Neft (turkcha neft, fors, neft), qoramoy - suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning , asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2-2,0 km chuqurlikdagi yer osti gumbazlarining g'ovak yoki seryoriq tog' jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan. Chiqarilayotgan Neft, asosan, burg'ilangan quduklardan olinadi. Neft o 'ta muhim yonilg'i-energiya manbai bo'lib, benzin, kerosin yonilg'isi, mazut, moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi. Neft kora yoki qo'ng'ir, ba'zan och malla rangli bo'lib, o'ziga xos hidi bor. Zichligi 750-970 kgm3. Zichligi 20° da 850 kgm3 dan past bo'lgan N.lar yengil,851 -885 kgm3 - o'rtacha og'irlikdagi va 885 kgm3 dan yuqorilari og'ir N. hisoblanadi. Qaynash t-rasi 28° dan yukrri. Qotish t-rasi -60°dan -26° gacha, 50° dagi krvushokligi 1,2-55 mm2s, solishtirma issiqlik sig'imi 1,7-2,1 kJ(kg .K), yonish issikligi 43,7-46,2 MJkg ga teng . Chaqnash harorati 35- 120°.Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi, lekin suv bilan turg'un emulsiya hosil qilad. Neft juda kddimdan ishlatib kelingan. Yaqin sharqda joylashgan qad. davlatlarda aholi Neft va bitumdan foydalanganligi haqida ma'lumotlar saqlanib qolgan. Jumladan, tarixiy manbalarda Suriya va Iroqsan oqib utadigan Furot daryosining sohillarida mil.dan 4-6 ming yil avval, ikki dare oralig'iga joylashgan Shumer davlati (hoz. Iroq)da, Bobilda, Qad. Misrda yunon va rimliklar idishlar yasashda, haykallarni bezashda, saroy va yo'l qurilishlarida, jasadlarni balzamlash va mumiyolashda Neft ishlatganliklari qayd etilgan. Neft kuygan joyni, shish, revmatizm va teri kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Yunon tabibi Gippokrat N. bilan tayyorlangan dorilar tarkibini, italiyalik mash-hur sayyox. Marko Polo (1254-1324) Kavkazda yer moyi borligini, undan yonilg'i sifatida foydalanish va tuyalarni davolashda ishlatish mumkinligini yozib qoldirganlar. Kds. sharqda Neftdan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. Shuningdek, mil. av. 331 y. Neftdan Genuya (Italiya) ko'chalarini yori-tishda foydalanganliklari ma'lum. Neft chiqarish qadim zamonlardan ma'lum.Mil. av. Kissiyada Neft quduklardan chiqarilgan. Midiya, Bobil va Su-riyada Neft ochiq suv havzalari yuzidan yig'ib olingan. O'sha davrda yerni bur-g'ilamasdan yer yoki suv yuzasidagi, qudukdardagi tayyor Neftni yig'ib olganlar. 15-a.da Italiyada NefTli qumtosh va ohaktoshlarni qizdirib va siqib NEFT olingan. 1868 y.da Qo'qon xonligida ko'ldan ariqlarda oqib chiqadigan suv yuzasidan NEFT yig'ib olingan; buning uchun ariqlarga ostidan suv o'tadigan, yuzida esa NEFT yig'iladigan to'siq qilingan.17-a.da Bokuda quduqlardan NEFT chiqarilgan.Bunday quduqlarning chuq.27 m gacha bo'lib, devorlari toshlar yoki yog'ochlar bilan mustah-kamlangan. O'zbekistonda NEFT chiqarish 1876 yildan boshlangan.Farg'onaning Qamishboshi qishlog'ida tadbirkor D. P. Petrov tomonidan 19-asrning 80-yillari boshida 25 metrgacha burg'ilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg) gacha Neft chiqarilgan. 19-asrning 60-y.laridan Neft burg'i quduqlari orqali chiqarila boshladi. 1865 yilda AQSHda birinchi marta ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.66 KB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.66 KB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:50 ]
Arxiv ichida: docx