O'zbekistoning foydali qazilmalari O'zbekistonda turli xil mineral resurslar tarqalgan. Bu yerda yonuvchi, rudali va rudasiz foydali qazilmalar ko'p. Ayniqsa oltin, volfram, mis, qo'rg'oshin, rux, tabiiy gaz va boshqalarning zahiralarining ko'pligi bo'yicha jahon mamlakatlarining orasida yetakchi o'rinlarda turadi. Respublika hududida qurilish materiallari (ayniqsa marmar), oyna qumi, sement keyingi yillarda ochilgan yirik fosforit konlari ham alohida ahamiyatga egadir. O'zbekiston ayniqsa oltin qazib chiqarish bo'yicha MDH davlari orasida, Rossiyadan keyin ikkinchi, jahonda esa 8 o'rinda turadi. Sifatliligi darajasi ham juda yuqori. Oltinning yirik konlari Muruntou, Ko'kpatas, Uchqg'uduq, ulardan tashqari Zarmiton, Marjonbuloq, CHodak, Qo'ytosh kabi konalardan iboratdir. Muruntou oltin koni asosida Qizilqumda yirik sanoat markazi va Zarafshon shahri qad ko'targan. Rangli metallar Toshkent viloyatida ko'plab topilgan. Rangli metallar qazib chiqarish asosida Olmaliq shahri rivojlangan. U Respublika iqtisodiyotida yetakchi rol o'ynaydi. Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida yirik gaz konglari tipilgan. Yirik konlardan Muborak, SHo'rtan, jarqoq va boshqalar shu yerda joylashgan. Ayniqsa sho'rtan gaz konining istiqboli porloqdir. Gaz faqat yoqilg'igina bo'lib qolmay balki kimyoviy xomashyohamdir. Qashqadaryo viloyai gaz zahiralari jahatidan Respublikada yetakchidir. Keyingi paytlarda Ustyurt platosi hududida ham yangi gaz konlari ochilgan. Respublika xo'jaligida ko'mir katta rrol o'ynaydi. Respublikada qazib olinadigan ko'mirning 95 % toshkent viloyatida (Angren ko'mir koni) mavjud. Bu yerda ko'mir ochiq usulda qazib olinadi. SHu sababli mahsulotning narhi ancha arzondir. Surhondaryo viloyatida sanoatda katta ahamiyatga ega bo'lgan toshko'mir konlari topilgan (SHargun, Boysun konlari), ular kokslanuvchi ko'mir turiga kiradi. O'zbekistonda ko'plab neft qazib chiqariladi. Dastlabki neft konlari Farg'ona vodiysida 1904 yilda topilgan (CHimyon koni). Keyinchalik bu yerda Polvontosh, So'x, Janubiy Olamushuk, Andijon va boshqa konlar ochildi. Mustaqillik yillarida esa (1992) Namangan viloyatida Mingbuloq neft koni topildi. Respublikada 1990 yilda 2 mln tonna neft qazib olingan bo'lsa, 1998 yilda esa 8 mln tonnadan oshib ketdi va O'zbekiston neft mustaqilligiga erishdi. Ayniqsa Buxoro neftni qayta ishlash zavodining qurilishi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Hozirda O'zbekistonda xilma-xil neft mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Foydali qazilmalar Respublika hududida ko'p yillik geologik tadqikotlar olib borilishi natijasida turli qimmatbaho qazilma boyliklari borligi, ularning miqdoriy jihati va sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan konlari aniqlandi. Bu xalq xo'jaligini muhim tarmoqlarini, ayniqsa gaz, oltin chiqarish, energetika, kimyo, rangli metallurgiya, ruda bo'lmagan xom ashyolar va qurilish materiallari sanoatlarini tez sur'atlar bilan rivojlantirish imkoniyatini berdi. Hozirgi davrga kelib aniqlangan qazilma boyliklar manbalari ishlab chiqarish korxonalarini uzoq muddat davomida oltin, mis, tabiiy gaz, qo'rg'oshin, rux, ko'mir va boshqa mahsulotlar bilan ta'minlabgina qolmay, hattoki ishlab chiqarishni ancha kengaytirish imkonini ham beradi. Shunday qilib, O'zbekiston hududida foydali qazilmalarning bir qancha turlari borligi aniqlandi. ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
169.11 KB
Ko'rishlar soni
350 marta
Ko'chirishlar soni
50 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:53
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
169.11 KB
Ko'rishlar soni
350 marta
Ko'chirishlar soni
50 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:53 ]
Arxiv ichida: docx