Turkmaniston transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari Reja: 1. Turkmaniston Respublikasining transport tarmoqlarining geografik joylashuvi. 2. Mamlakatning iqtisodiy aloqalari. 3. Iqtisodiy rayonlari. Tayanch iboralar: Temir yo'l, avtomobil, havo, quvur transporti, importi, eksporti, iqtisodiy rayonlari. Mamlakat transportida temir yo'lning ahamiyati salmoqli o'rin tutadi. Uning umumiy uzunligi bo'lib, har 100 kv. km. ga zichligi .ni tashkil qiladi. Bu zichligi Qirg'izistonnikidan , Tojigistonnikidan .ga ko'p. Asosiy yo'llar Turkmanboshi-Ashgabad-Chorjo'y, Urganch-Chorjo'y, Amudaryo-Chorshange; Todjon, Saraxs va keyin Eron hududida Mashxad. Temir yo'l transportida sanoat va qishloq xo'jalik mahsulotlaridan neft va neft mahsulotlari, don va don mahsulotlari, yog'och, toshko'mir, qora metall, mineral o'g'it, paxta tolasi tashiladi. Mamlakat temir yo'l transportining Markaziy Osiyo davlatlari uchun tranzitlik ahamiyati ham katta. Turkmaniston hududida temir yo'lda tashiladigan yukning 35 foizi xorijiy davlatlarga chitarqiladi. Turkmaniston transportida avtog'transportning ulushi katta. Mazkur tansport turi so'nggi yillarda tez rivojlanib ketdi. Uning umumiy uzunligi 15 ming km.dan oshadi. Avtomobil transportida viloyatlararo ahamiyatga ega bo'lgan yuklar tashiladi. Turkmanistonning eng muhim avtomagistrallari: Ashgabad-Qizil-Arbat; Ashgabad-Tedjon-Mari-Bayramali, Mari-Kushka, Doshavuz-Chorjo'y; Chorjo'y-Kerki, Qizil-Arbat; Qizil-Artek. Turkmanistonda suv va quvur transporti ham yaxshi rivojlangan. Turkmaniston MODdagi neftni va neft mahsulotlarini, gaz va boshqa tabiiy resurslarni ko'p eksport qiladigan davlat. Shuningdek, uning eksportida ipak paxta tolasi, jun va junli materiallar, quyoshda ming xil tovlanadigan qorako'l terisi muhim o'rin tutadi. Turkmanistonning tashqi asosan temir yo'l va avtomobil yo'li aloqasida O'zbekiston alohida o'rin tutadi. Jumladan, O'bekiston Turkmanistonga paxta kompleksiga xizmat qiladigan mashina, asbob-uskunalar, Turkmaniston esa O'bekistonga neft kompleks bilan bog'liq mahsulotlar eksport qiladi. Atrof - muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolar. Turkmanistonning tabiati muhofazaga juda-juda muhtoj. Uning materik ichkarisida joylashganligi, aksariyat hududini qum barxonlaridan iborat bo'lgan Qoraqum massivi ishg'ol qilganligi, yog'in-sochin keltiradigan okean oqimlaridan juda uzoqda joylashganligi va butun mamlakat osmonida namgarchilikniig, bulutli kunlarning kamligi, havo harorati barcha ko'rsatchiklarning MODning boshqa regionlariga nisbatan balandligi mamlakat tabiiy landshaftida o'simliklar olami rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatib turadi. Bu yerda katta-katta qum massivi barxanlari bilan bir qatorda yalang'och tog'lar, o'simliksiz, suvsiz tog' tepaliklari, qir va adirlar be'hisobdir. Bu geografik sharoit mamlakatda tabiatga o'zgacha munosabat qilshni, uning har bir elementini ongli ravishda muhofaza ostiga olishni taqozo qiladi. Buning aksi o'laroq mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish bobida tabiatga antita'sir ham ko'rsatilmoqda. 1-misol. Qoraqum kanalini qazish mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga qaratilgan edi. Bu borada ibratli natijalar qo'lga kiritildi. Biroq, mazkur kanalgigantning o'tkazilishi bilan uning atrofida yuzlab sho'r ko'llar paydo bo'ldi. Bu ko'llar dehqonchilik doirasiga tortilgan o'n ming gektarlab yerlarning unumdorligini pesaytirib yuboradi. 2-masol. Neftga boy rayonlarda neft va tabiiy gaz qazib olishi va ularni ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.84 KB
Ko'rishlar soni
251 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:17
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.84 KB
Ko'rishlar soni
251 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:17 ]
Arxiv ichida: docx