Dunyoning siyosiy xaritasini shakllanishi. Ma'lumki, dunyo siyosiy kartasi hozirgi holatga kelgunga qadar ko'p marotaba o'zgarishga uchragan. Asrimizning boshlarida (XX-asrni) dunyo siyosiy kartasini o'zgarishiga kuchli turtki bo'lgan omil I-jahon urushidir. Ikki harbiy siyosiy bloklar-Antanta va Uchlar ittifoqini bir-birlari bilan urushi I-jahon urushini keltirib chiqardi. Antanta harbiy tashkiloti 1895-1907 yillari tashkil topgan bo'lib, unga Fransiya, Angliya, Rossiya va Serbiya kabi mamlakatlar kirgan. Uchlar ittifoqi harbiy blokiga Germaniya, Avstriya-Vengriya, Italiya mamlakatlari kirgan bo'lib, bu harbiy blok 1882-yili tashkil topgan. I-jahon urushi 1914 yili boshlanib 1918 yili tugagan. I-jahon urushi yillari Belorussiyani g'arbiy qismi, Ukrainani G'arbiy qismi hamda Moldaviya (Bessarabiya) Germaniya va Ruminiya davlatlari tomonidan bosib olindi va o'sha davlatlarni mustamlakasiga aylandi. 1917 yil Rossiyada Oktyabr revolyusiyasi ro'y berdi va revolyusiya g'alaba qozondi. Oktyabr revolyusiyasidan so'ng Rossiyada fuqarolar urushi alanga oldi. Bu davrda birgina O'zbekiston hududi 3 davlatga bo'lingan bo'lib, ular: 1.Buxoro amirligi. 2. Xiva xonligi. 3. Qo'qon xonligi. Mazkur amirlik va xonliklar 1917 yilgacha ularning qoldiqlari esa 1920 yilgacha hukmronlik qilgan. 1921-22 yillari ular butunlay tugatildi. 1922-yil 30 dekabr kuni dunyo siyosiy kartasida yangi davlat paydo bo'ldi. Shu kuni R.K.P (b) ning Butun ittifoq I-s'ezdida R.S.F.S.R, Ukraina, Belorussiya va ZSFSR birlashib SSR ni tashkil qildi. 1936 yilgacha O'rta Osiyo respublikalari birin-ketin sobiq SSR tarkibiga qo'shilib bordi. 1924 yil dunyo siyosiy kartasida 2-sosialistik davlat paydo bo'ldi. U MXR edi. Shunday qilib jahon mamlakatlari sosialistik va kapitalistik sistemaga bo'lindi. II-jahon urushi dunyoni qayta taqsimlash va sosialistik sistemani yo'qotish uchun 1939 yil boshlandi. 1940 yil G'arbiy Belorussiya, G'arbiy Ukraina va Moldaviya SSR tarkibiga qayta qo'shib qaytarib olindi.Shu yili Boltiq bo'yi respublikalari Latviya SSR, Litva SSR va Estoniya SSR lar tashkil topdi va SSR tarkibiga qo'shildi. 1941-45 yillari SSR-Germaniya urushi natijasida va Germaniyani engilishi munosabati bilan jahonda sosialistik sistema kengaydi va kuchaydi. G'arbiy Yevropadagi Germaniya tomonidan bosib olingan bir qator davlatlar Germaniya zulmidan ozod etildi va sosialistik davlatlar qatoriga qo'shildi. Ular quyidagilar: 1.Polsha 5. Ruminiya 2.GDR 6. Bolgariya 3.Chexoslovakiya 7. Yugoslaviya 4. Vengriya 8. Albaniya. 1945-yil yapon militarizmini tor-mor keltirilishi (SSR tomonidan) munosabati bilan va SSR tazyiqi ostida Horijiy Osiyoda 5ta davlat sosialistik sistema qatoriga qo'shildi. Ular Quyidagilar: 1.Xitoy xalq respublikasi. 2.KXDR 3.Vьetnam 4.Laos 5.Kampuchiya (Kambodja) 1959-yil Amerika qit'asida ham sosialistik davlat paydo bo'ldi.Bu davlat Kuba respublikasidir. Shunday qilib jahon soqialistik sistemasida jami 16 ta davlat mavjud edi. XX -asrning 2-yarmidan boshlab Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida milliy ozodlik harakatlari kuchayib ketdi. Bunday harakatlar ayniqsa Afrika qit'asida II-jahon urushida engilgan mamlakatlarning mustamlakalarida keskin tus oldi.Masalan: 1957 ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.57 KB
Ko'rishlar soni
1095 marta
Ko'chirishlar soni
260 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:33
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.57 KB
Ko'rishlar soni
1095 marta
Ko'chirishlar soni
260 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:33 ]
Arxiv ichida: docx