va suvsar shaklli kunisadan iborat. Bular bilan birgalikda Shimoliy Amerikada keng tarqalgan formalar ќam kuzatilmaydi. Ular puma (Amerika arsloni) va ondatradan iborat. Kanada podoblasti uchun xarakterli bo'lgan ќayvonlardan ignajun yoki daraxt ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.11 KB
Ko'rishlar soni
286 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.11 KB
Ko'rishlar soni
286 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:05 ]
Arxiv ichida: docx