O'zbekistonning geografik o'rni, chegaralari va ma'muriy-hududiy bo'linishi

O'zbekistonning geografik o'rni, chegaralari va ma'muriy-hududiy bo'linishi

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekistonning geografik o'rni, chegaralari va ma'muriy-hududiy bo'linishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning geografik o'rni va chegaralari. Ma'muriy-hududiy bo'linishi. Reja: O'zbekiston Respublikasining geografik o'rni va chegaralari. O'zbekiston Respublikasining tashkil topishi Mamlakatimizning ma'muriy-hududiy bo'linishi. O'zbekiston Yevrosiyo materigining markazida, geografik o'rni jihatidan hududning ikki yirik daryosi bo'lmish Amudaryo va Sirdaryo oralig'ida joylashgan. Mamlakatimizning shimoliy chekka nuqtasi Ustyurt platosining shimoli-sharqiy qismida, (45°36' shim. kenglik), janubiy chekka nuqtasi Termiz shahrining janubida (37°11' shim. kenglik) joylashgan. g'arbiy nuqtasi Ustyurt platosining 56°00' sharqiy uzoqligida, sharqiy nuqtasi Farg'ona vodiysining Qirg'iziston bilan chegaradosh qismida (73°10' sharqiy uzoqlik) joylashgan. Tabiiy-geografik sharoiti nuqtai-nazaridan oladigan bo'lsak, O'zbekiston qator qulayliklarga ega bo'lgan mintaqalardan hisoblanadi. Respublika maydoni 448,9 ming kv. km. bo'lib u g'arbdan sharqqa , shimoldan janubga masofaga cho'zilgan. O'zbekiston o'z maydoniga ko'ra Yevropaning Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Shveytsariya, Avstriya kabi mamlakatlar maydonini qo'shib hisoblaganda ham ulardan kattalik qiladi. Biz O'zbekistonning geografik o'rni haqida gapirishdan oldin, iqtisodiy geografik o'rin (IGO') nima ekanligini bilib olishimiz kerak. Iqtisodiy geografik o'rin-iqtisodiy geografiya fanining asosiy tushunchalaridan biri (uning «kalitidir») bo'lib, uni yaxshi tahlil qila olish o'rganilayotgan obyektning nima uchun xuddi shu yerda joylashganligi, hozirgi holatiga qanday erishganligi hamda uning kelajagi to'g'risida mukammal va to'la ma'lumot beradi. Bu tushuncha uchun eng avvalo obyekt qayerda joylashganligi, (o'rni), uning boshqa qo'shni obyektlar bilan qanday munosabatda ekanligi muhim ahamiyatga ega. Shu naqtai nazardan iqtisodiy geografik o'rin iqtisodiy geografik bilimning o'ziga xos usulidir. Iqtisodiy geografik o'rin tushunchasini mukammal ravishda N.N.Baranskiy ishlab chiqdi va fanga kiritdi. Keyinchalik bu nazariya I.M.Mayergoyz, Yu.G.Saushkin, G.M.Lappo, T.I.Raimov va boshqa olimlar tomonidan har tomonlama rivojlantirildi. Xo'sh iqtisodiy geografik o'rin tushunchasi nima? Iqtisodiy geografik o'rin - o'rganilayotgan obyekt (korxona, shahar, viloyat yoki mamlakat) ning o'z atrofida, undan tashqarida joylashgan geografik obyektlarga (tog', daryo, dengiz, chegara, konlar, yo'l va h.k.) nisbatan tutgan o'rnini va bu obyektlarni uning rivojlanishiga iqtisodiy jihatdan ta'sir ko'rsatishi demakdir. Endi Respublikamizning iqtisodiy geografik o'rniga to'xtalsak. Har qanday hududiy birlikning iqtisodiy geografik o'rni, xususiyatlari avvalo uning qayerda joylashganligiga bog'liq. Ma'lumki, O'zbekiston Yevrosiyo materigining deyarli qoq markazida, dunyo okeanidan ancha ichkarida joylashgan. Shu sababdan O'zbekiston dengizga tutash mamlakatlarga xos barcha qulayliklardan mahrumdir. O'zbekistonning iqtisodiy geografik o'rniga to'g'ri baho berish Respublikaning hozirgi mustaqil rivojlanish pallasida alohida ahamiyat kasb etadi. Shunga ko'ra O'zbekistonning iqtisodiy geografik o'rni xususiyatlarini uch jihatdan ko'rib chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi. O'zbekiston hududining mikrogeografik o'rni-uning Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan tutgan o'rnidir. O'zbekiston qadim Turon zaminida hamisha salohiyati katta davlat bo'lgan. Bu, ko'p jihatdan uning geografik o'rni (markazligi) bilan bog'liq. Yaqin o'tmish (ya'ni sho'rolar hukmronligi yillari)da ham O'rta Osiyodagi Respublikalar bir-birlari bilan ijtimoiy taraqqiyotning ko'p sohalarida bog'langan edilar. Birgina ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.89 KB
Ko'rishlar soni 290 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.89 KB
Ko'rishlar soni 290 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga