O'zbekiston Respublikasi tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari

O'zbekiston Respublikasi tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston Respublikasi tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasining tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari Jamiyat va tabiat orasidagi o'zaro aloqalar bilan bog'liq bo'lgan muammo­masalalar ustida qator fan vakillari tadqiqotlar olib boradilar. Ammo bu borada geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot fanlari alohida o'rin tutadi. Chunki tadqiqot obyekti tabiat, aholi, xo'jalik bo'lib kelgan va hududlarning ijtimoiy­iqtisodiy taraqqiyoti, ularning kelajagi to'g'risida ish olib borish ushbu hududiy fanlar uchun nihoyatda muhimdir. Jumladan, geografiya fanining alohida sohasi va mintaqaviy iqtisodiyot bilan bevosita bog'liq bo'lgan iqtisodiy geografiya tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning xo'jalikning ixtisoslashuvi, tarkibiy tuzilishi, joylanish xususiyatlarini o'rganadi. Tabiiy resurslar haqida so'z borganda eng avvalo bir masalani yaxshi tushunib olish lozim. Malumki, tabiiy resurslar tugallanib qoladigan va tugallanmaydigan resurslarga bo'linadi. Tugab qoladigan resurslar qatoriga masalan, yer osti va yer usti boyliklari kiradi. Shuning uchun ulardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish lozim bo'ladi. Tugallanmaydigan tabiiy resurslarga asosan quyosh energiyasi, shamol, okean va dengiz suvlari tufayli olinadigan energiya kiradi. O'z navbatida, tugallanib qoladigan tabiiy resurslar ikki qismga-tiklanishi mumkin bo'ladigan va qayta tiklanmaydigan resurslarga bo'linadi. Tiklanadigan tabiiy resurslar qatoriga o'rmon, suv, tuproq kiradi va ularning ayrimlarining qayta tiklanishi uchun uzoq vaqt kerak bo'ladi. Ishlab chiqarish o'sib borgan sari tabiiy resurslarning deyarli barcha xillaridan foydalanish darajasi ham orta boradi. Tabiiy resurslar borasida gap borganda tabiiy boyliklar mamlakat milliy boyligi tarkibiga kiradimi yoki yo'qmi?-degan savol tug'iladi. Albatta, ushbu savolga rad javobini berish maqulroq. Chunki milliy boylik tarkibiga inson mehnati natijalari: ishlab chiqarish fondlari, shaxsiy mulk, mablag'lar kiradi. Shu bilan birga tabiiy resurslar milliy boylik vujudga keltirishda ishtirok etadigan ijtimoiy mehnatga kiradigan sarf­xarajatlarga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Shuni aniq aytish mumkinki, ijtimoiy ishlab chiqarishda tabiiy boyliklar muhim omillardan biri bo'lib hisoblanadi. Tabiiy sharoit va tabiiy boyliklar jamiyat yoki biron­bir alohida olingan mamlakat hayotiga bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ular ayrim xo'jalik tarmoqlarini rivojini tezlatish va aksincha sekinlashtirishga ham olib keladi. Bu jihatdan mustaqil mamlakatimiz o'ziga xos va qulay afzalliklarga ega. O'zbekiston Osiyo qitasida, geografik o'rni jihatidan hududning ikki yirik daryosi bo'lmish Amudaryo va Sirdaryo oralig'ida joylashgan. Ustyurt platosining shimoli­sharqiy qismi, Orol dengizining g'arbiy chekkasi O'zbekistonning eng shimoliy nuqtasi (45036 shimoliy kenglik), Termiz shahri esa (370 11 shimoliy kenglik) janubiy nuqtasi bo'lib hisoblanadi. arbiy nuqtasi Ustyurt platosining 560 sharqiy uzoqligida, sharqiy nuqtasi Farg'ona vodiysining qirg'iziston bilan chegaradosh qismida (73010 sharqiy uzoqlik) joylashgan. Tabiiy-geografik sharoiti nuqtai nazardan oladigan bo'lsak, O'zbekiston qator qulayliklarga ega bo'lgan mintaqalardan hisoblanadi. Respublika maydoni 448,9 ming km2 ga teng bo'lib, u g'arbdan sharqqa 1425 km ga, shimoldan janubga esa 930 km ga cho'zilgan. O'zbekiston o'z maydoniga ko'ra ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 62.5 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:54 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 62.5 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga