О'zbekistonning geosiyosiy о'rni va kelajagi R E J A : 1. О'zbekistonning jahonda tutgan geosiyosiy о'rni 2.О'zbekistonda foydali qazilma konlari, ulardan oqilona foydalanish masalalari 3. Hozirgi zamon geosiyosiy muammolari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar О'zbekiston Respublikasi О'rta Osiyoning markazida joylashgan bо'lib, hududi shimoli g'arbda Orol dengizi va Ustyurt platosidan janubda Afg'oniston bilan Amudaryogacha, sharq va janubi sharq tomonlarda Tyanshan va Hisor - Oloy tog'larigacha chо'zilgan. Hududining eng muhim jihatlaridan biri shundaki bu yerda qorli chо'qqilar, baland tog' muzliklarai, katta vodiylar, keng vohalar bilan birga bepoyon chо'l va qir-adirlar mavjud. О'zbekiston maydoni 448,9 ming kv.km.shuning tо'rtdan uch qismini tekisliklar va platolar, qolgan tо'rtdan bir qismini tog'oldi hududlari va tog'lar tashkil etadi. Hududning katta qismida mо'tadil iqlim faqat chekka janubida subtropik iqlim hukmron. О'zbekistonning makrogeografik о'rni noqulay. U Dunyo okeanidan ancha uzoqda, materik ichkarisida joylashgan. Dunyo okeaniga chiqish uchun shimol tomonda Qozog'iston va Rossiya (Navorossiysk, Naxodka), Latviya (Klaypeda) portlari, janubi g'arbdan Fors kо'rfazidagi (Abadan) portga Turkmaniston va Eron hududlari orqali avtomobil va temir yо'llarda borish mumkin. Undan tashqari Qirg'iziston va Xitoy hududlari orqali (Toshkent - Andijon - О'sh - Ergashtom - Qashqar - Tinch okean) Tinch okeanga, Afg'oniston va Pokiston hududlari orqali Hind okeaniga chiqish imkoniyatiga ega. Ammo oxirgi yо'nalish tо'g'risida Afg'onistondagi siyosiy vaziyat yanada yaxshilangandan keyingina sо'z yuritish mumkin. О'zbekistonning mezogeografik о'rni ham makrogeografik о'rniga о'xshab ketadi. Shu bilan birga mamlakatning mikrogeografik (ya'ni О'rta Osiyo mintaqasidagi) о'rni qulay deb baholanadi. О'zbekiston О'rta Osiyo mamlakatlari о'rtasida joylashgan, shuning uchun uning hududi boshqa mamlakatlar uchun kо'prik vazifasini bajaradi. О'zbekistonda foydali qazilma konlari ulardan oqilona foydalanish masalalari. Hozirgi dunyoda hech qaysi mamlakat, shu jumladan О'zbekiston Respublikasi ham, boshqalardan ajralgan hudud emas. Bu mamlakatlar jahon xо'jalik aloqalarining muayyan jо'g'rofiy va siyosiy tizimlar tarkibiga kiradi. Amudaryo bilan Sirdaryo oralig'ida joylashgan О'zbekiston xalqaro aloqalarni yо'lga qо'yish nuqtai nazaridan va о'z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay jо'g'rofiy-strategik mavqega ega. Qadim zamonlarda sharq bilan g'arbni bog'lab turgan Buyuk Ipak yо'li О'zbekiston hududi orqali о'tgan. Bu yerda savdo yо'llari tutashgan tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlarning bir-birini boyitish jarayoni jadal kechgan. Bugungi kunda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo - Tinch okeani mintaqasiga olib boradigan yо'llar shu yerda kesishadi. О'zbekiston zaminida mavjud bо'lgan boyliklarga ega davlatlar jahon xaritasida kо'p emas. Bu boyliklarning kо'pchiligi hali ishga solinmagan. Bu esa butun dunyoga mashhur chet el kompaniyalari va banklarining e'tiborini jalb etishi aniq. О'zbekiston о'z yer osti boyliklaari bilan haqli suratda faxrlanadi - bu yerda mashhur Mendelyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2700 dan ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.48 KB
Ko'rishlar soni
239 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:56
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.48 KB
Ko'rishlar soni
239 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:56 ]
Arxiv ichida: docx