Ishlab chiqarishning ijtimoiy tashkil etish shakllari REJA: 1. Umumiy ta'rif 2. Mujassamlashuv shakli 3. Ixtisoslashuv 4. Kooperatsiya 5. Kombinatsiya Ishlab chiqarishni tashkil qilishining barcha shakllari mujassamlashuv (kontsentratsiya) ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinatsiya ayni paytda ijtimoiy va hududiy tomonlarga ega. Albatta iqtisodiy va ijtimoiy geografiya uchun ishlab chiqarishnish hududiy tomoni yetakchi rol o'ynaydi Shunga qaramasdan bu nuktlarni bir - birlari bilan bog'liq bo'lman holda o'rganish tahlil qilish biridan ikkinchisiga o'ta bilish geografik fikrlashning muhim xususiyatidir. Mujassamlashuv yoki ishlab chiqarishnish to'planishi xalq xo'jaligining barcha tarmoqlariga tegishlidir Ammo geografik jihatdan u eng avvalo sanoat, qishloq xo'jaligi va transport ya'ni moddiy sohalarda yaqqol namoyon bo'ladi. Qolaversa iqtigodiy geografiya fanining obyektini aynan shu tarmoqlarning hududiy tashqi ta'siri ularning joylashish xususiyatlarini belgilab beradi. Chunonchi sanoat uchun «nuqta» yoki tugun ko'rinishidagi hududiy tashkil etish, qishloq xo'jaligiga areal yoki mintaqaviy (zonal) transport uchun esa lentasimon yoki chiziq shaklidagi joylashuv xosdir Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ma'lum darajada xuddi ana shu nuqtalar - sanoat markazlari va tugunlari areal va zonalar tomonlarini o'rganadi. Ularning joylashuvi, aloqasi va hududiy tashkil etilishi esa yuqoridagi tarmoqlar joylashuvi bilan belgilanadi. Masalan aholi va unga xizmat ko'rsatuvchi sohalarning hududiy tizimlari sanoat, qishloq xo'jaligi va transport geografiyasi asos- ida amalga oshiriladi. Mujassamlashuv sanoat misolida juda aniq va sezilarli ko'rinadi. Bu borada ishlab chiqarish fondi, yalpi mahsulot yoki ishchi va xizmatchilarni turli yiriklikdagi korxonalarda yigilishi to'planishi sof holdagi ishlab chiqarish yoki korxona mujassamlashuvi ularning shaharlar va rayonlar joylashuvini esa urbanistik va hududiy mujassamlashuv sifatida ko'rsatish o'rinli. Mujassamlashuvning bu shakllari bir -biriga o'tib turadi va turli rayon yoki mamlakatlarga har xil birikma bo'ladi. Chunonchi shaharning markazlashuv darajasi ma'lum bir bosqichi yetgandan keyin o'ziga xos vaziyat vujudga keladi ya'ni endi mazkur shaharda quo'himcha korxonalarni ko'rish imkoniyati qolmaydi. Ekologik uy - joy transport muammolari keskinlashadi ko'rish uchun yer maydoni ham yetishmaydi va ayni paytda yangi korxona bu markazdan olisda joylashuvni ham «istamaydi». Demak yirik shaharda ham emas undan o'zoqda ham emas shaharning ichki imkoniyati yo'q korxona esa undan yiroqlasha olmaydi. Natijada yangi korxona yoki ilmiy tekshirish muassasalari oliy o'quv yurtlari yirik shaharning ta'sir doirasida o'rnashadi - shahar aglomeratsiyasi yoki sanoat tuguni vujudga keladi. Yuqorida keltirilgan mulohazalarga misol qilib Toshkent atrofida joylashgan go'sht kombinati (o'rtaovul shaharchasi) ToshGRES Toshkent qishloq xo'jaligi universiteti (Yalangoch manzilgoxi) yadro fizikasi institugi (Ulug'bek shaharchagi) alkogolsiz ichimliklar kombinati (Kibray) va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Toshkent aholisi ehtiyoji va xo'jaligi uchun zarur bo'lgan bu korxonalarning poytaxtda qurishning iloji yo'q, lekin ular iste'molchi sanoat ilm -fan markaziga yaqin bo'lmog'i lozim. Bundan yana bir ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.31 KB
Ko'rishlar soni
316 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.31 KB
Ko'rishlar soni
316 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:42 ]
Arxiv ichida: docx