Argentina Argentina (Argentina), Argenti-na Respublikasi (República Argentina) - Jan. Amerikadagi davlat. Qit'aning jan.-sharqiy qismini, Olovli Yer o.ning sharqiy qismini va bir qancha orollarni egallaydi. Atlantika okeani sohilida joylashgan. Ma'muriy jihatdan 22 vi-loyat (provinsiya), federal (poytaxt) okrugi va Olovli Yer hududiga bo'linadi. Maydoni 2767 ming km². Aholisi 36,1 mln. 605kishi (199). Poytaxti Buenos-Ayres sh Davlat tuzumi[tahrir] A. - federativ re-spublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994 y. 24 avg .da qabul qilingan. Davlat boshlig'i - prezident. Prezident va vi-se-prezident 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat - Millim kongress (parlament). Kongress ikki palata: senat va deputatlar palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyat prezident va hukumatdir. Tabiati[tahrir] A.ning sharqi keng tekisli-klardan va g'arbi tog'lardan iborat. Mam-lakatning butun shim.-sharqini La-Plata pasttekisligi (Gran-Chako, Sharqiy Pam-pa tekisligi), jan.-sharqini Patagoniya yassi togligi egallaydi. G'arbdagi tog' yon bag'irlari balandlasha borib, And toglariga ulanib ke-tadi. Jan. Ameri-kaning eng baland nuqtasi Akonkagua (6960 m) ham A. hududidadir. Foydali qazilmalari: neft, gaz, temir, poli-metallar, uran, mis, qalay, volfram va boshqa rudalar. A. tekislik qismining iqlimi - tropik va subtropik, jan.da - mo''tadil. Eng issiq oy (yanv.)ning o'rtacha harorati shim.da 28°, jan.da 10°, iyulning o'rtacha harorati shim.da 18° va jan.da G. Tog'larda iqlim mo''tadil sovuq. Yiliga Patagoniyada 100 - 300 mm, shim.-sharqda 1400 - 1600 mm, Andning sharqiy yon bag'irlarida 500 mm gacha yog'in yog'adi. Asosiy daryolari: Parana, Paragvay, Urug'vay, Rio-Sala-do, Rio-Kolorado, Chubut, Rio-Negro. A. ko'llarining aksariyati muzliklardan paydo bo'lgan (Naul-Uapi, Buenos-Ay-res, Vedma va boshqalar). A. hudu-dining salkam 20% doimiy ko'm-ko'k va bargi to'qiluvchi o'rmonlar bilan qoplangan. Gran-Chakodagi qizil tuproqda siyrak o'rmon, Pampada-gi unumdor qoratuproqda pichanzor dasht-lar, Patagoniyada -yarim cho'l. A.ning milliy bog'lari - Iguasu, Lanin, Na-uel-Uapi va boshqa Aholisi[tahrir] Argentinlar (mamlakat aholisining 90%) asosan yevropalik muhojirlardan shakllangan. Shuningdek italyanlar, yahudiylar, ukrainlar, is-panlar, katalonlar, polyaklar, nemislar, franso'zlar va boshqalarlar ham yashaydi. Tub joy aholisi - in-deyslarning aksari-yati yevropaliklarning mustamlakachilik harakatlari jarayonida qirilib ketgan. Ularning oz qismi (kechua, tupi-guaran-lar va boshqalar) A.ning shim.-g'arbida va Parag-vay bilan bo'lgan chegara yaqinida yashaydi. Rasmiy tili - ispan tili.Dindorlarning aksariyati katoli-klar. Aholining o'rtacha zichligi 1 km²ga 9 kishidan ko'proq. Aholining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario, La-Plata. Tarixi[tahrir] Qadim zamonlarda A. hududida ko'p sonli indeys qabilalari yashar, ularda jamoa-urug'chilik munosabatlari xukmron edi. Shim.-g'arbda diagitlar, charrua va kerandilar eng rivojlangan indeys qabilalari bo'lgan; ular o'troq hayot kechirar, dehqonchilik, baliqchilik, ovchilik bilan shug'ullanar, rangli metal-lar eritishni, to'qimachilikni bilar edi. Shim.-sharqda va markazda guaranlar, tapeslar va boshqa yashar, janubda araukan-lar va patagonlar ko'chib yurar edi. 16-a.ning 1-yarmidahoz. A. hududi ispanlar tomonidan bosib ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
312 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
312 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:26 ]
Arxiv ichida: docx