Shimoliy Amerikaning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari

Shimoliy Amerikaning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari

O'quvchilarga / Geografiya
Shimoliy Amerikaning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Shimoliy Amerikaning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari Reja: 1.Tabiat zonalari Tabiat zonalari.Materik iqlimi va relyefidagi farqlar tabiat zonalarining turlicha bo'lishiga zamin yaratadi. Buyuk ko'llardan shimoldagi tabiat zonalari kenglik bo'yicha tarkib topgan bo'lsa, janubdagi tabiat zonalari deyarli meridian yo'nalishida joylashgan. Arktika cho'llari zonasiGrenlandiya oroli va Kanada-Arktika arxiðelagini egallaydi. Qishi juda sovuq (-35 °C dan past), yozi salqin (+5 °C dan past). Asosiy o'simliklari mox va lishayniklar. Hayvonot olami oq ayiq, morj, qo'yho'kiz (ular faqat shu zonada yashaydi, 19- rasm), oq yapaloqqushva boshqalardan tashkil topgan. Tundra va o'rmon-tundra zonasiningjanubiy chegarasi sharqda 53°sh. k. dan, g'arbda 62°sh. k. yo'nalishigacha boradi. Botqoq va tundra - gleyli tuproqlarda buta va o't o'simliklar, pakana qayin va tol, toshyorar, mox va lishayniklar o'sadi. O'rmon-tundrada qora vaoq qarag'ay, balzam pixtasi (qarag'ayi), tilog'ochlaro'sadi. Tundrada shimol bug'usi, qo'yho'kiz, lemming, qutb tulkisi, qutb bo'risi, oq kaklik, oq quyon, AlyAsqadatog' qo'yi, qor echkisiko'p uchraydi. Tayga zonasi45° sh. k. gacha tarqalgan. Zona botqoq, podzol va muzloq tuproqlardan tarkib topgan. Asosiy o'simligi qora vaoq qarag'ay, Amerika tilog'ochi, balzam pixtasi, qarag'aykabi igna bargli daraxtlar o'rmonlarni hosil qiladi. Labrador yarimorolidagi daraxtlarning 90 % i qora qarag'ayga to'g'ri keladi. Hayvonlardan qorava qo'ng'ir ayiq, Amerika losi, kiyik, o'rmon bizoni, bug'u, Kanada silovsini, yenot, bo'ri, skuns, ondatra, qizil tulkikabilar yashaydi. Tinch okean sohillarida duglas qarag'ayi, oq vaqora qarag'ay, kedrko'p o'sadi. Daraxtlarning bo'yi 80 - 100 m ga boradi. Aralash va keng bargli o'rmonlar zonasining sur o'rmon tuproqlarida qarag'ay, qayin, terak, tol, kashtan, eman, buk, Amerika yong'og'i, marvaridgul, yertutkabi o'simliklar o'sadi. Virgins bug'usi, kalamush, puma, bobr (suv qunduzi), qizil olmaxon, yenot, burunduqasosiy hayvonlaridir. O'rmon-dasht va dasht zonalariningkashtan va qora tuproqlarida chalov, betaga, bizon o'tieng ko'p uchraydi. Zonalarning shimoliy va sharqiy qismlarida qalin o'tlarning bo'yi 1,5 m ga yetadi. Buyuk tekisliklarda o't o'simliklar ancha siyraklashadi, tikanli butalar, janubda, hatto, dub, akatsiya kabi daraxtlar uchraydi. Asosiy hayvonlari bizon, bo'ri, tulki, kiyik, skuns (badbo'y), opossum, oqboshli burgutva boshqalardan iborat. Chalacho'l va cho'l zonalariningasosiy o'simligi qora shuvoq, kaktus(bo'yi 4 - 9 m), yukka(daraxtsimon doimiy yashil o'simlik) qo'ng'ir-jigarrang tuproqlarda o'sadi. Sudralib yuruvchilar (qora ilon) va kemiruvchilar, qalqondorlar yashaydi. Savannalar va siyrak o'rmonlar zonasidaqizil va qizilqo'ng'ir tuproqlar hosil bo'lgan. Baland o't o'simlikli, kaktusakatsiyali savannalar va eman-qarag'ayli siyrak o'rmonlar xos. Fasliy nam (musson) o'rmonlar zonasiuchun ferralit tuproqlar, eman, Karib qarag'ayi, palma, kiðariskabi o'simliklar xos. Hayvonlardan alligator (timsohning bir turi), qora ilon, kurka,Nikaragua sohillarida anakonda ilonlariyashaydi. Balandlik mintaqalari Kordilyera va Appalachi tog'lari hududini qamrab olgan. Tog'larda oq qarag'ay, kedr, sekvoyya, qora qarag'ay o'sadi. Hayvonlardan tog' qo'yi, qizil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 63.71 KB
Ko'rishlar soni 263 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 63.71 KB
Ko'rishlar soni 263 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga