Geografik xaritalar va ularning shartli belgilari

Geografik xaritalar va ularning shartli belgilari

O'quvchilarga / Geografiya
Geografik xaritalar va ularning shartli belgilari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: GEOGRAFIK XARIÒALAR. XARITA ANDAZALARI (PROYEKSIYALARI) HAQIDA TUSHUNCHA Reja: 1.Geografik xarita nima? Xaritalar mazmuniga ko'ra bir-biridan qanday farq qiladi? 2.Xaritalar tasvirlangan hududining kattaligi va masshtabiga ko'ra birbiridan qanday farq qiladi? 3.Yer yuzasining xaritalar va globusda tasvirlanishi o'rtasida qanday farqlar mavjud? Xaritalardagi xatoliklar. Xarita tuzish andazalari. Geografiyani globus va dunyoning tabiiy xaritasisiz tasavvur qilish qiyin. Globus Yerning modeli ekanini bilasiz. Globusda Yer yuzasi - quruqliklar, okeanlar, dengizlar, orollar sayyoramizda aslida qanday shaklda bo'lsa, deyarli shunday shaklda, lekin juda kichraytirib tasvirlangan. Òabiatdagi obyektlar juda kichraytirib tasvirlanganda ko'p narsalarni ko'rsatish mumkin emas. Shu sababli Yer yuzini, undagi geografik obyektlarni tasvirlash uchun geografik xaritalardan foydalaniladi. Geografik xaritalar Yer yuzidagi geografik obyektlarni tasvirlashning asosiy usuli hisoblanadi. Biroq geografik xaritalarda Yerning qavariq yuzasi tekis yuzada tasvirlanadi. Buning oqibatida geografik xaritada Yer qavariq yuzasining ayrim qismlarini cho'zib, ayrim qismlarini qisqartirib tasvirlashga to'g'ri keladi. Shuning uchun globus va xaritalardagi geografik obyektlarning qiyofalari bir-biridan farq qiladi. Qavariq Yer yuzasini tekis yuzada tasvirlash uchun xarita andazalaridan foydalaniladi. Xarita andazalari sayyoramizning qavariq yuzasini tekis yuzada tasvirlashning matematik usullaridir.Yerning qavariq yuzasi tekis yuzaga tushirilayotganda tasvirda uzilishlar ro'y beradi. Uzilishlarni to'ldirish uchun, odatda, xaritadagi tasvirlarni cho'zishga to'g'ri keladi. Buning oqibatida burchaklar, chiziqlar uzunligi, maydonlar, obyektlarning shaklida xatoliklarga yo'l o'yiladi. Yerning qavariq yuzasini tekis sathga - xaritaga tushirish chog'ida ana shunday xatoliklardan birontasini kamaytirishga yoki yo'qotishga harakat qilinadi. Shu maqsadda turli xil xarita andazalaridan foydalaniladi. Xarita andazalari, asosan, uch xil bo'ladi: 1.Òeng burchakli andazalar.Bunday andazalarda tuzilgan xaritalardagi burchaklar globusdagi, ya'ni joydagi burchaklarga teng bo'ladi. Òeng burchakli andazalar asosida tuzilgan xaritalarda yo'nalishlarni aniqlash qulay, biroq maydonlar va masofalarni tasvirlashda xatolarga yo'l qo'yiladi. 2.Òeng maydonli yoki teng hajmli andazalardan foydalanilganda materiklar, davlatlar, dengizlar, orollar va boshqalarning maydonlari xatosiz tasvirlanadi. Lekin burchaklar, shakllarni tasvirlashda ancha xatoliklarga yo'l qo'yiladi. Òeng maydonli xaritalardan geografik obyektlar maydoni o'lchanadi. 3.Ixtiyoriy andazalarasosida tuzilgan xaritalarda burchaklar ham, maydonlar ham xatoliklar bilan tasvirlanadi, lekin xatolik kamroq bo'ladi. Ixtiyoriy andazalar orasida teng masofali andazalar boshqalaridan ko'ra ko'proq ishlatiladi. Bunday xaritalarda uzunlik masshtabi bir meridian (odatda, o'rtadagi) yoki bir paralleldagina saqlanadi. Qavariq Yer yuzasining meridianlar va parallellar to'rini tekis yuzaga (qog'ozga) tushirishda yordamchi geometrik sirtlardan, xususan, silindr, konus, tekislik va boshqalardan foydalaniladi. Xarita andazalari foydalanilgan yordamchi geometrik sirtlarning turiga qarab konussimon, silindrsimon, azimutliandazalarga bo'linadi. Silindrsimon andazalarda tuzilgan xaritalarda meridianlar bilan parallellar bir-biri bilan 90° li burchak ostida kesishadigan to'g'ri chiziqlardan iborat to'r hosil qiladi. Bunday andazalar yordamida, ko'pincha, dunyo xaritalari tuziladi. Materiklar, ayrim davlatlar, asosan, konussimon andaza yordamida tasvirlanadi. O'rta Osiyo va O'zbekiston xaritalari konussimon andazadan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 675.55 KB
Ko'rishlar soni 286 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:36 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 675.55 KB
Ko'rishlar soni 286 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga