Mavzu: Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari. Reja: Geografik qobiq va uning chegaralari. Geografik qobiqning xususiyatlari. Geografik qobiq va uning chegaralari. Atmosferaning quyi qatlami - troposfera, litosferaning ustki g'ovak qatlami, gidrosfera va biosferalarni o'z ichiga olgan hamda o'zaro ta'sir etib turadigan yaxlit qobiqYerning geografik qobig'i deb ataladi. Geografik qobiqning yuqori va quyi chegarasini, uning qalinligini turli olimlar turlicha o'tkazishadi va belgilashadi. Ko'p olimlar geografik qobiqning yuqori chegarasini troposferaning yuqori qismidan o'tkazishadi va uning qalinligini 30 - 35 km deb hisoblashadi. Aniqlanishicha, geografik qobiqning yuqori chegarasi ozon pardasiga, pastki chegarasi esa g'ovak jinslarining tag qismiga to'g'ri keladi. Ozon pardasi Yerdagi organizmlarni Quyoshning ultrabinafsha nurlaridan muhofaza qiladi. Geografik qobiqning xususiyatlari. Geografik qobiqning birinchi xususiyati,uning tarkibiy qismlari - litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar doimiy ravishda o'zaro aloqadorlikda bo'lishi va bir-biriga ta'sir etishidir;ikkinchi xususiyati, modda va energiya almashinish jarayonining bo'lib turishidir; uchinchi xususiyati, geografik qobiqda organik hayotning, jumladan, insoniyat jamiyatining mavjudligidir.Geografik qobiqning rivojlanishiga Yerning tashqi va ichki energiyalari ta'sir etadi. Geografik qobiqda sodir bo'layotgan barcha jarayonlarning asosiy qismi Quyosh energiyasi va kamroq qismi Yerning ichki energiyasi ta'sirida ro'y beradi .Geografik qobiqning tuzilishida modda va energiya almashinuvi muhim rol o'ynaydi. Bunda litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar o'rtasida moddalar almashinishi ro'y beradi. Masalan, okean suvi 3 00 yilda bir marta yangilanadi.Atmosferadagi namning to'liq yangilanishi uchun atigi kerak bo'ladi. Aylanma harakatdagi suv boshqa komponentlar. bilan bevosita aloqada bo'lib, geografik qobiqning shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Geografik qobiqning vertikal va gorizontal tuzilishi ham uning asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Geografik qobiqning vertikal tuzilishi deganda, uning tarkibiy qismlari balandlik bo'ylab joylashgan holatini tushunish lozim. Geografik qobiqning gorizontal tuzilishi tabiat komplekslarining kenglik va uzunlik bo'ylab tarqalishi va almashib kelishida namoyon bo'ladi. Bunga iqlim mintaqalari, tabiat zonalari yaqqol misoldir.Atama, tayanch tushuncha va nomlar Geografik qobiq, geografik qobiqning tuzilishi: litosfera, atmosfera, gidrosfera, biosfera, ozon pardasi, geografik qobiqning vertikal va gorizontal tuzilishi. Nazorat uchun savollar 1. Geografik qobiqning o'rtacha qalinligi va chegaralari haqida so'zlang. 2- rasm. Geografik qobiqning tarkibiy qismlari va ularning o'zaro ta'siri. Atmosferaning quyi qismi Biosfera Gidrosfera Litosferaning yuqori qismi Yerning ichki energiyasi Quyosh energiyasi 2. Geografik qobiqning xususiyatlari deganda nimani tushunasiz? 3. Ozon pardasi qanday vazifani bajaradi? ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
162.54 KB
Ko'rishlar soni
229 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:36
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
162.54 KB
Ko'rishlar soni
229 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:36 ]
Arxiv ichida: docx