Turkmaniston xo'jaligining umumiy ta'rifi Reja: 1. Turkmaniston Respublikasining xo'jaligining shakllanishi, rivojlanishi va tarmoqlar bo'yicha joylashuvi 2. Sanoat tarmoqlarini hududiy joylashuvi 3. Qishloq xo'jalik tarmoqlar geografiyasi Tayanch iboralar: Xalq xo'jalik tarmoqlarini geografik joylashuvi, yetakchi sanoat tarmoqlari, qishloq xo'jalik tarmoqlari. Matlakat xalq xo'jaligi ko'p tarmoqlidir. Sanoatda gaz, neft qazib olish va ularni qayta ishlash, ximiya va yengil sanoat yetakchilik qiladi. Mashinasozlikning ko'pgina turlari, me tallni qayta ishlash va Qurilish materiallari sanoati ham tarkib topgan. Turkmaniston o'z mustaqilligini qo'lga kiritishi bilan mamlakat iqtisodiyotini tubdan qayta qurmoqda. Mamlakaning tabiat resurslaridan foydalanishda, qayta ishlash sanoatini rivojlantirishda, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishda xorijiy davlatlar bilan bevosita aloqalar o'rnatilmoqda, sarmoyalar olinmoqda, ishbilarmon mutaxassis kadrlar moddiy ishlab ciqarishning turli sohalariga jalb qilinmoqda. Mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo'jaligining ulushi katta. Barcha ekin maydonlarining 54 foiziga paxta ekiladi. Bu yerda yiliga 530-540 ming gektar yerga paxta ekiladi va 1250-1275 ming tonna atrofida yalpi paxta hosili yig'ishtirilib olinadi. Turkmakiston paxta tolasi ishlab chiqarish bo'yicha jahonda ilg'or paxtakor mamlakatlar qatorida, MOD da esa ikkinchi o'rinda turadi. Paxtachilikni izchillik bilan rivojlanttirish uning issiq iqlimga moslashgan Ash va Iolotan navlarini yaratish va rayonlashtirish mamlakat iqtisodiyotini ko'tarmoqda va valyuta fondini boyitmoqda. Qishloq xo'jaligida mamlakat o'z mustaqilligini qo'lga kiritishi bilan donli ekinlar, xashaki ekinlar, sabzavot, meva va uzum yetishtirishga katta e'tibor bermoqda. Mamlakatda yiliga 1109 ming tonna don, 370-380 ming tonna sabzavot, 390-400 ming tonna meva, 150-160 ming tonna uzum yetishtirilmoqda (1995 Turkmaniston chorvador mamlakat. Bu yerda asosan yaylov chorvachiligi yetakchilik qiladi. Negaki, mamlakatda qishloq xo'jaligiga yaroqli bo'lgan yerlar 34,8 mln. ga ning katta qismi 30,6 mln gektari yaylovzorlardan iborat. Turkmanistonda 5,5 million bosh qo'y va echki 1995- yil bor. Shularniig yarmidan ko'pi qorako'l qo'ylaridir. Mamlakatda jahon bozorida yuqori baholanadigan hamda ko'zni qamashtiradigan qorako'l terilari ko'p yetishtiriladi va maxsus zavodlarda qayta ishlanadi. Aynuqsa qora, kulrang, moviy, sur terilari Qoraqumning janubi-sharqiy qismi ayniqsa Badxiz qo'riqxonasi regionida ko'p yetashtirqiladi. Qoramol va parrandachilik mamlakatning sug'orqiladigan zonasida rayonlashtirilgan. Turkmaniston chorvachiligida tuyachilik va yilqichilikning ham ulushi bor. Sanoat geografiyasi. Mamlakatning iqtisodiy geografik o'rni. O'tgan asrdayoq Turkmanistonning dengiz transporti rivojlanishiga asos solindi. Kaspiy dengiziniig bo'yida qad ko'targan Krasnovodsk port shahri shunday asos edi. Bu portning qad ko'tarishi Turkmanistonga capital yo'lining ochilishiga va undan mamlakat ichkarisiga temir yo'l o'tkazishga imkoniyat tug'diradi. 1880-1886- yillarda mamlakatning g'arbiy qismi Krasnovodskdan uning eng sharqi Chorjo'ygacha temir yo'l qurib o'tkazildi. Natijada mazkur temir yo'l bo'yida qator sanoat korxonalari qad ko'tardi. misol. Mamlakatning g'arbiy va sharqiy qutbida port shaharlarning qad ko'tarishi uning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirib yubordi. Turkmanboshidan Kaspiy dengizi orqali ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.28 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:17
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.28 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:17 ]
Arxiv ichida: docx