Shimoliy Muz okeani

Shimoliy Muz okeani

O'quvchilarga / Geografiya
Shimoliy Muz okeani - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Shimoliy Muz okeani Reja: 1. Asosiy xususiyatlari. 2. Geografik o'rni 3. O'rganilish tarixi 4. Geologik tuzilishi va tabiiy boyliklari. 5. Okean tubi relyefi 6. Tabiat mintaqalari. Asosiy xususiyatlari. Okeanlarning eng kichigi, Shimoliy qutb atrofida joylashgan, dengizlari okean maydonining yarmini egallaydi, shelf egallagan maydoniga ko'ra birinchi o'rinda, eng sayoz, ko'p yillik muzlar bilan qoplangan yagona okean, eng sovuq, iqlim va tabiat mintaqalari eng kam, qo'yho'kiz, oq ayiqlar yashaydi, eng yirik oroli bor, uzoq qutb tunlari va kunlari bo'ladi. Geografik o'rni. Okean shimoliy qutb atrofida joylashgan. Uni ikkita materik o'rab turadi. Bering bo'g'izi orqali Tinch okean bilan, Skandinaviya yarimoroli - Farer, Islandiya va Grenlandiya orollari - Smit bo'g'izi - Kanada arxiðelaglari orqali Atlantika okeani bilan chegaralanadi. Qirg'oqlari ancha parchalangan. Orollari ko'p. Maydoni 14 mln kv km. O'rganilish tarixi. Okean to'g'risidagi birinchi ma'lumotni yunon olimi Pifey (yer. av. 325- yil) yozgan va Qayrilgan dengiz deb nom bergan. Keyinchalik, yevropaliklar Giðerborey (yunoncha, Borey- shimoldagi shamollar xudosi) deb atashdi. 1650- yilda B. Varenius mustaqil okean tariqasida ajratdi. XIX asrning boshlarida ichki dengiz sifatida Atlantika okeani tarkibiga kiritildi. 1845- yilda London Geografiya jamiyati, 1928-yilda xalqaro gidrografik byuro, 1936- yilda Rus Geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeanini mustaqil okean tariqasida ajratishga qaror qildilar. Okeanni o'rganishda Pyotr I (Buyuk Shimol ekspeditsiyasi, 1733 - 1743- y.), M. V. Lomonosov (XVII asrning ikkinchi yarmi), shved olimi N. A. Nordensheld (1878 - 1879- y.) larning tashkil etgan ekspeditsiyalari muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Shuningdek, XIX asr oxirida F. Nansen, S. O. Makarov (1899- y.), R. Piri (1909- y.) Shimoliy qutbni birinchi bo'lib zabt etgan, R. Amundsen (1903 -1906- y., 1918 - 1920- y.) va boshqalar qimmatli ma'lumotlar to'pladilar. Hozirgi paytda Rossiya, AQSH va Kanada mutaxassislari Shimoliy Muz okeanining tabiatini o'rganishmoqda. Geologik tuzilishi va tabiiy boyliklari. Okean bundan 60 mln yil avval paydo bo'la boshlagan. Uning tubi geologik jihatdan Shimoliy Amerika va Yevrosiyo litosfera plitalari tarkibiga kiradi.Okean tubida dengiz, daryo va aysberg yotqiziqlari kata maydonda tarqalgan. Ularning qalinligi 1 00 - 3 500 m atrofida. Shelf zonasida daryolar, dengiz oqimlari keltirgan cho'kindi jinslar, okean markazida esa changsimon zarrachalar, biogen yotqiziqlar uchraydi. Qazilma boyliklaridan temir rudasi shaxta usulida qazib olinadi, Norvegiya sohillarida titan sochma holda tarqalgan. Neft va gaz Kanadaga tutash suvlarda ko'p qazib olinadi. Daryolarning quyilish joylarida, Oq, Barens, Norvegiya dengizlaridan ko'plab baliq ovlanadi va suvo'tlari yig'ib olinadi. Okean tubi relyefi. Suv tubi relyefini o'rganish bu hududlarning dengiz emas, balki okean ekanligini ko'rsatdi. Relyefida parallel cho'zilgan tog' tizmalari, ular oralig'ida chuqur cho'kma (Litke ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.74 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.74 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga