O'zbekiston Respublikasining tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari. Reja: O'zbekiston Respublikasi tabiiy sharoitining o'ziga xos xususiyatlari. Agroiqlim resurslari. Mamlakatimizning suv resurslari va yer fondi. Respublikaning o'simlik va havvonot olami. Mineral resurslar va ulardan Milliy iqtisodiyotda foydalanish. Ijtimoiy ishlab chiqarishda tabiiy resurslar muhim omillardan biri bo'lib hisoblanadi. Tabiiy sharoit va tabiiy boyliklar jamiyat yoki biron-bir alohida olingan mamlakat hayotiga bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ular ayrim xo'jalik tarmoqlari rivojini tezlatish va aksincha sekinlashtirishga ham olib keladi. Bu jihatdan mustaqil mamlakatimiz o'ziga xos va qulay afzalliklarga ega. O'zbekistonning relyefi bir xil bo'lmay, uning g'arbiy va janubi-g'arbiy qismlari asosan tekisliklardan iborat. Tekisliklar mamlakat hududining qariyb uchdan ikki qismini egallab ularga Ustyurt platosining bir qismi, Quyi Amudaryo, Qizilqum qumliklari kiradi. Tog'liklar Respublikaning sharqiy hamda janubi- sharqiy qismlarini egallagan. O'zbekistonning Tyanshan va Hisor-Oloy tog' tizmalari tarkibiga kiruvchi-Ugom, Pskom, Chotqol, Turkiston, Zarafshon tog'lari shimoli-g'arb va janubi-g'arb tomon asta-sekin pasaya boradi va tekisliklarga qo'shilib ketadi. Agroiqlim resurslari. Respublika tabiatining o'ziga xos xususiyati-uning serquyoshligidir. Mamlakatimizni Serquyosh O'zbekiston deb atashlarining ramziy ma'nosi bor. Negaki, mamlakatimizda quyosh yil davomida ufqdan balandda bo'lib nur sochadi. Quyosh iyun oyida ufqdan Toshkentda 72°, Termizda 76° gacha ko'tariladi. Yozda kunduz kuni 15 soat davom etadi. Atmosfera yog'in-sochinlarini keltiradigan dengiz va okean oqimlaridan juda uzoqda bo'lgan bu o'lkada bulutli kunlar tabiiy ravishda kam bo'ladi. Binobarin, uning barcha hududiga quyosh uzoq vaqtgacha nur sochib turadi. Ziroatchilik qilinadigan barcha vodiy va vohalarda, ko'p yillik meteorologik kuzatishlarga qaraganda, quyosh yog'dusi davomiyligi yil davomida o'rtacha 2500-300 soat (Farg'ona vodiysi va Qashqadaryoning tog'li hududlarida 2600 soat, Toshkentda 2890 soat, Termizda 3100 soat)gacha boradi. Yoz oylarida mamlakatimiz hududi quyosh nuridan nihoyat ko'p energiya qabul qiladi. O'rtacha bir yilda uning har bir sm² yer yuzasiga 100-120 ming kaloriya quyosh nuri tushadi. Quyoshdan kelayotgan issiqlikning 70-80 foizi tuproq va yer yuzasi havosining isishiga sarf bo'ladi. Eng sovuq oy-yanvarning o'rtacha havo harorati Shimoli-g'arbiy O'zbekiston (Urganch va Nukus)da-4,8ºS va-6,4ºS; Shimoli-sharqiy O'zbekiston (Toshkent va Guliston)da-0,9ºS va-2,0ºS; Sharqiy O'zbekiston (Farg'ona va Andijon)da-3,5ºS va-3,0ºS; Markaziy O'zbekiston (Qorako'l va Samarqand)da -0,2ºS va -0,3ºS va Janubiy O'zbekiston (G'uzor va Denov)da -2,3ºS va-2,4ºS darajaga teng. Iyul oyining o'rtacha havo harorati Urganch va Nukusda 27,5ºS va 27,1ºS; Toshkent va Gulistonda 26,9ºS va 26,8ºS; Farg'ona va Andijonda 26,8ºS va 27,3ºS; Qorako'l va Samarqandda 29,1ºS va 26,0ºS; G'uzor va Denovda 29,9ºS va 28,2ºS darajaga teng. Biroq, havo haroratidagi bu ko'rsatkichlar asosan mamlakatning tekislik mintaqasiga xos bo'lib, u tog'lik va baland tog'li hududlarda birmuncha farq qiladi. Issiqlik resurslari turli xil ziroatchilikni joylashtirish, ulardan yuqori hosil ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.01 KB
Ko'rishlar soni
263 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:54
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.01 KB
Ko'rishlar soni
263 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:54 ]
Arxiv ichida: docx