Sharqiy Osiyo Sharqiy Osiyo Yevrosiyoning Tinch okean bo'yida joylashgan qismi bo'lib, shimolda Sovet Uzoq Sharqidan boshlanib, janubda Janubiy Xitoy bilan tugaydi. Sharqiy Osiyoga yana Saxalin, Kuril, Yaponiya, Tayvan, Xaynan orollari ham kiradi. Sharqiy Osiyo struktura-geomorfologik birlikka ega emas. Uning materik qismi qadimgi quruqlikdan iborat bo'lib, unda o'rgacha balandlikdagi burmali palaxsali tog'lar ham, akkumulyativ tekisliklar ham bor. Orollar va ularni o'rab turgan lengizlar Tinch okean geosinklinali tarkibiga kirib, ularga kuchli seysmiklik va vulkanizm xosdir. Sharqiy Osiyoning iqlimi bilan organik dunyosi xususiyatlari tabiiy bir butunlikni hosil qiladi. Sharqiy Osiyo iqlimi asosan musson tsirkulyatsiyasi ta'sirida tarkib topadi. Musson shamollari tufayli sernam iliq fasl bilan quruq sovuq fasl o'rtasida keskin tafovut vujudga keladi. Sharqiy Osiyo mo'tadil va subtropik mintaqalarda joylashgan, janubda esa hatto tropik mintaqaga kirib boradi va o'lka doirasida temperatura sharoiti shimoldan janubga tomon o'zgaradi, lekin musson iqlimining asosiy xususiyatlari butun territoriyada saqlanib Tsoladi. Sharqiy Osiyoning ko'zga eng yaxshi tashlanadigan xususiyati bo'lgan musson iqlimi o'lka tabiatining deyarli hamma tomoniga, shuningdek, aholining hayoti va xo'jalik faoliyatiga ta'sir ko'rsatgan. O'lka tabiatining ikkinchi xususiyati tropik va qutbiy frontlar bo'ylab vujudga keladigan kuchli siklon harakatlaridir, bular tayfunlar deb ataladigan haloqatli dovullar hosil qiladi. Sharqiy Osiyo iqlimida kaynozoy erasi davomida muhimroq va keskin o'zgarish ro'y bermagan. Shu sababli organik dunyoning tarkib topish sharoitida o'zgarish bo'lmagan. Shuning uchun ham Sharqiy Osiyo florasi va faunasi uchun juda qadauiylik, turlarga boylik, mo'tadil va subtropik hamda hatto tropik turlarning butun territoriyada aralashib ketganligi xosdir. Sharqiy Osiyo Yevrosiyoning aholi juda qadimda kelib o'rnashgan va zich yashaydigan o'lkalari qatoriga kiradi; buning sababi tabiatning inson tomonidan juda o'zgartirib yuborilganligi va antropogen landshaftlarning keng tarqalganligidir. Sharqiy Osiyo tabiatining eng muhim elementi Tinch okeaniing materik bilan sharqiy Osiyo marjon orollari oraligida joylashgan dengizlaridir. Bu dengizlarning chuqur botiqlari Tinch okeaniing yoy shaklida qator cho'zilib ketgan orollari va okean novlari bilan Tinch okean tektonik mintaqasiga kiradi va neogen bilan antropogen chegarasida ancha cho'kkan. Chekkadagi dengizlarning bir qismi materik sayozligida joylashgan. Materik sayozligi 20 va 40° shimoliy kengliklar oralig'ida engkengaygan bo'lib, butun Sariq dengizni va Sharqiy Xitoy dengizining katta qismini o'z ichiga oladi. Yer kurrasidagi eng katta materik bilan eng katta okean oraligida joylashgan Sharqiy Osiyo dengizlari musson tsirkulyatsiyasi ta'sirida bo'ladi, bu dengizlar rejimi ko'p jihatdan ana shu musson shamollariga .bog'liq. Ikkinchi tomondan, bu dengizlar materikka ancha kirib borib uning tabiatiga katta ta'sir ko'rsatadi hamda aholi hayotida juda katta rol o'ynaydi. Yapon dengizi ancha chuqur tektonik botiqda joylashgan. Bu dengizda materik sayozligi deyarli yo'q desa bo'ladi, ko'pchilik qismining chuqurligi dan ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.56 KB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.56 KB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:09 ]
Arxiv ichida: docx