Shimoliy Afrika

Shimoliy Afrika

O'quvchilarga / Geografiya
Shimoliy Afrika - rasmi

Material tavsifi

Shimoliy Afrika Shimoliy Afrikaning deyarli hammasi Sahroi Kabir plitasi ustidadir. Relefida platolar va yassi tog'liklar asosiy o'rin tutadi. Erozion shakllar taraqqiy etgan. Bu shakllar hozirgi iqlim sharoitiga to'g'ri kelmaydi va oldingi plyuviallar davrida paydo bo'lgan. Shimoliy Afrikaning kattagina qismi subtropik va subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Ana shuning uchun ham bu yerda ikkita katta tabiiy geografik o'lka: Sahroi Kabir tropik cho'l o'lkasi va Sudan savanna o'lkasi ajraladi. Shimoliy Afrikada uning shimoli-g'arbiy qismi-Atlas o'lkasi alohida o'rin tutadi. Bu o'lka subtropik mintaqaning janubiy chekkasida bo'lib, Alp burmalanish mintaqasi tog'lari sistemasiga kiradi. Landshaft jihatidan bu o'lka, ayniqsa uning shimoliy qismi O'rta dengiz bo'yining bir qismidir. Lekin, Atlas o'lkasining janubiy yarmidayoq Saxroi Kabir landshaftlari sezila boshlaydi. ATLAS O'LKASI Atlas o'lkasi tabiati xususiyatlarida O'rta dengizbo'yining subtropiklaridan Sahroi Kabirning tropik cho'l landshaftla- riga o'tish xarakteri sezilib turadi. Afrikaning shimoli-g'arbiy sohili ko'p jihatdan Ispaniyaning janubiy sohilini eslatadi, o'lkaning ichki qismlari esa o'z tabiatiga ko'ra Sahroi Kabirning chekka shimoliga o'xshab ketadi. 133. Atlas tog'larining orografik sxemasi Shimol va sharqda o'lkani O'rta dengiz, g'arbda Atlantika okeani o'rab turadi. Janubda uning Sahroi Kabir bilan chegarasi hamma joyda ham aniq sezilmaydi. Umuman olganda bu chegara Atlas tog' tizmalarining janubiy etagiga to'g'ri keladi. Lekin bazi bir joylarda Sahroi Kabirga xos landshaftlar tog'lar oralig'idagi pastliklar bo'ylab shimolga, shu o'lka ichiga kirib kelgan. Atlas va Atlas tog'lari degan nomlar Yevropada qabul qilingan. Lekin bu tushunchalarni mahalliy aholi bilmaydi. Umuman olganda butun tog' sistemasini mahalliy aholi yagona bir nom bilan atamaydi. Ayrim tog' tizmalari va platolarning o'z nomlari bor. O'rta dengiz sohili bo'ylab qirg'oq shakliga qarab balandligi 200- bo'lgan yosh burmali tog'lar ko'tarilgan. Bu tizmalar Janubiy Ispaniya va Sitsiliya tog'larining bevosita davomidir. G'arbdagi Rif Atlasi yoki Arrif va sharqdagi Tell-Atlas tog'lari ana shulardir. O'lkaning O'rta dengiz sohili parchalanib ket.gan. Bunda tog'lar dengizga tik tushgan va kemachilik uchun qulay buxtalar hosil qilgan yoki dengizning qirg'oq bo'yidagi kambar tekisligi bilan ajralgan. O'lkaning janubida Atlantika okeanidan shimoli-sharqqa tomon Baland Atlas tizmasi cho'zilgan. Bu tizmaning ancha qismi gertsin siklida tarkib topgan. Tubkal massivida balandligi cho'qqi bor. Bu esa butun o'lkaning eng baland nuqtasidir. Sahroi Kabir atlasi Baland Atlasning shimoli-sharqdagy davomidir. Baland Atlasdan bir oz janubroqda Antiatlas tizmasi joylashgan. Bu tizma platformaning kaynozoy erasida ko'tarilib qolgan chekka qismidir. Tog' tizmalarining ikkita zonasi orasida tog'lar orasidagi bukilmalarga to'g'ri keladigan ichki tekisliklar va baland.platolar (mesetalar) polosasi joylashgan. Platolar Atlantika bo'yi chekka pasttekisligidan zinapoyasimon ko'tarila borib, shimoli-sharqqa O'rta dengiz sohiligacha davom etadi. Butun tog'li o'lka, jumladan, shimoldagi yosh yangi paydo bo'lgan tizmalar neogen oxirida kuchli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.93 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.93 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga