Mavzu:Okean suvining xususiyatlari Reja: Okean suvining sho'rligi. Okean suvining harorati. Okean oqimlari. Okean suvining sho'rligi.Dunyo okeani suvining asosiyxususiyati sho'rligidir. Agar suv tarkibidagi tuz miqdori 1 litr suvda 1 grammdan kam bo'lsa, chuchuk, ortiq bo'lsa, sho'r suvdeb ataladi. Shuning uchun 1 litr suvda erigan moddalar (gramm yoki promilledagi) miqdori suvning sho'rlikdarajasini bildiradi. Dunyo okeani suvining o'rtacha sho'rligi 35‰bo'lib, unda har xil moddalar: tuzlar, organik moddalar, erigan holatdagi metallar uchraydi. Ekvatorial zonaga (34 - 35‰) nisbatan tropik mintaqalarda suvning sho'rligi ancha yuqori (Tinch okeanda 36 - 37‰, Atlantika okeanida 37,9‰). Okeanning ochiq qismida suvning sho'rligi 33‰dan 37‰gacha, dengizlarda 2‰dan (Fin qo'ltig'i) 42‰ gacha (Qizil dengiz) o'zgaradi. Okean suvining harorati.Dunyo okeani suvlarining harorati geografik qonuniyat asosida o'zgarib boradi. Suv yuzasining o'rtacha yillik harorati 17,54 °C ga teng. Ochiq okeanda -2°C dan 29 °C gacha o'zgaradi. 5 - 10 °C shimoliy kengliklarda yuza suvining o'rtacha harorati 27 - 28 °C. Lekin tropiklarda bu harorat 25 - 27 °C ni tashkil etadi. Qutbiy o'lkalarda harorat -1 -2 °C gacha pasayadi.Dunyo okeanining suvi kenglik va uzunlik bo'yicha o'zgarishi bilan birga, chuqurlik tomon ham o'zgaradi. Okean tubida harorat 1 00 m dan chuqurda, o'rta hisobda 2 - 3 °C atrofida bo'ladi. Okean suvlari -2 °C da muzlaydi. Dunyo okeanining eng issiq suvi Fors qo'ltig'ida, eng sovug'i qutbiy doiralar ichkarisida kuzatiladi. Okean oqimlari.Dunyo okeanidagi suvning harakati oqimlar, qalqishlar va to'lqinlar kabi ko'rinishda namoyon bo'ladi. Katta hajmdagi okean suvlarining uzoq masofalarga yo'nalgan orizontal harakati okean oqimlari deb ataladi. Bir tomonga esadigan shamollar ta'sirida okean suvining 1 500 m gacha qalinlikdagi yuza qatlami harakatlanadi. Okean oqimlari haroratiga ko'ra iliq vasovuq oqimlargabo'-linadi. Qutblardan ekvator tomon tub sovuq oqimlar, ekvatordan qutblar tomon yuza iliq oqimlar harakatlanadi. Bu o'ziga xos sovitgich-isitgich mashinasini barpo etadi. Bunday jarayon okean - atmosfera, okean - aterik tizimida ham kuzatilib, materiklar tabiatining rang-barang bo'lishiga olib keladi. Dunyo okeanidagi Shimoliy va Janubiy passat oqimlari, Passatlararo qarshi oqim va G'arbiy shamollar oqimi (uzunligi 30 ming km) asosiy oqimlardir. Quyosh va Oyning tortish kuchi ta'sirida Dunyo okeani suvlarida qalqish hodisasi (sutka davomida ikki marta ko'tarilib, ikki marta pasayadi) bo'ladi. Ochiq okeanda suvning qalqish amplitudasi 1 - 2 m dan oshmaydi. Lekin materik qirg'oqlarida to'lqin balandligi ortadi. Shamol ta'sirida hosil bo'lgan to'lqinlar balandligi okeanlarda 4 m gacha, ayrim holatlarda 7,5 m, uzunligi 90 - 100 m (ba'zan 800 m) atrofida bo'ladi. Eng baland to'lqin (34 m) Tinch okeanning shimoliy qismida qayd qilingan. Tropik va mo'tadil kengliklarda dovullar tez-tez kuzatiladi. Dahshatli to'lqinlardan biri ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.21 KB
Ko'rishlar soni
242 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:58
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.21 KB
Ko'rishlar soni
242 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:58 ]
Arxiv ichida: docx