Turkmanistonning aholisi va mehnat resurslari

Turkmanistonning aholisi va mehnat resurslari

O'quvchilarga / Geografiya
Turkmanistonning aholisi va mehnat resurslari - rasmi

Material tavsifi

Turkmanistonning aholisi va mehnat resurslari Reja: 1. Mamlakat aholisining umumiy soni, zichligi, milliy tarkibi. 2. Aholining tabiiy ko'payishi. 3. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish. Tayanch iboralar: Aholining umumiy soni, zichligi, milliy tarkibi, tabiiy ko'payishi, shahar va qishloq aholisi, mehnat resurslari. Aholisi, aholining etnik kelib chiqishi, milliy tarkibi joylashishi Turkmaniston aholisining soni jihatidan Markaziy Osiyo davlatlari ichida to'rtinchi o'rinda turadi. Bu yerda aholi ancha siyrak joylashgan. Markaziy Osiyo davlatlarida har bir kv. km ga 13,8 kishi to'g'ri kelgani holda Turkmanistonda aholi zichligi 9,2 kishiga teng. Aholinnig etnik kelib chiqishi uzoq tarixga borib taqaladi. Turkman so'zi birinchi marta arab adabiyotida X asrda tilga olinadi. Turkmaniston ya'ni Turkmanlar mamlakati so'zi esa o'rta asrlardayoq mavjud bo'lgan. Turkmanlar tekin, salir, nomut, ersar, keradoshli, chovdur va bochqa qabila urug'lardan tarqalgan. Ular azal-azaldan tog' yon bag'irlari, daryo bo'ylarida yashashgan. Hanuz Turkmanistonning asosiy aholisi vodiylarda, suv va temir yo'l bo'ylarida yashaydi. Turkmaniston ko'p millatli davlat. Aholisining 70 foizi dan ortig'ini turkmanlar, 12 foizini ruslar,8 foizini o'zbeklar, 3 foizini qozoqlar tashkil qiladi. Shuningdek, bu yerda tatar, ukrain, arman, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining tabiiy o'sishi va uni takror ishlab chiqarish ancha yuqori. Aholining ko'payishi 1990- 199-yillarda 122,4 foizni tashkil qildi. Shu yillar ichida aholining yillik o'rtacha o'sishi Qozog'istonda salbiy, Qirg'izistonda-0,5, Tojikistonda- 1,9, O'zbekistonda-2,1 foizni tashkil etgan bo'lsa, u Turkmanistonda eng yuqori 4,1 foizga teng bo'ldi. Misol. 1940 -yilda mamlakatda 1,302 ming kishi yashagan edi. 1959 -yilda-1,516, 1970 -yilda-2,159, 1979 -yilda-2,759, 1989 -yilda-3,534, 1995- yilning boshida esa 4,478 ming kishiga yetdi. Mamlakatda aholi tabiiy o'sishining yuqoriligi birinchidan aholi zichligining tez ortib boripshini ta'minlayotgan bo'lsa, ikkinchidan mehnat resursining tez ko'payishiga uning bandlik darajasiga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda Bu yerda 1940 -yilda har bir kv. km ga aholining ortacha zichligi 2,66 kishini tashkil qilgan bo'lsa, u 1959 -yilda 3,10, 1970 -yilda-4,42 1979 -yilda-5,65, 1989 -yilda-7,24 va 1995 -yilda esa 9,17 kishiga teng bo'ldi Biroq, mamlakatning ziroatchilik bilan shug'ullanadigan hududlarida aholi zichligi 200- 250 kishiga teng. Ma'lumki, Turkmaniston SSRning parchalanishi bilan birinchilar qatorida mustaqil taraqqiyot yo'liga tushib qolgan edi. U endilikda aholini moddiy va ma'naviy himoya qilish yo'lida dadil bormoqda. Jumladan, Prezident Farmoni bilan mamlakat aholisi 1992 -yildan boshlab ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektroenergiya bilan bepul ta'minlanmoqda. Aholi iste'moli uchun ishlatiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining ham xarid narxlarini pasaytirish, aholini ijtimoiy himoya qilish mamlakat Prezidenti dasturidan alohida o'rin olgan. Turkmaniston aoholisining katta qismi 55 foizi qishloqlarda yashaydi. Shunga qaramasdan Turkmanistonning MOdda urbanizatsiya darajasi ancha yuqori. Uning eng yirik shaharlari: poytaxti-Ashgabad, viloyat markazlari-Chorjo'y, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.7 KB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.7 KB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga