Iqtisodiy va sotsial geografiyaning hozirgi zamon mazmuni

Iqtisodiy va sotsial geografiyaning hozirgi zamon mazmuni

O'quvchilarga / Geografiya
Iqtisodiy va sotsial geografiyaning hozirgi zamon mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy va sotsial geografiyaning hozirgi zamon mazmuni Reja. Iqtisodiy va sotsial geografiyaning tadqiqot obyekti va predmeti. Geoiqtisod va iqtisodiy geografiya. Iqtisodiy geografiya va ijtimoiy geografiya. Fanning boshqa mamlakatlarda atalishi. Jamiyat rivoji bilan uni o'rganuvchi fanlarning tadqiqot obyekti ham murakkablashib va takomillashib boradi. Bu tabiiy va o'z - o'zicha qonuniy holdir. Jumladan, iqtisodiy geografiyaning obyekti avvallari malum bir mamlakat yoki rayonning xo'jalik va aholisi, ishlab chiqarish kuchlarining joylanishidan iborat bo'lgan bo'lsa, keyinchalik u xo'jalik va aholining hududiy tarkibi yoki tizimi, hududiy ijtimoiy - iqtisodiy majmualor (komplekslar) shaklini oldi. Shunga muvofiq ushbu fanning vazifasi ham o'zgarib bordi. Chunonchi, ilgari asosiy etibor qaerda nima borligini o'rganishga qaratilgan bo'lsa, hozirgi kunda esa nima uchun u yoki bu voqelik aynan shu joyda vujudga kelganligini ilmiy asosda izohlab va baholab berilishi talab qilinadi. Bunday qonuniyatlarni chuqur anglash fanning amaliy (konstruktiv) ahamiyatini yanada oshiradi. Chunki, u endi turli yiriklikdagi hududiy ijtimoiy - iqtisodiy tizimlarning tahlilidan ularning tashxisiga, undan esa bashorat va boshqarish darajasiga ko'tarilmoqda. Demak, jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylanishidagi jarayonlar iqtisodiy geografiya obyektning o'zgarishiga sabab bo'ladi. Shunga mos ravishda bu fanning tadqiqot predmeti va vazifalari ham takomillashib boradi. Ayni paytda bunday evolyutsion jarayonlar fan nomini zamon talabiga muvofiqlashuviga olib keldi. Binobarin, an'anaiy iqtisodiy geografiya asta -sekin iqtisodiy va sotsial geografiyaga, u esa o'z navbatida murakkabroq va mujassamroq shaklga - ijtimoiy geografiyaga aylanmoqda. Aytish joizki, mazkur fanning muayyan bir barqaror, barchani qanoatlantiruvchi ta'rifi mavjud emas. Bunga bab - geografiya fanning keng qamrovligi, obyekt va nomining davr mobaynida o'zgarib turishi bo'lishi mumkin. Shu bilan birga iqtisodiy geografiya ta'riflarining ko'pchiligida ishlab chiqarish kuchlari, ularning joylashish xususiyatlari takidlanadi. Bular ushbu fanning o'zak tushunchasiga, aksiomasiga aylanib qolgan. Albatta, bu bejiz emas, zero iqtisodiyotning asosini ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiy geografiyaning mohiyatini esa ularning joylashuv xususiyatlari belgilab beradi. Qolaversa, rivojlanish faqat aniq bir joyda, makonda amalga oshadi, shu bois joylanish rivojlanishining hududiy inikosidir. Masalaga bunday yondashuv nazarimizda iqtisodiy geografiyaning tarixiy rivojlanishi bilan bog'liq. Malumki, ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirish muammolari dastavval Yevropada, xususan Germaniyada nemis olimlari I.Tyunen, A.Veber, A.Lyosh, V.Kristaller va boshqalar tomonidan amaliyotda ko'rib chiqilgan. Biroq ular o'zlarining joylashtirish (shtandort) g'oyalarining natijasini iqtisodiy geografiya deb ta'riflashmagan. Aksincha, bu masalalar ko'proq hududiy iqtisod yoki geoiqtisod doirasida, iqtisodiyot fanining bir qismi sifatida qaralgan. Uylaymizki, hozirgi kunda ham fanning ta'rifida ishlab chiqarish kuchlarining joylashuvi iborasini qoldirish kerak, zero har qanday joylashtirish muayyan bir HUAUADa amalga oshiriladi.Ammo fanimizning bugungi predmeti uchun bu kifoya qilmaydi. Sabab u endi iqtisodiygina emas, balki iqtisodiy va sotsial - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.15 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.15 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga