Atmosfera va yerning iqlim mintaqalari

Atmosfera va yerning iqlim mintaqalari

O'quvchilarga / Geografiya
Atmosfera va yerning iqlim mintaqalari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Atmosfera.Yerning iqlim mintaqalari Reja: Atmosfera va uning tuzilishi. Iqlim hosil qiluvchi omillar Iqlim mintaqalari. Atmosfera va uning tuzilishi. Atmosfera (yunoncha, bug' - havo qobig'i) geografik qobiqning eng yuqori qismini egallagan, yengil va serharakat havo qobig'idir. U Yerning boshqa qobiqlari bilan muntazam ravishda aloqada bo'lib, o'zaro ta'sir etib turadi. Atmosferaning quyi chegarasi Yer yuzasidan, yuqori chegarasi 2 ming km balandlikdan o'tadi. Atmosfera massasining 99,5 % i 80 km gacha bo'lgan quyi qismiga to'g'ri keladi. Atmosferaning gaz tarkibini birinchi bo'lib 1774- yilda fransiyalik olim A. Lavuazye aniqlagan. Hozir uning tarkibida 78 % azot, 21 % kislorod va 1 % boshqa gazlar uchraydi. Yer o'ziga tortish kuchi bilan havoni ushlab turadi. Shuning uchun ham sayyoramizda atmosfera bor. Atmosfera qatlamli tuzilishga ega. Ular bir-biridan harorati, zichligi, bosimi kabi xususiyatlari bilan farqlanadi. Quyi qatlam- troposfera (yunoncha, burilish) Quyosh nuri va Yerdan qaytgan nur hisobiga isiydi. Havo harorati dengiz sathida +14 °C bo'lsa, troposferaning yuqori chegarasida -55 °C gacha pasayadi. Bu qatlamga atmosfera havo massasining 80 % i to'g'ri keladi. Xilma-xil jarayonlar (suvning aylanma harakati, yog'inlar, shamollar) shu qatlamda kuzatiladi. Qalinligi ekvatorda 17 km, qutblarda 8 - 9 km. Havo harorati har 100 m balandlikka ko'tarilganda o'rtacha 0,6 °C so- viydi. Troposferadan yuqorida stratosfera(50 - 55 km gacha), mezosfera(80 - 85 km gacha), termosfera(1 00 km gacha), ekzosfera(2 00 km gacha) joylashgan (6- rasm). Iqlim hosil qiluvchi omillar. Yer yuzasi iqlimining xilma-xil bo'lishiga, asosan, uchta omil ta'sir etadi. Geografik kenglik omiliharorat, bosim, havo massalari va doimiy shamollarning zonal tarqalishiga olib keladi. Havo haroratining Yer yuzasida tarqalishi quyosh energiyasiga bog'liq. Ekvatordan har ikkala qutblar tomon havoning o'rtacha yillik harorati 25 - 26 °C dan -10 °C gacha pasayib boradi. Iqlimning asosiy ko'rsatkichi bo'lgan yog'in miqdori va doimiy shamollar iqlim hosil qiluvchi ikkinchi omil -atmosfera bosimiva havo massalarigabog'liq. Troposferaning bir xil xusu-5-ñ¯ð£o'. Ào'ìîño'åðàíûí o'¯ç¯ë¯ø¯. 0.01 0.06 0.2 0.8 2.4 9.5 2.4 210 760 120° 0° 60° 120° 180° 240° 300°360°C -10° Termosfera Harorat Mezosfera Troposfera Ozon qatlami Balandlik, km Stratosfera Ozon pardasi Bosim, mm simob ustunida 6- rasm.Atmosferaning tuzilishi. 0° 10 20 30 40 50 60 70 80 90 100 120 140 160 180 200 250 300 400 500 600 700 800 26 siyatga ega bo'lgan katta hajmdagi havolari havo massasideb ataladi. Yer yuzida ekvatorial (issiq va nam), tropik (issiq va quruq), mo'tadil (iliq va nam), qutbiy, ya'ni arktika va antarktika (sovuq va quruq) havo massalari mavjud. Bular shu ketma-ketlikda ekvatordan qutblarga tomon har ikkala yarimsharda almashinadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 224.96 KB
Ko'rishlar soni 227 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 224.96 KB
Ko'rishlar soni 227 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga