Kimyo-biologiya fakulteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta'lim yo'nalishi 1 B kurs talabasi Umumiy yer bilimi fanidan Mintaqaviy zonal tizimlari mavzusida tayyorlagan mustaqil ta'limi. Rahbar: Abdunazarov L. Valiyeva Shahnoza Xolmatiy Gulnoza Usmonova Feruza Balandlik mintaqalari Reja: Yer yuzasida zonallik qonuniyatidan boshqa qonuniyatlarning mavjudligi Yer yuzasini azonal bo'linishi Azonallik o'ziga xos qonuniyatdir. Balandlik mintaqalarining vujudga kelishi sabablari 1 4 3 2 V. V. Dokuchaev landshaft biosferasining zonallik qonuniyatini kashf qilgandan keyingi tadqiqotlar natijasida shunday faktlar aniqlandiki, ularning ba'zi birlari zonallik qonuniyatini tasdiqlashga dalil bo'lsa, boshqalari bu qonuniyatni inkor etishga, unga shubha bilan qarashga olib keldi. CHunonchi zonalar hamma vaqt va hamma joyda xam uzluksiz polosalarni hosil qilmay, bir-birlaridan uzilib qolgan qismlardan iborat ekan; ba'zi bir zonalar quruqliklarning chekka qismida (masalan, mo''tadil mintaqaning aralash va keng bargli o'rmon-lari), boshqalari aksincha materiklar ichkarisida (cho'l va dashtlar) joylashadi. Zonalarning chegaralari ba'zan parallellar yo'nalishidan juda katta farq qiladi, hatto meridian yo'nalishida (masalan, SHimoliy Amerikaning markazidagi zonalar) bo'ladi. Nihoyat, bir zonaning o'zida uzunliklar buyicha keskin tabiiy geografik tafovutlar (Rossiya tekisgi va SHarqiy Sibirь taygasini taqqoslash kifoya) kuzatiladi, tog'larda kenglik zonalari o'rniga balandlik mintaqalarini ko'ramiz. V. V. Dokuchaev va uning shogirdlari bunday sayoz tushunchalardan xoli bo'lish kerakligini ta'kidlashgan edi. Ulardan hech biri zonalar chegarasi parallellarga to'ppa- to'g'ri mos keladi deb o'ylamagan. Dokuchaev tabiat bu matematika emas, Qonuniyat yoki Qonundangina iborat, deb ko'rsatgan edi. Do-ko'chaevning shogrdlaridan biri bulgan N.M.Sabirsev zonallik yer tuproqlarining organik, geologik, iqlimining omillari ta'sirida o'zgariishi mumkin deb ko'rsatgan. Tabiatda bir vaqtning o'zida ko'pgina qonunlar birgalikda amal qiladi. SHuning uchun ham zonallik qsnunini boshqa qonunlardan ajralgan deb qaramaslik va unng ma'lum sharoitlardagina yuzaga chikishini xisobga olmoq kerak. Zonallik kuruqlik va okeanlarda, tekislik va tog'larda turlicha namoyon bo'ladi. Faqat Er shari yuzasi relefini tashkil etgan jinslar xamma joyda bir xil bo'lganda (unga zonallikdan tashqari boshqa geografik qonuniyatlar ta'spr etmasa) geografik zonalar matematik to'g'ri shaklli polosalar holida bo'lar edi. Kenglik zonallikdagi turli xil nomuvofiqliklar zonallikning birdan-bir geografik qonuniyat emasligining xamda yer yuzasiniig tabiiy geografik bo'linnshidagi murakkablikni faqat zonallik qonuniyati bilan tushuntirib bo'lmasligini ko'rsatdi. Boshqacha aytganda, zonallik qonuni. doirasiga sig'maydigan hodisalar, bizga yer landshaftlarida zonallik qonunining umumiy axamiyatini inkor etishga asos bermaydi, aksincha, bizning geografik qonuniyatlarning boshqacha ko'rinishlarini va sabablarini axtarishga majbur etadi. Yer tektonik rivojlanishining eng muhim geografik oqibatlari er yuzasini quruqlik va okeanlarga bo'linishidan, materiklarda o'zining tektonik tuzilishi, jiislari tarkibi, makrorel'efi, balandligi va okeanlar ta'siriga yaqin-uzoq ekanligi jixatydan farq qiluvchi yirik strukturali morfologik territoriyalarining tarkib topishidan iborat bo'lgan. Geografik qobiqdagi azonallik, dastavval, yer po'stida ko'tarilib turgan materiklar ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
141.83 KB
Ko'rishlar soni
248 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
141.83 KB
Ko'rishlar soni
248 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:27 ]
Arxiv ichida: docx