Chexoslovakiyadagi Baland Tatralar Sharqiy Karpat tog'lari bo'ylab ichki tomondan Vulkanli tizma deb ataluvchi so'ngan vulkanlar zanjiri cho'zilgan; tashqi tomonida esa balandligi 400- bo'lgan Moldova tog' oldi platosi joylashgan. Bu plato ohaktoshlardan tuzilgan bo'lib, usti lyoss bilan qoplangan. Karpat tog'larining 46° shim. kenglikdan janubdagi keng qismi (Janubiy Karpat yoki Transilvaniya Alpi tog'lari) kristall jinslardan tuzilgan bo'lib, Baland Tatra tog'laridan salgina pastroqdir (Negoy cho'qqisi ). Karpat tog'lari hosil qilgan uchburchakning g'arbiy chekkasida kristall va vulkan massivlari joylashgan, ular chuqur tektonik va erozion. botiqlar bilan parchalanib ketgan bo'lib, yaxlit tog'larni hosil qilmaydi. Ular orasida balandligi dan ortiq bo'lgan Bihor va Metalich tog'lari alohida ajralib turadi. Uchburchakning ichki qismidan yer yuzasi sertepa lyoss bilan qoplangan va daryolar kesib o'tgan Transilvaniya platosi joylashgan, u atrofdagi tog' tizmalaridan anchagina past. Karpat tog'larida uncha katta bo'lmagan va boshqa joydagi muzlar bilan bog'lanmagan muz bosishlari bo'lgan. Muz bosish markazlari Baland Tatralarda va Transilvaniya Alp tog'larida joylashgan, bu yerlar relefi tipik baland tog' relefi tipida bo'lib, tog' muzligi hosil qilgan shakllar ko'p. Baland Tatralar uchun dengiz ko'zlari deb ataluvchi doira shaklidagi kichik ko'llar ayniqsa xosdir. Janubiy Karpat tog'larida relef uncha baland bo'lmasa ham baland tog' relefi xarakteriga ega. Bunday bo'lishiga sabab muz bosishi ta'siri hamda tog'larning erozion va tektonik chuqur parchalanib ketganligidir. Tog'larni daryolarning chuqur daralari kesib o'tgan. Bu daralardan eng chuquri tog'ni butunlay kesib o'tgan Olt daryosi darasidir. Bu daryo Sharqiy Karpat tog'laridan boshlanib Dunayga quyladi. Sharqiy Karpat tog'larining ayrim baland massivlari ham keskin relef shakllariga ega, lekin tog' sistemasining katta qismida o'rtacha balandlikning kichik ( ga yaqin) ekanligi sababli relefning yonbag'irlari qiya, tepalari gum-bazsimon bo'lgan sokin shakllari ko'pchilikni tashkil etadi. Karpat tog'lariga yondoshib turgan tekisliklar mezozoykaynozoy burmalanishi zonasining bir qismi bo'lgan tog'larning neogenda pasayib cho'qishi natijasida hosil bo'lgan. Cho'qish bilan birga cho'kayotgan yerlar bilan Karpat tog'lari orasidagi chegara joylarda yorilishlar hamda vulkan harakatlari ro'y bergan. Vulkan hosilalari mintaqasi O'rta Dunay havzasining shimoliy chekkasi bo'ylab ayniqsa yaxshi namoyon bo'lgan, bu yerda balandligi 700- bo'lgan vulkan tog'larining butun bir zanjiri ko'tarilib turadi. Alp burmalanishi zonasidagi eng katta tog' oralig'i botig'i Karpat tog'lari yoyining ichki qismidagi O'rta Dunay havzasining keng tekisligiga to'g'ri keladi. Botiqning sharqiy qismi boshqa qismiga nisbatan chuqurroq cho'kkan va bu yerda Dunayning chap sohili bo'ylab bir xil relefli pasttekislik cho'zilib ketgan. Uning balandligi dan kam bo'lib, Katta O'rta Dunay pasttekisligi.deyiladi. Bu pasttekislikda meridian yo'nalishida Tissa daryosi oqib o'tadi. Pasttekislikning yuza qismi lyoss jinslari, shamol keltirgan qumlar, allyuviy jinslardan tuzilgan. Ular tagida chuqurda neogen dengiz yotqiziqlari va yanada ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.38 KB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.38 KB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:29 ]
Arxiv ichida: docx