Tojikiston transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari

Tojikiston transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari

O'quvchilarga / Geografiya
Tojikiston transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari - rasmi

Material tavsifi

Tojikiston transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari Reja: 1. Tojikiston Respublikasining transport tarmoqlarining geografik joylashuvi. 2. Mamlakatning iqtisodiy aloqalari. 3. Iqtisodiy rayonlari. Tayanch iboralar: Temir yo'l, avtomobil, havo, quvur transporti, importi, eksporti, iqtisodiy rayonlari. Mamlakatda barcha tur transport tarmoqlari: temir yo'l va avtomobil yo'li, quvur, suv va havo transporti mavjud.Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotida temir yo'l va avtomobil transportining ahamiyati belgilovchi rol o'ynaydl. Temir yo'l transporti Tojikistonning ichki rayonlararo Shimoliy va Janubiy Tojikiston o'rtasida hamda uning tashqi aloqasida muhim rol o'ynaydi. Mamlakat hududidan keng g'ildirakli temir yo'llarning uzunligi , uning rayonlararo o'tgan tor g'ildirak izli temir. yo'l uzunligi esa .ga teng. 1970- yillarda mamlakatnint janubiy-sharqiy qismida . masofadagi tor g'ildirakli Termiz-Qo'rg'ontepaYovon hamda Vaxsh bilan Ko'lob vodiylarini birlashtiruvchi yangi temir yo'l o'tkazilgan. Tojikiston tog'li region bo'lgani hamda viloitlarining bir-birlaridan baland tog'lararo ajralib turgani uchun avtomobil transportining mamlakatda ahamiyati birlamchidir. Asosiy avtomobil yo'llari Dushanbe shahridan boshlanadi. Dastlabki 1925-1927- yillarda qurilgan: Dushanbe-Termiz, Dushanbe-Qo'rg'ontepa avtomagistrallari mamlakat poytaxtini O'zbekistonning janubiy port shaharlari Termiz hamda Qo'rg'ontepa viloyatining markazi bilan bog'laydi. Bu yo'llar endilikda qayta qurilgan, kengaytirilgan, 1931-1932-yillarda Qirg'izistonning O'sh shahriga «Dunyo osmoni deb nom olgan Pomir tog'ida joylashgan - Tog'li Badaxshon muxtor Respublikasining markazi Xorogdan masorada avtomagistral qurilgan. 1940 -yilda Dushaibe-Xorog ( yo'li ochilgan. Bu yo'llar, shuningdek Dushanbe O'ratepa-Xo'jand kabi avtomagistrallar mamlakat poytaxtini uning ichki iqtisodiy rayonlari va qo'shni davlatlar bilan bog'laydi. Havo transporti orqali mamlakat poytaxti uning barcha yirik shaharlari bilan bog'langan. Tojikiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan dunyoning ko'pgina davlatlari bilan havo transporti orqali bevosita aloqa o'rnatgan. Mamlakatda suv transporti ham mavjud. U Panj va Amudaryo orqali Ma kaziy Osiyogning ayrim davlatlari, hamda Afg'oniston bilan iqtisodiy aloqa qiladi. Tojikiston qadimdan Turkiston o'lkasidagi eng jahongashta davlatlardan biri bo'lgan. U ayniqsa o'z mustaqilligini qo'lga kiritgandan keyin ko'pgina xorijiy mamlakatlar bilan qadimiy aloqalarini boshlab yubordi. Ayniqsa uning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar ko'p qirrali bo'lib, endilikda bu aloqalar yangicha yo'nalish, yangicha mazmun olmoqda. Bu aloqalar mazmunida MOD bir butunligi, mazkur davlatlarning hamda xalqlarning tarixan birligi, ravnaqi, hamdo'stligi, yaxlitligi gavdalanadi. Tojikiston-O'zbekiston iqtisodiy, texnikaviy va madaniy aloqasi har jihatdan rivojlanib bormoqda. Markaziy Osiyo hududidagi bu ikki xalq bamisoli qo'lni-qo'lga berib yashamoqda, birga nafas olmoqda, xalq xo'jaligini, fani va madaniyatini hamkorlikda rivojlantirmoqda. Zamini bir-bir bilan tutash bo'lgan tojik va ozbek xalqi tabiat manbalari daryo suvi, qir-adir yaylovlari, yer osti boyliklaridan foydalanishda birga ish yuritishadi. Ular dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanishda bir-biriga ustozlik qilishadi, ish o'rgatishadi, tajriba almashishadi. Ikki qo'shni qishloq xo'jalik mashinalari ishlab chiqarishda, ularning mahsulotlaridan foydalanishda, elektroenergiya ishlab chiqarishda va uni iste'mol ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.87 KB
Ko'rishlar soni 197 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:15 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.87 KB
Ko'rishlar soni 197 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga