Mintaqaviy iqtisodiyot fanining obyekti, predmeti, metodi va vazifalari Har qanday mamlakatning milliy iqtisodiyotini shakllanishida uni tashkil etuvchi mintaqalarining ahamiyati katta. Bozor munosabatlariga o'tish, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish, barqaror rivojlantirishga erishish ko'p jihatdan ana shu mintaqalarning, yani mamlakatning turli ichki qismlarining salohiyat va imkoniyatlariga, faolligiga bog'liq. Shu nuqtai nazardan hozirgi davrda ishlab chiqarishni to'g'ri hududiy tashkil qilish, viloyat va iqtisodiy rayonlarning yersuv, mineral xom ashyo, yoqilg'i va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga muhim etibor qaratilmoqda. Erkin va ochiq iqtisodiyot, uning turli qatlamlarini vujudga keltirish, sog'lom raqobat va investitsiya makonini shakllantirishdek dolzarb masalalarni hududlar xususiyatini hisobga olmasdan hal etib bo'lmaydi. Shuning uchun ham hozirgi davrda O'zbekiston Respublikasining rahbariyati mahalliy hokimiyat (viloyat, shahar, tuman hokimliklari) huquq va mas'uliyatlarini kengaytirishga urg'u bermoqda. Tabiiyki, bunday sharoitda hududlarni atroflicha o'rganish, ularning imkoniyat va muammolarini chuqur tahlil qilish, ustuvor yo'nalishlarni to'g'ri aniqlashga katta ehtiyoj tug'iladi. Mintaqaviy iqtisodiyot yuqoridagi masalalarning hududiy jihatlarini tadqiq etadi va aynan shu nuqtai nazardan u boshqa fanlardan farq qiladi. Uning predmetini qisqa tarzda quyidagicha ta'riflash mumkin: mintaqaviy iqtisodiyot ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, alohida olingan hududlar yoki hudud (region, rayon) ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishining omil va qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Umuman olganda, mintaqaviy iqtisodiyotning ta'rifi ko'p, ammo ular aksariyat hollarda birbiridan farq qilmaydi. Masalan, A.G.Granberg bu fanning predmeti sifatida, eng avvalo, mintaqalar iqtisodiyoti yoki alohida olingan mintaqaning boshqa mintaqalar (regionlar) bilan o'zaro aloqadorlikda o'rganishni ko'rsatadi. qizig'i shundaki, S.V.BershteynKogan ham XX asrning 20yillarida iqtisodiy geografiyani xuddi shunday ta'riflagan edi. A.G.Granberg (200 yil) kengroq manoda mintaqaviy iqtisodiyotni alohida mintaqa va mintaqalar iqtisodiy aloqalarini, ishlab chiqarish kuchlari va iqtisodiy hayotning mintaqaviy jihatlarini o'rganuvchi fan, deb hisoblaydi. V.F.Pavlenko bu fanning asosiy predmetini alohida mintaqalar iqtisodiyoti, ularning rivojlanish omillari, qonuniyatlari va muammolari bilan belgilaydi. M.V.Stepanov tahririda chiqqan «Mintaqaviy iqtisodiyot» darsligida bu fanga ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, mintaqalar rivojlanish xususiyatlari va qonuniyatlari hamda mintaqaviy rivojlanish omillarini o'rganadi, deb ta'rif berilgan. A.Ye.Probst mintaqaviy iqtisodiyot predmetini rayon ijtimoiy ishlab chiqarishining hududiy tashkil etilishi, hududiy ishlab chiqarish majmualarining shakllanish va rivojlanishini tadqiq qilinishida ko'radi. E.B.Alaev esa mintaqaviy iqtisodiyot ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, rayonlar rivojlanishining xususiyat va qonuniyatlarini o'rganishini uning asosiy predmeti sifatida ko'rsatadi. O'z mohiyatiga ko'ra mintaqaviy iqtisodiyot, umumiy iqtisodiyot va iqtisodiy geografiya fanlari qirrasida yoki ularning oralig'idan joy oladi. U iqtisodiy geografiya bilan birgalikda hudud xo'jaligini o'rganuvchi fanlar turkumini tashkil etadi. Albatta, mintaqaviy iqtisodiyot va iqtisodiy geografiya birbiriga o'xshash va yaqin; ikkisi uchun ham ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish umumiy tadqiqot obyekti hisoblanadi. Ammo, iqtisodiy geografiya kengroq va binobarin, umumiyroq, fundamental fan, mintaqaviy iqtisodiyot ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
54.09 KB
Ko'rishlar soni
358 marta
Ko'chirishlar soni
73 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
54.09 KB
Ko'rishlar soni
358 marta
Ko'chirishlar soni
73 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:49 ]
Arxiv ichida: docx