Turkmaniston Respublikasining geografik o'rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari REJA: 1. Turkmaniston Respublikasining geografik o'rni, chegaralari. 2. Tabiiy sharoiti. 3. Tabiiy resurslari va ulardan xo'jalikda foydalanish masalalari. Tayanch iboralar: Geografik o'rni, chegaralari, yer usti tuzilishi, maydoni, iqlimi va suv resurslari, qazilma boyliklari. Hududi-488,1 ming kv km. Aholisi-5,2 mln.kishi. Poytaxti -Ashgabad shahri. Hududi, chegaralari, iqtisodiy geografik o'rni, davlat tuzumi. Turkmaniston hududi kattaligi jihatidan Markaziy Osiyoda ikkinchi o'rinda turadi. Markaziy Osiyo hududining 12,5 foizi Turkmaniston davlatiga to'g'ri keladi. Uning hududi Rossiya, Qozog'iston yoki Ukraina davlatlarinikidan kichik bo'lib, o'z navbatida Avstriya, Belgiya, Gollandiya, Gretsiya, Daniya, Portugaliya va Shvetsariya davlatlarining hududlrini birga qo'shib hisoblaganda ham ulardan kattadir. Turkmanistonning yer ustki tuzilishi orografik xususiyatlari va tabiati g'oyat rang-barang, balandligi . ga boradigan tog'lar, chuqurligi dengiz sathidan 100 metr keladigan cho'kmalar, poyonsiz Qoraqum barxanlari, gadimiy daryolarning qoldiq o'zanlari, sho'r ko'llar, daryo vodiylari, quruq subtropik mintaqali zonalar ko'zga tashlanadi. Turkmaniston Markaziy Osiyoning g'arbidagi eng katta tekislikni ishg'ol qilgan davlat. Hududining 45 qismi Turon pasttekisligida joylashgan. Turkmaniston shimoldan Qozog'iston, shimol va shimoli sharqdan O'zbekiston, janubdan Eron va Afg'oniston bilan chegaralanadi. Mamlakatning katta masofa . atrofidagi chegarasi g'arbda Kaspiy dengizi orqali o'tadi. Univg mazkur geografik o'rni xalq xo'jaligini rivojlantirish uchun bir qator qulayliklar tug'diradi. Kaspiy dengiz orqali o'tgan chegarasi Turkmanistonning o'nlab xorijiy mamlakatlarga bevosita chiqish imkoniyatini beradi. Quruqlik orqali esa Turkmaniston temir yo'l, avtomobil yo'li va quvur transporti bilan Markaziy Osiyo davlatlari hamda Eron, Afg'oniston va boshqa xorijiy davlatlarga chiqish imkoniyatiga ega. Turkmaniston dunyoning qadimiy davlatlaridan biri hisoblanadi. O'tgan asrning 70-yillarida u chor Rossiyasi tomonidan ishg'ol qilindi, 1917-1991-yillarda esa sobiq SSR tarkibida bo'ldi. Turkmaniston o'z mustaqilligini 1991 -yilda qo'lga kiritdi. Davlatning nomi Turkmaniston deb qabul qilindi. 1991-yil 27 oktabr kuni Turkmanistonning mustaqillik kuni deb e'lon qilindi. Davlatni Prezident boshqaradi. Prezident umumxalq tomonidan 5 yil muddatga saylab qo'yiladi. Turkmaniston Respublikasi Ashgabad, Krasnovodsk, Mari, Chorjo'y, Doshavuz viloyatlarini o'z ichiga oladi. Turamaniston MODga kiradi. O'z navbatida u Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi qo'shnichilik aloqalarini olib boradi. ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.25 KB
Ko'rishlar soni
237 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:16
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.25 KB
Ko'rishlar soni
237 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:16 ]
Arxiv ichida: docx