Hindixitoy yarim oroli

Hindixitoy yarim oroli

O'quvchilarga / Geografiya
Hindixitoy yarim oroli - rasmi

Material tavsifi

Hindixitoy yarim oroli Yevrosiyoning janubi sharqiy chekkasi bo'lgan Hindixitoy yarim oroli Hind va Tinch okeanlar havzalari oralig'ida joylashib, qirg'oq chizig'ining egri-bugriligi, tuzilishining murakkabligi va relefining xilma-xilligi jihatidan janubdagi boshqa yarim orollardan farq qiladi. Yarim orolning shimoliy chegarasi tropikdan janubroqdan o'tadi, janubiy chegarasi esa uzun cho'zilgan Malakka yarim orolida deyarli ekvatorgacha etib boradi. Hindixitoy o'rtaliqdagi Hindsina massivi va uni sharqdan o'rab olgan mezozoy va g'arbdan o'ragan kaynozoy tog'laridan tuzilgan. Yarim orol relefi uchun tog' tizmalarining meridianga yaqin joylashganligi, ular orasiga shimoldan kirib kelgan keng tog'likning ayrim qismlari, janubda allyuvial tekisliklar xosdir. Chekka g'arbda, Birmada Arakan (Arakan-Yoma) tog'lari sistemasi cho'zilgan, ular so'ngra Andaman va Nikobar orollarida, keyin esa Sumatra hamda Yava orollarida davom etadi. Arakan-Ioma tog'lari ko'p qismida paleogen jinslaridan tuzilgan parallel tizmalardan iborat bo'lib, Viktoriya tog'ida balandligi dan oshadi. Bu tog'larda Sharq tomondan Iravadi pasttekisligi tutashgan. Pasttekislikni past tizmalar va qator tepaliklar kesib o'tgan. Bulardan eng balandi bo'lgan Pegu-Yoma tizmasining balandligi atigi ga etadi. Iravadi daryosining o'rta oqimidagi pasttekislik Arakan-yoma sistemasi bilan Pegu-Ioma tizmasi orasidagi nisbatan. ensiz yo'lakdir. Pegu-Iomadan sharqda Sittang daryosining al-lyuvial tekisligi joylashgan. Iravadi va Sitang tekisliklari daryolarning quyi oqimida tutashadi va keng delta bilan tugaydi. Bu hamma tekislik erlarda aholi zich o'rnashgan va tekisLikning katta qismi ekinzorlar bilan band. Sharqroqda shimoldan janubga tomon Shan tog'ligidan Malakka yarim orolining janubiy chekkasngacha Hindixitoyning markaziy zonasi tog'lari cho'zilgan. Markaziy tog' sistemasining tizmalari proterozoyning kristall jinslari va quyi paleozoyning ohaktoshlaridan tuzilgan. Bu butun zona qadimgi burmalanishda burmalangan va mezozoy hamda kaynozoy eralarining vertikal tektonikasi natijasida o'zgargan. Shu sababli tog'lar burmali-palaxsali tog'liq xarakteriga ega, yuqori qismlarida peneplenlashgan yuzalar saqlanib qolgan, tizmalar va alohida tepalar usti silliqlangan gumbazsimon, lyokin tog'likni chuqur tektonik hamda erozion vodiylar kesib o'tgan. Shan tog'ligi sharqiy qismida balandligi 200- bo'lgan, o'tish qiyin tog'li rayon hosil qilgan. Saluin daryosining chuqur o'yib kirgan vodiysi tog'likning uncha baland bo'lmagan, asosan ohaktoshlardan tuzilgan va karst o'nqircho'nqir qilib yuborgan g'arbiy qismini ajratib turadi. Tog'likdan janubga tomon juda parchalanib ketgan, balandligi gacha etadigan va Malakka yarim orolida asta-sekin pasayib boradigan parallel tog' tizmalari cho'zilgan. Shan tog'ligida Hindixitoyning markaziy tog' sistemasi sharqiy tog'lar sistemasi bilan tutashadi. Sharqiy sistema Sharqiy sohilga parallel holda yarim orolning boshidan oxirigacha cho'zilgan. Shimoliy qismda Vetnam Sotsialistik Respublikasi territoriyasida (Bakbo), juda parchalanib ketgan baland tog'lik ko'tarilgan, bu tog'lik bir necha marta tog' hosil bo'lishi, peneplenlashish va keyin yorilib ko'tarilishlar ro'y bergan turli tog' jinslaridan tuzilgan. Hindixitoyning bu qismida Xitoy Xalq Respublikasi bilan chegarada yarim orolning eng baland tog'lari-Fansipan cho'qqisi () va balandligi ga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.72 KB
Ko'rishlar soni 360 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.72 KB
Ko'rishlar soni 360 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga