Hind okeani - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Hind okeani Reja: Asosiy xususiyatlari. Geografik o'rni. O'rganilish tarixi. Okean tubi relyefi. Iqlimi. Organizmlari. Okeanning tabiat mintaqalari. Asosiy xususiyatlari. Eng sho'r okean, eng issiq ko'rfazi mavjud, eng katta suvosti deltasi bor, cho'kindi jinslar eng qalin (5,5 km, Gang deltasi), asosiy qismi janubiy yarimsharda, o'simlik va hayvonlarga eng kambag'al, eng uzun bo'g'izi bor, neft va gaz zaxirasi va qazib olinishi, tashiladigan neft hajmi bo'yicha birinchi o'rinda turadi. Marvarid va durlar yig'ib olishda yetakchi hisoblanadi. Geografik o'rni. Hind so'zi sanskritcha daryo degan ma'-noni anglatadi. Hind okeani to'rtta materik (Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya, Antarktida) oralig'ida joylashgan. Okeanning asosiy qismi Janubiy yarimsharda joylashgan. Shimoli-sharqiy va shimoli-g'arbiy qirg'oqlari ancha parchalangan. Maydoni 76 mln kv km. O'rganilish tarixi. Dastlab arablar, shumerliklar Fors ko'rfazi, Qizil dengiz va Hind okeanida suzishgan (yer. av. IV - V asrlarda) bo'lsalar, finikiyaliklar (yer. av. VI asrda) Hind okeani orqali Afrikani janubdan aylanib o'tib, g'arbdan qaytib kelganlar. Eramizning boshlaridan arablar (ayniqsa, VII - XII asrlarda) Hind okeanini o'zlashtirdilar. Ular okean qirg'oqlarini, orollar, oqimlarni, shamollarni atroflicha o'rgandilar. Vasko da Gama Hindistonga dengiz yo'lini ochdi (1498- y.). Hind okeanini birinchi bo'lib A. Òasman (1642 - 1643) g'arbdan sharq tomonga (Avstraliya janubiga) so'zib o'tgan bo'lsa, J. Kuk (1771 - 1775) okean chuqurligini aniqladi. Okeanni muntazam o'rganish XIX asrning oxiridan boshlandi. Chellenjer kemasi a'zolari, UNESCO tashabbusi bilan 1960 - 1965- yillarda tashkil etilgan xalqaro Hind okeani ilmiy ekspeditsiyasi okean to'g'risida mukammal ilmiy ma'lumotlar to'pladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.85 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.85 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga