Yer shari quruqliklari biomlarining asosiy tiplari Reja: Biosenozlarni yer sharida tarqalishini muhim faktorlariga bog'liqligi. O'simlik va hayvonlarning fiziologik o'xshashligi va hayot formalarini bir xilligi asosida ma'lum gruppalarga birlashtirilishi va ularni birlashtiradigan taksonomik birliklar. Zonal, introzonal va ekstrozonal. Tayanch iboralar Quruqlik biosenozlarini yer sharida tarqalishini temperaturaga va yog'inning taqsimlanishiga bog'liqligi. O'simlik va hayvonlarni ma'lum gruppalarga birlashtirishga imkon beradigan belgilari. Assosiasiya va assosiasiya gruppasi. Formasiya va formasiya gruppasi. Zonal biosenoz. Introzonal biosenoz. Ekstrozonal biosenoz. Dasht zonasida kuzatiladigan ekstrozonal biosenoz va uning hosil bo'lish sabablari. 9.O'rmon zonasida kuzatiladigan ekstrozonal biosenoz va uning hosil bo'lish sabablari. Biosenozlarni tarqalishi muhit faktorlariga bog'liqdir. Qkruqlik biosenozlarini tarqalishi eng avvalo yer sharining turli oblastlarida, temperatura va yog'inning taqsimlanishiga suv biosenozlarini tarqalishi esa, temperatura va sho'rlikni rejimiga bog'liqdir. Ma'lumki turli kontinentlarda, turli xil floristik va faunistik oblastlarda turli gruppa o'simliklar va hayvonlar yashaydi. Bundan, turli kontinentlarda o'xshash biosenozlarni tarkibi bir xil emas degan xulosa chiqarish mumkin. Ammo biosenoz tarkibiga kiradigan o'simliklar va hayvonlarning fizilolgig o'xshashligi, hayot formatlarini bir xilligi, ulrni ma'lum gruppalarga birlashtirishga imkon beradi. Biosenozlarni qanaqa taksonomik gruppalarga birlashtirish mumkin degan savol tug'iladi. Biosenozlarni stuktura asosini ko'pincha o'simliklar tashkil qilgani uchun, turli xil kattalikdagi taksonomik birliklar sifatida fitosenologiyada mavjud bo'lgan birliklardan foydalanish mumkin. Bu birliklar qatori qo'yidagilardir: assosiasiya, assosiasiya gruppasi, formasiya, formasiya gruppasi, formasiya sinfi, biosenoz tipi. Assosiasiya biosenozni eng kichik tipologig birligi hisoblanadi. U unga kiradigan biosenozlarni tur tarkibini bir xilligi, strukturasini bir xilligi va muhim faktorlarini bir xilligi bilan xarakterlanadi. Buni ma'nosi shuki biz bitta assosiasiyaga hayvonot va o'simliklarini tur tarkibi bir xil bo'lgan (bunday tarkib u yoki bu biosenozda faqatgina qisman birgina turni bo'lmasligi bilan farq qilishi mumkin) yaruslarini to'plami konsorsiyasi va sinuziyaisi bir xil bo'lgan biosenozlarni kiritamiz. Bundan tashqari bu biosenozlar, bir xil sharoitdagi yashash joyiga joylashgan bo'lishlari kerak. Assosiasiyalar assosiasiya gruppalariga birlashadilar. Bitta assosiasiya gruppasiga bitta yarusdan tashqari qolgan hamma yaruslarini tarkibi bir xil bo'lgan biosenozlar kiradi. Bitta assosiasiya gruppasiga yana hamma o'simlik yaruslari o'xshash bo'lganligi bilan bir vaqtda, hayvonot dunyosining biron gruppasiga ma'lum farq kuzatiladigan (masalan qush koloniyalarini borligi yoki yo'qligi) assosiasiyalarni ham kirgizish mumkin. Bunday holatda yarusdagi farq biosenoz edifikotorlari hukumron bo'lgan asosiy yarusni o'z ichiga olmasligi kerak. Assosiasiya gruppalari formasiyaga birlashtiriladi. Bitta formasiyaga edifikatori umumiy bo'lgan assosiasiyalar kiradi. Formasiyalari formasiya gruppalariga birlashtiriladi. Bitta formasiya gruppasiga edifikatorlari bir xil hayotiy formani tashkil qiladigan formasiyalar kiradi. Formasiya gruppalari, formasiya sinflariga birlashtiriladi. Bitta formasiya sinfiga edifikatorlari yaqin hayotiy formalardan tashkil togan formasiya gruppalari kiradi. Nihoyat formasiya sinflari biosenoz tiplriga birlashtiriladi. Bitta biosenoz tipiga ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.67 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.67 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:20 ]
Arxiv ichida: docx