Afrika Reja: 1 Shimoliy Afrika 2 G'arbiy Afrika 3 Geologik tuzilishi va relyefi 4 Foydali qazilmalari 5 Iqlimi 6 Suvlari Shimoliy Afrika Jazoir Misr Liviya Marokash Sudan Tunisiya G'arbiy Sahara (Morokash) G'arbiy Afrika Benin Burkina Faso Cape Verde Fil Suyagi Gambia Gana Guinea Guinea-Bissau Liberia Mali Mauritania Niger Nigeria Senegal Sierra Leone Togo Afrika mintaqalari: Shimoliy Afrika G'arbiy Afrika Markaziy Afrika Sharqiy Afrika Janubiy Afrika Afrikaning jismoniy xaritasi Afrikaning siyosiy xaritasi Geologik tuzilishi va relyefi Kattaligi jihatidan Osiyodan keyin 2-o'rinda. Mayd. 29,6 mln. km², orollari bilan 30,3 mln. km². Aholisi 720 mln. kishi (1995). Deyarli o'rta qismidan ekvator chizig'i o'tgan. Shim.dan jan.ga tomon qariyb 8 ming km ga cho'zilgan. Shim. qismining eni 7500 km (Almadi burnidan Xafun burnigacha). Jan. qismining eni 3100 km. Shim.da O'rta dengiz, g'arbda Atlantika okeani, sharqda Hind okeani va Qizil dengiz bilan o'ralgan. 120 km li Suvaysh bo'yni orqali Osiyo bilan tutashgan. Yevropadan Afrikani Gibraltar bo'g'ozi ajratib turadi (eng tor joyi 13 km). Afrikaga bir necha orollar kiradi: sharqda Madagaskar, Zanjibar, Sokotra, Mafiya, Pemba, Komor, Maskaren, Amirant va Seyshel o.lari; g'arbda Madeyra, Kanar, Yashil Burun o.lari; Gvineya qo'ltig'ida Pagalu, San-Tome, Prinsipi, Bioko va uzoqrokdagi Vozneseniye, Santa-Yelena, Tristanda-Kunya olari va b. Qirg'oqlari uzilmali, kam parchalangan, ko'pincha tog'lardan iborat. Kdog'oq yaqinida pasttekisliklar bor. Qo'ltiqlari keng va ochiq, eng yiriklari - Gvineya va Sidra (Katta Sirt). Qulay buxtalari kam. Eng yirik yarim oroli - Somali. Afrikaning ko'proq qismi kembriydan oldin burmalangan platformadan iborat bo'lib, ustini paleozoy, mezozoy va uchlamchi hamda to'rtlamchi davr jinslari qoplab yotadi. Qadimgi kristall jinsli zamin Markaziy Sahroi Kabir, Syerra-Leone, Sharqiy Sudan balandliklarida (anteklizalar), Kongo botig'i atroflarida va ayniqsa, Sharqiy hamda Jan. Afrikada yer yuzasiga chiqib yotadi. Platformaning shim. qismida (Sahroi Kabir, Sudan) zamin juda chuqur joylashgan (Sahroi Kabir - Arabiston platosi), jan. qismida keng maydonlarda esa yer yuzasiga chiqib qolgan (Jan. Afrika qalqoni). Jan. va shim.-g'arbda kembriydan oldingi platformaga zamini burmalangan plat-forma tuzilmalarining ayrim qismilari kelib qo'shilgan. Bu tuzilmalar Kap tog'larida va Atlas tog'larining ichki rayonlarida yer yuzasiga chiqib qolgan. Alp burmalanishi davrida Afrikada Atlas tog'larining shim. sohil bo'yi tizmalarigina ko'tarilgan. Kristall jinslardan iborat qadimgi peneplenlarning keng tarqalishi va cho'kindi jins qoplamalarining kam burmalanganli-gi natijasida materik relyefi yassidir. Afrikada plato va tog'liklar ko'p. Ularni tektonik yoriqlar bo'lib-bo'lib yuborgan. Qirlar hamda platolar ustida qoldiq cho'qqilar va vulkan tog'lari ko'tarilib turadi. Afrikaning eng baland nuqtasi - Kilimanjaro tog'idagi Kibo cho'qqisi (5895 m). Afrika ko'p qismining dengiz sathidan bal. 100 m dan oshmaydi. Olimlar Afrika quyi paleozoy burmalanishi ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.45 KB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.45 KB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:23 ]
Arxiv ichida: docx