O'zbekiston Respublikasi sanoati va uning tarmoqlari. Yoqilg'i-energetika sanoati. Reja: O'zbekiston sanoatining rivojlanishi. Yoqilg'i-energetika majmui. Neft sanoati. Respublikada tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash. Ko'mir sanoati. Elektr energetika sanoati. O'zbekiston iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishi yetakchilik qiladi. U mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida muhim o'rin tutib, iqtisodiy rayonlar va viloyatlarning, ijtimoiy ishlab chiqarish, texnikaviy darajasini belgilab beradi. Mamlakat asosiy fondlarining 40, yalpi ichki mahsulotning 15, milliy daromadning 25 foizi sanoatga to'g'ri keladi. Iqtisodiyotda band bo'lgan mehnat resurslarining salkam 13 foizi (yoki 1,1 mln.dan ortiq kishi) sanoat tarmoqlarida ishlaydi. Mustaqillik yillarida Respublikada sanoatni ustivor rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Ichki va xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish, yangi korxonalar qurish, eskilarini qayta jihozlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, korxonalarda mulkchilik shakllarini o'zgartirish, resurslardan oqilona foydalanish va h.k. sanoatning barqaror rivojlanishini ta'minlamoqda. Respublikamizda 2001 yilda 1991 yilga nisbatan sanoat yalpi mahsuloti hajmi 114 %, Qirg'izistonda -68 %, Tojikistonda-38 foizni tashkil etdi. O'zbekistonda ayniqsa, gaz, neft, kimyo, mashnasozlik, rangli metallurgiya, yoqilg'i sanoati tarmoqlari jadal sur'atlar bilan o'sdi. Sanoat taraqqiyotini jadallashtirish valyuta-moliyaviy, xalq xo'jaligining tashqi bozorga qaramligini zaiflashtiradi. Sanoatning iste'mol buyumlari bilan o'zini-o'zi ta'minlashi esa xalq turmushi darajasini ko'tarishni kafolatlaydi. 9-jadval. Mamlakat sanoatida faoliyat ko'rsatayotgan xo'jalik yurituvchi subyektlar tarkibi (2002 yil, foizda). Islohotlarni chuqurlashtirish, xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturiga muvofiq 1912 obyektlar mulkchilikning yangi shakllariga aylantirildi, juda ko'p qo'shma korxonalar qurildi. 200-2002 yillar o'rtasida sanoat tarmoqlarida hisobga olingan kichik va mikrofirmalar soni 194,4 mingdan 231,9 mingga yetdi. 10-jadval. Respublika sanoat tarmoqlarida asosiy mahsulot ishlab chiqarish nisbatining o'zgarishi (foizda) Mustaqillik yillarida sanoatning yangi, yuqori texnologiyaga ega bo'lgan tarmoqlari (avtomobilsozlik, radiotexnika, malakali kadrtalab, mashinasozlik va h.k.) vujudga keldi. Hozirgi vaqtda Respublika sanoat tarkibida 100 dan ortiq tarmoq va tarmoqchalar mavjud bo'lib, ular bir necha majmualarni tashkil etadi. Umuman, Respublika sanoat tarmoqlarining hozirgi tarkibida eng katta ulushni yoqilg'i-energetika majmui (24,1 %) egallaydi (10-jadval). Undan keyin yengil sanoat 19,4, metallurgiya - 17,9, mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati 12,0 foizga teng. O'zbekiston O'rta Osiyoda samolyotlar, avtomobillar, paxta terish, ip yigiruv, to'quv mashinalari, traktorlar, ekskovatorlar, yuk ko'taruvchi kranlar, liftlar, qorametall, prokat kabi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yagona mamlakatdir. 2 -chizma. AO'zbekiston Respublikasi sanoatining marmoqlar tuzilishi. Yoqilg'i-energetika majmui. Mamlakat yoqilg'i-energetika majmuiga-gaz, neft, ko'mir va energetika sanoatlari kiradi. Bu sanoat majmuining mamlakat sanoat ishlab chiqarishdagi hissasi 24,1 foizga teng. O'zbekistonning g'arbiy va janubiy hududlarida topilgan neft, gaz va ko'mir konlarining katta zahiralariga tayanib yildan-yilga mazkur sanoat tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko'mir zahiralari esa 2 milliard tonnadan ortiq. Respublikamiz neft zahiralariga ham ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
65.29 KB
Ko'rishlar soni
223 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:54
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
65.29 KB
Ko'rishlar soni
223 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:54 ]
Arxiv ichida: docx