Shimoliy Mongoliya Mongoliya Xalq Respublikasining shimoliy, aniqrog'i shimoli-g'arbiy qismini egallagan bu tabiiy geografik o'lka SSR bilan chegarada joylashgan bo'lib, tabiiy sharoitiga ko'ra Janubiy Sibirning tog'tayga territoriyasi bilan Markaziy Osiyoning okeanlarga suvi oqib bormaydigan qurg'oqchil yassi tog'liklari o'rtasidagi oraliq o'lkadir. Shimoliy Mongoliya relefi uchun katta absolyut balandlikdagi soyliklar hamda tekisliklar bilan almashinib keladigan tog' tizmalarining ko'pligi xosdir. Tog' tizmalari uchta asosiy sistemaga: Xentey, Xangay va Mongoliya hamda Gobi Oltoyi sistemasiga kiradi. Ularning umumiy xususiyati uzoq davom etgan tekislanish jarayonlari izlari yaxshi ifodalangan silliqlangan relefi hamda o'rtacha balandliklarning ko'iligidir. Mongoliya- Oltoyi hammadan baland ko'tarilgan. Bu tog'larning ayrim qismlari o'tkir cho'qqili, tepalari qirrali tipik alp relefiga ega. Anchagina cho'qqilarning balandligi dan oshadi. Mongoliyadagi eng baland tog' massivi Tabin-Bogdo-Ola bo'lib, Mongoliya Oltoyida, Sovet Ittifoqi bilan chegarada joylashgan. Xangay tog'lari sistemasida Enxtayvan tog'i eng baland () ko'tarilgan, Xentey tog'larining balandligi atigi ga etadi. Shimoliy Mongoliya tog'larida, ayniqsa Mongoliya Oltoyi tog'larida tektonik soyliklar ko'p, bazilarida ko'llar joylashgan. Shimoliy Mongoliyaning tog' tizmalari oralig'idagi hamda ularning janubiy etaklaridagi tekislik yerlar dengiz sathidan dan ortiq balandda joylashgan. Bu tekisliklar peneplenlashgan yerlar bo'lib, ularda ko'pincha qoldiq relef izlari, yassi tepalar yoki tep-tekis yerlar bor, bular ustini to'rtlamchi davrning kontinental yotqiziqlari qoplagan. Mongoliyaning g'arbiy qismida Xangay tog'lari bilan Mongoliya Oltoyi tog'lari oralig'ida Katta Ko'llar soyligi joylashgan.larqda ham Katta Xingan tog'larinnig g'arbiy etagida katta botiq bo'lib, uning bir qismi Mongoliyada, bir qismi Xitoyda joylashgan. Bu botiqning ham eng past qismlarini ko'llar egallagan. Bu qoldiq ko'llar qadimda tekisliklarni qoplab yotgan juda katta suv havzalari bo'lganligini ko'rsatadi. Bular qumgil yotqiziqlarining qalin qatlamlarini qoldirgan, hozirgi iqlim sharoitida shamollar bu yotqiziqlarni to'zitib, qayta yotqizib, cho'l relefi shakllarini hosil qiladi. Ayrim botiq yerlar sho'rxoklardan iborat. Shimoliy Mongoliyaning janub va janubi-sharqida tog' tizmalarining etagi yaqinida va qisman tog' tizmalari oralig'ida Gobi yassi tog'ligining shimoliy chekkalari joylashgan. Bu yer keningi tabiiy geografik o'lkaga o'tiladigan chegara hisoblanadi. Shimoliy Mongoliya yer bag'rida zaminning asosan proterozoy va quyi paleozoy kristall jinslari bilan bog'liq foydali qazilmalar bor. Bular temir rudasi, oltin va boshqa rangdor metallar konlaridir. Bazi soyliklarning mezozoy va paleozoy yotqiziqlarida toshko'mir bor. Shimoliy Mongoliya Osiyoning qishki yuqori bosim oblastida joylashgan, yozda o'lka territoriyasida g'arbiy shamollar esadi va qutbiy frontda siklon faoliyati rivojlanadi. O'lkaning asosiy iqlimiy xususiyatlari ana shularga bog'liq ravishda tarkib topadi. Bular: yoz va qish oylari orasida va sutka davomida temperaturaning Yer shari bo'yicha eng keskin, eng katta o'zgarishi; yog'inning kam yog'ishi va eng ko'p yog'inning yoz oylariga to'g'ri kelishi (tog' yonbag'irlarida 300-, soyliklarda dan kam); qishning uzoq davom etishi ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.87 KB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:10
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.87 KB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:10 ]
Arxiv ichida: docx