Dunyo okeani va uning qismlari

Dunyo okeani va uning qismlari

O'quvchilarga / Geografiya
Dunyo okeani va uning qismlari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu:Dunyo okeani va uning qismlari Reja: Dunyo okeani. Dunyo okeanining o'rganilish tarixi. Dunyo okeanining qismlari Dunyo okeani. Olimlarning fikricha, okean atamasi yunoncha qirg'oqsiz dengiz, Yerni aylanib oquvchi buyuk daryo, degan ma'nolarni anglatadi. Dunyo okeani atamasini rus olimi Y. M. Shokalskiy 1917- yilda fanga kiritdi. Yer sharining uzluksiz suvli qobig'i Dunyo okeanideb ataladi. Dunyo okeani Yer sharining 361 mln kv km maydonini egallaydi. Suv Yer yuzasining Shimoliy yarimsharda 61 % ini, Janubiy yarimsharda 81 % ini qoplagan. Yer Shimoliy, Janubiy, G'arbiy va Sharqiy yarimsharlarga ajratilishidan tashqari, yana okeanlar yarimshari va materiklar yarimshariga ham bo'linadi. Okeanlar yarimsharida Yer yuzining 90,5 % qismini suv qoplagan (7- rasm). Dunyo okeanining o'rganilish tarixi. Buyuk geografik kashfiyotlar davri (XV asrning ikkinchi yarmi - XVII asrning birinchi yarmi)dan boshlanadi. Bu davrda X. Kolumb, J. Kabot, V. da Gama, A. Vespuchchi, F. Magellan, F. Dreyk, V. Yanszon, A. Tasman va boshqalar Dunyo okeanida suzishib, muhim kashfiyotlar qilishgan. Shu bilan birga, oqimlar, materik va orollar, quruqlik qirg'oqlari, suvning sho'rligi, harorati, hayvonot olami to'g'risida qimmatli ma'lumotlar to'pladilar. XVII - XIX asrlarda okeanni tadqiq etish ilmiy yondashuv asosida olib borildi. Jumladan, J. Kuk, I. F. Kruzenshtern va Y. V. Lisyanskiy, F. F. Bellinsgauzen va M. P. Lazarev, S. O. Makarov, Chellenjer kemasi a'zolari Dunyo okeani geografiyasi uchun eng zarur ma'lumotlar to'pladi. Masalan, Chellenjer ekspeditsiyasi natijalari okeanografiya faniga asos soldi. XX asrdan boshlab maxsus dengiz tashkilotlari tuzilib, Dunyo okeanini xalqaro hamkorlik asosida o'rganish ishlari tashkil etildi. 1920- yildan keyin okean suvlari chuqurlik bo'yicha o'rganila boshlandi. 1960- yilda fransuz Jan Pikar Mariana cho'kmasini zabt etdi. Endilikda kemalar zamonaviy asbobuskunalar bilan jihozlandi, kosmik kemalardan olingan tasvirlar tahlil qilinmoqda. Dunyo okeanining qismlaridengiz, qo'ltiq, bo'g'izlardan iborat. Okeanlar bir-biridan geografik o'rni, geologik tuzilishi, biologik xususiyatlari bilan farq qiladiganbir butun tabiat komplekslaridir. Dengizlar- okeanning bir qismi bo'lib, ular Dunyo okeanidan quruqlik yoki orollar, yarimorollar va suvosti relyefining ko'tarilgan joylari bilan ajralib turadi. O'zining geografik o'rni va havzalarining xususiyatiga qarab 3 turga bo'linadi: 1) materiklar orasidagi dengizlar; 2) materik ichkarisidagi dengizlar; 3) chekka dengizlar. Okeanning (dengiz yoki ko'lning) quruqlik ichkarisiga kirib turgan qismi qo'ltiqdeb ataladi. Bengaliya, Meksika, Gudzon, Katta Avstraliya, Alyaska kabi qo'ltiqlar eng katta qo'ltiqlardir. Okeanlarni (dengiz yoki ko'llarni) bir-biri bilan qo'shib turadigan kambar suv bo'g'izdeyiladi. Bularga Dreyk, Mozambik, Gibraltar, La-Mansh va boshqalar misol bo'ladi. Dunyo okeanini birinchi bo'lib niderlandiyalik olim B. Varenius 1650- yilda beshta okeanga ajratgan (Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy va Janubiy Muz okeanlari). Keyinchalik, tadqiqotchilar uni uchta (Tinch, Atlantika, Hind), to'rtta (Tinch, Chegaralar: a- okeanlar; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 234.59 KB
Ko'rishlar soni 285 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:32 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 234.59 KB
Ko'rishlar soni 285 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga