Jahon aholisi soni va uning ko'payishi

Jahon aholisi soni va uning ko'payishi

O'quvchilarga / Geografiya
Jahon aholisi soni va uning ko'payishi - rasmi

Material tavsifi

Jahon aholisi soni va uning ko'payishi Bir necha ming yillar mobaynida o'limning juda yuqori va aholi o'sish sur'atlarining past bo'lishligi o'zining asosli sabablariga egadir. Dastavval, bu - moddiy va sanitar-gigiyenik shart sharoitlarning qoniqarsiz ahvolda ekanligi, qolaversa, vaqt-vaqti bilan takrorlanib turuvchi ocharchilik, o'lat, vabo va chechak epidemiyalari natijasida yuz minglab odamlarning qirilib ketishi bilan bop'langandir. Yer sharida bunday ofatlar 200-400, 1200-1300, 1600-1650-yillar ichida qayd etilgan bo'lib, o'sha davrlarda aholi soni umuman o'smadi, 1300-1400-yillar davomida qora o'lat epidemiyasining ta'sirida yer yuzasi aholi sonining 14 qismidan ajradi. Aholi ko'rsatkichlariga oxiri ko'rinmayotgan urushlar ham katta ta'sir ko'rsatib kelmoqda. Urushlar XVII asrda 5,2 mln., XIX asrda 5,5 mln., XX asrda esa deyarli 50 mln. kishining yostig'ini quritdi. XIX asrgacha bo'lgan davrda demografik jarayonlarda sezilarli o'zgarishlar bo'lmadi. Undan keyingi davrlarda aholining tabiiy harakati ko'rsatkichlarida demografik o'tish davriga xos jarayonlar boshlandi. U oila bajaradigan vazifalarining keskin o'zgarishi, turmushning nisbatan yaxshilanishi, aholining yosh tarkibidagi siljishlar va boshqa omillar bilan bog'landi. Demograf olimlar demografik o'tish davri 4 ta ketma-ket keluvchi bosqichni o'z ichiga olishligini ilmiy asoslab berganlar. Birinchi bosqich uchun tug'ilishning yuqori darajada saqlanishi va o'limning keskin qisqarishi oqibatida vujudga keluvchi juda yuqori darajadagi tabiiy o'sish xosdir. Ikkinchi bosqich ko'p bolali oiladan kam bolali oilaga o'tish o'limning qisqarishi, tug'ilishning esa undan ham ko'p miqyosda qisqarishi natijasida tabiiy o'sishning kamayishi bilan ifodalanadi. Uchinchi bosqichda, awalambor, aholi ichida qariyalar sonining o'sishi hamda tug'ilishning asta-sekin pasayishi natijasida umumiy o'limning nisbiy darajasi birmuncha ko'tariladi. Mazkur bosqichda aholi soni juda oz miqdorda va jadal sur'atlarda o'sadi yoki qisqaradi (depopulyatsiya jarayoni). To'rtinchi bosqichda tug'ilish va o'lim ko'rsatkichlari tenglashadi, aholi sonining tabiiy-umumiy o'sishi umuman barham topadi. Demografik o'tish davri dastavval Yevropada XVII asrda boshlandi. Shunda tabiiy o'sish koeffitsiyenti 20-30 promillega teng bo'ldi. Buni haqiqatan ham demografik inqilob deb atash mumkin. Chunki 10-20 yil oldin atigi 5-10 promillega teng bo'lgan tabiiy o'sish koeffltsienti qisqa vaqt ichida 2-3 marta oshdi. Ushbu jarayon Yevropada 100-150 yil davom etdi. Undan keyingi davrda Yevropamamlakatlari demografik o'tishning uchinchi bosqichida bo'ldilar. Binobarin, Germaniya, Avstriya, Belgiya, Italiya, Daniya, Vengriya, Niderlandiyada aholining oddiy tabiiy-takror barpo etilishi ayrim yillarda ta'minlanmayapti, ya'ni o'lganlar soni tug'ilgan bolalar sonidan ko'p bo'lmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko'pchiligi demografik o'tish jarayonining birinchi bosqichini o'tmoqdalar. AQSH, Yaponiya, Kanada, Avstraliya mamlakatlari ikkinchi bosqichini boshdan kechirmoqdalar. Xitoy va boshqa mamlakatlar ushbu ikkinchi bosqichga o'tish arafasida turibdi. O'zbekiston va boshqa O'rta Osiyo mamlakatlarida birinchi bosqichdan ikkinchi bosqichga o'tish uchun zamin tayyorlandi. Bu jarayon yaqin 10-15 yil mobaynida boshlansa ajab emas. Dunyo aholisi soni so'nggi 60 yil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.36 KB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.36 KB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga