Shimoliy-G'arbiy Xitoy

Shimoliy-G'arbiy Xitoy

O'quvchilarga / Geografiya
Shimoliy-G'arbiy Xitoy - rasmi

Material tavsifi

Shimoliy-G'arbiy Xitoy Shimoli-g'arbiy Xitoy o'lkasi janubiy Mongoliya va Shimoliy Xitoy o'lkasidan g'arb va janubi-g'arbda joylashgan bo'lib, shimoli-g'arbda Sovet Ittifoqi bilan chegaradosh, janubda esa Tibetning shimolidagi chekkadagi tog' tizmalariga borib taqaladi. Bu yerda asosiy territoriyani tog' va tekislik cho'llari egallagan bo'lsa ham, lekin landshaftlar cho'l yassi tog'liklardagiga nisbatan birmuncha xilma-xildir. Shimoli-g'arbiy Xitoyga Sharqiy Tyanshan tog' sistemasi va unga shimol va janubdan tutashib turgan ikkita soylik Jung'oriya va Qashqar (Torim) soyliklari kiradi. Sharqiy Tyanshan va Shimoli-g'arbiy Xitoydagi boshqa tog'lar paleozoy strukturasi zonasiga kiradi. Bular mezozoyda peneplenlashgan, neogen oxirida yorilishlar va kuchli palaxsali harakatlar ro'y bergan. Jung'oriya va Qashqar soyliklari bukilgan hamda ularda cho'kindi jinslar to'plangan. Bu soyliklarning har biri zaminida qadimgi burmali strukturalar mavjud bo'lib, ular bazi joylarda yer yuzasiga chiqib turadn, lekin odatda katta chuqurlikda joylashib, ular ustini turlidavrlarning cho'kindi jinslari qatlamlari qoplab yotadi. Jung'oriya va Torim palaxsalari Sharqiy Tyanshandan yoriqlar orqali ajralgan. Soyliklarning chekka qismlari ko'tarilgan, shu sababli bu erlarda cho'kindi jinslar qatlamlari o'rtasida ayrim tog' tizmalari ko'tarilib turadi, ular soyliklar bilan Tyanshan sistemasi oralig'ida o'tkinchi zonadir. Tog'larda turli balandlikka ko'tarilgan qadimgi peneplen yuzalarning qoldiqlari ko'zga aniq tashlanib turadi. Butun Sharqiy Tyanshan geografik kenglikka yaqin yo'nalishda cho'zilgan bir qancha tog' tizmalari va soyliklardan iborat. Butun sistemada boshdan-oyoq cho'zilgan asosiy tizmalarning ikkita zonasi aniq ifodalangan. Bu tizmalar kristall jinslardan tuzilgan bo'lib, soylik va botiqlar orqali bir-biridan ajralib turadi. Asosiy tizmalar shimolda Jung'oriya va janubda Torim soyliklariga qiya zinapoyalar hosil qilib tushadigan tog' oldi zonasiga ega. Asosiy tizmalar katta balandlikka (300-) ega bo'lsa ham, ularning relefida yassi shakllar ko'pchilikni tashkil etadi, taroqsimon tog' tepalari, aniq ajralib turadigan o'tkir cho'qqilar deyarli yo'q. Faqat baland tog' massivlarining yuqori qismlari muzlik ta'sirida tipik alp tipli relefga ega bo'lgan. Lekin bu erlarda ham alohida ko'tarilib turgan cho'qqilar kam. Butun Tyanshan Qirg'iziston SYeR bilan Xitoy chegarasida eng katta balandlikka ko'tariladi, bu yerdagi g'alaba cho'qqisi 7439 metrga, Xontangri massivi ga etadi. Sharqiy Tyanshanning eng baland nuqtasi Xontangridan sharqqa qarab cho'zilib ketgan Xoliqtog' tizmasida joylashgan. Bu tizmadagi eng katta balandlik , Bogdoshan tizmasidagi Bogdo-Ula massivi ga ko'tarilgan. Tyanshanning shimoli-g'arbiy tizmasi boro-xoro Jung'oriya Olatovi bilan tutashgan. Jung'oriya Olatovi Sovet Ittifoqi chegarasi bo'ylab cho'zilib, Jung'oriya soyligini shimoli-g'arbdan o'rab turadi. Sharqiy Tyanshan soyliklari turli xil balandlikda joylashgan va yosh cho'kindi jinslar bilan to'lgan. Ularning bazilarida ko'llar bor, bazilari quruq va sho'rxoklar bilan band. Eng baland soyliklarning tagi dengiz sathidan dan yuqorida joylashgan, ularning eng pasti to'rfon yoki Lyukchun soyligi dengiz sathidan past turadi, bu yer yuzidagi eng chuqur quruq botiqdir. Uning faqat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.29 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.29 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga