O'zbekiston Respublikasi transport geografiyasi. Reja: Transportning Respublika iqtisodiyotidagi ahamiyati. Temir yo'l transporti. Avtomobil transporti. Havo transporti. O'zbekiston transportining boshqa turlariga ta'rif. Har qanday hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va aholining hayot darajasini ko'tarishda transportning o'rni va mohiyati beqiyosdir. Transport moddiy ishlab chiqarishning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Uning rivojlanish darajasi mamlakat iqtisodiyotiga, unda ishlab chiqarish kuchlarining joylashish va rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Transport avvalo, ishlab chiqarish infratuzilmasi bo'lib, uning ishlab chiqarish xarajatlari va tovar narxiga ta'siri yuqoridir. Tarmoqning rivojlanishi tabiiy resurslarni o'zlashtirish, sanoat va agrar soha integratsiyasi chuqurlashishi hamda milliy xo'jalikning jahon bozoriga qo'shilishining shart-sharoitlarini yaxshilaydi. Transportning texnikaviy, savdo-sotiq va madaniy aloqalarda ham ahamiyati katta. Transport mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida muhim shart-sharoit va omillardan biri hisoblanadi. Bu sohada (aloqa bilan birga) YAIMning 9,8 foizi yaratilmoqda, iqtisodiyotda band bo'lganlarning 1,5 foizi mehnat qilmoqda. Transport sohasining iqtisodiy ko'rsatkichlari keyingi yillarda birmuncha turg'un xarakterda bo'lib, bu sohadagi investitsion faollikning pasayishi, tarkibiy siljishlarning sekinlashishi, xususiylashtirish va tadbirkorlikning rivojlanish darajasi hamda umuman iqtisodiy o'sish sur'atlari va xorijiy investitsiyalarning jalb etilish darajasini pastligi bilan izohlanadi. Mamlakat transport tarmog'i temir yo'l, avtomobil, havo, quvurlar va daryo suv yo'llaridan iborat. Transportning barcha turlari yordamida Respublikada har yili xalq xo'jaligi uchun zarur bo'ladigan turli-tuman yuklar va yo'lovchilar tashiladi. O'zbekistonda yiliga barcha transport turlari vositasida 715 mln tonnadan oshiq yuk va 3480 mln yo'lovchi tashilmoqda (2004 y). Temir yo'l transporti. O'zbekistonda mavjud bo'lgan transport turlari orasida yetakchi va muhim o'rinni temir yo'llar egallaydi. Mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarida, ayniqsa eksport va import munosabatlarida ushbu transport turining ahamiyati beqiyosdir. Temir yo'l transportining boshqa transport turlariga nisbatan yana bir afzalligi shundan iboratki, bi transport atrof-muhitga kam zarar yetkazadi, uning yuk va yo'lovchilar tashish qobiliyati juda yuqori bo'lib, ob-havo injiqliklari bilan bog'liq emas va muntazam ravishda harakatda bo'ladi. Bu bilan u avtomobil va ayniqsa havo transportidan katta farq qiladi. Respublika temir yo'l tizimida 2005 yilda 15134,1 ming yo'lovchi va 45,8 mln t turli xil yuklar tashilgan. 23-jadval. Transport turlari bo'yicha yuk tashish hajmi tarkibi va dinamikasi. O'zbekistonda temir yo'llarni qurish o'zining ma'lum tarixiga ega. Mamlakat hududida birinchi temir yo'l izlari 188 yilda Farob stantsiyasidan Samarqandgacha qurilgan bo'lib u Zakaspiy (Turkmanboshi-Chorjo'y) temir yo'lining davomi edi. Uning qurilishi keyinchalik davom ettirilib 1899 yili Andijon va shahrigacha yetkazildi. 1906 yilda Toshkent-Orenburg temir yo'li qurildi. O'rta Osiyo jumladan, O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida o'tgan asrning 30-yillarda qurilgan uzunligi dan ziyod bo'lgan Turksib (Turkiston-Sibir) temir yo'lining ishga tushishi o'z davrida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Angren ko'mir havzasiga va Chirchiq elektrokimyo kombinatiga ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
64.58 KB
Ko'rishlar soni
220 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:54
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
64.58 KB
Ko'rishlar soni
220 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:54 ]
Arxiv ichida: docx