O'rmon sanoati, binokorlik sanoati REJA: 1. Umumiy ma'lumot. 2. O'rmon sanoati haqida. 4. Binokorlik sanoati. O'rmon sanoati quyidagi tarmoqlarni o'z ichiga oladi: daraxt kesish, yog'ochsozlik (taxta tilish, mebel, gugurt ishlab chiqarish va h.k.) sanoati, sellyuloza-qog'oz va o'rmon-kimyo sanoati. O'rmon sanoati korxonalari bir-biri bilan chambarchas bog'langan, ya'ni birining mahsuloti ikkinchisi uchun xom ashyo bo'lib xizmat qiladi. Yog'och tayyorlash korxonalari taxta tilish zavodlariga yog'och beradi, taxta esa mebel sanoati uchun xom ashyo bo'lib xizmat qiladi. Yog'och tayyorlash korxonalari chiqindilari (shox-shabba) va yog'ochsozlik chigitlari (qipiq, po'stloq, qirindi) o'rmon sanoatida spirt, moy va bo'yoklar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Shu sababli ham, o'rmon-kimyo kombinatlari ko'rish keng tarqalgan. O'rmon sanoatining bir-biriga yaqin joylashgan va xom ashyo, energiya, transportdan birgalikda foydalanishga hamda chiqindilarni to'lik qayta ishlashga asoslangan mustahkam ishlab chiqarish aloqalariga ega bo'lgan korxonalar o'rmon sanoati majmuasi deb ataladi. O'rmonlar vazifasiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: sanitariya o'rmonlari (shaharlar atrofida); tuproqni, dalalarni, suvni muhofaza qiluvchi o'rmonlar (daryolar, ko'llar, suv omborlari, kanallar bo'yida); qo'riqxona o'rmonlari. Bunday o'rmonlarda daraxtlarni sanoat maqsadlarida kesish man qilinadi. Shu sababli, o'rmon resurslariga xo'jalik jihatdan baho berganda o'rmon bilan qoplangan butun maydon hisobiga olinmaydi, balki o'rmonning sanoat uchun kesishga ruxsat etilgan maydoni hisobga olinadi. Bundan tashqari, hududni o'rmon bilan qoplanganlik darajasi (o'rmon bilan oplangan butun maydonning shu hududning butun maydoniga nisbati) degan iqtisodiy ko'rsatkichdan foydalaniladi. O'rmon sanoatining ayrim tarmoqlari xom ashyo manbalari yaqiniga, dengiz, daryo, temir yo'l bilan yaxshi ta'minlangan joylarga, ayrim tarmoqlari esa iste'molchiga yaqin hududlarda joylashtiriladi. Yog'och tayyorlash o'rmon sanoati ishlab chiqarishining 75 foizini tashkil qiladi. O'rmon sanoati ishlab chiqarishi bir-biri bilan bog'langan quyidagi bosqichlardan iborat: a) yog'och tayyorlash (daraxt kesish, uni transport magistrallariga olib chiqish, qayta ishlash markazlariga yetkazib berish). Bu tarmoq asosan xom ashyo manbalari yaqinida joylashtiriladi; b) yog'ochga mexanik ishlov berish: taxta tilish, fanera, gugurt, mebel, idish ishlab chiqarish. Taxta tilish sanoati ham xom ashyo manbalariga yaqinroq joylashtiriladi. Fanera asosan oq qayin va olxa daraxtidan tayyorlanadi, shu sababli fanera ishlab chiqarish korxonalari ko'proq aralash va keng bargli o'rmonlar tarqalgan joylarda. Hozir igna bargli daraxtlardan ham fanera ishlab chiqarilmoqda. Gugurt ishlab chiqarish sanoatida xom ashyo tok terakdan foydalaniladi. Shuning uchun gugurt korxonalari asosan shu daraxtlar tarqalgan joylarda quriladi. Mebel sanoati ko'prok iste'mol rayonlarida quriladi; v) yog'ochga kimyoviy ishlov berish (o'rmon-kimyo): sellyuloza, qog'oz, karton, skipidar, kanifol va boshqa narsalar ishlab chiqaradi. Sellyuloza-qog'oz sanoati qog'oz, karton, qog'oz qoplar tayyorlash uchun yarim fabrikalar bo'lib xizmat qiladigan yog'och massasi va sellyuloza ishlab chiqaradi. Sellyulozadan sun'iy tola, plastmassalar, kino plyonkalar ishlanadi. Qog'oz massasi mexanik usul bilan, ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.72 KB
Ko'rishlar soni
176 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.72 KB
Ko'rishlar soni
176 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:50 ]
Arxiv ichida: docx