Shimoliy-Sharqiy Xitoy va Koreya yarim oroli

Shimoliy-Sharqiy Xitoy va Koreya yarim oroli

O'quvchilarga / Geografiya
Shimoliy-Sharqiy Xitoy va Koreya yarim oroli - rasmi

Material tavsifi

Shimoliy-Sharqiy Xitoy va Koreya Yarim Oroli Keng va murakkab tuzilgan Dunbey, yani Shimoli-sharqiy Xitoy bilan Koreya yarim orolini ularning Yevrosiyo mo'tadil mintaqasining janubi-sharqiy, Tinch okean bo'yidagi qismida joylashganligi, juda aniq ifodalangan musson tsirkulyatsiyasi, organik dunyosining kelib chiqishi hamda tarkibining bir xilligi, shuningdek juda o'zgarib ketgan kembriygacha va paleozoy strukturalaridagi palaxsali tog'-tekislik relefining keng tarqalganligi bir tabiiy oblastga birlashtirishga imkon beradi. Territoriyasi katta qismining asosini mezozoy va kaynozoy eralarining keningi palaxsali harakatlari murakkablashtirib yuborgan Xitoy-Koreya platformasi tashkil etadi. Butun oblast uchun turli davrda vujudga kelgan yer po'sti yoriqlarining ko'pligi xosdir. Yorilishlar bilan birga vulkan harakatlari ro'y bergan, uning hozirgi relefida aks etgan. To'rtlamchi davr yotqiziqlaridan lyosslar eng keng tarqalgan. Shimoli-sharqiy Xitoy va Koreya yarim oroli tog' sistemalari o'rtacha balandlikka ega, ularda keningi vertikal harakatlar ta'sirida har xil balandlikka ko'tarilib qolgan qadimgi tekislangan yuzalar keng tarqalgan, turli davrlarda otilib chiqqan vulkan jinslari keng erlarni qoplagan. Dunbeyning ichki qismi tekislikdan iborat. Bu tekislikni tog' massivlari tarmoqlari ayrim qismlarga bo'lib turadi. Eng katta tekislik Markaziy Manchjuriya tekisligi (Sunilo) bo'lib, uni Sungari hamda uning irmog'i Nuntszyan daryosi sug'oradi. Tekislikni deyarli hamma tomondan tog'lar o'rab olgan. Tekislik atrofga asta-sekin ko'tarilib borib, eng baland erida ga etadi, eng pastki qismida esa uning balandligi atigi bir necha metrdir. Janubda Sunilo tekisligi tor yo'lak orqali Janubiy Manchjuriya yoki Mukden pasttekisligi bilan tutashgan. Bu pasttekislik Lyaodun qo'ltig'iga tutashgan bo'lib, u Lyaoxe daryosidan suv ichadi. Sunilo shimolda O'rta Amur va Xankabo'yi pasttekisliklari bilan tutashgan bo'lib, bu pasttekisliklarning bir qismi SSR doirasida joylashgan. Shimoli-sharqiy Xitoyning barcha pasttekisliklari kaynozoy erasining ko'l va allyuvial yotqiziqlari bilan qoplangan qadimgi kristall zamin ustida yotadi. Markaziy tekislikdan g'arbda assimetrik tuzilgan Katta Xingan tog'lari sistemasi joylashgan. U kristall jinslardan tuzilgan tog' tizmalaridan iborat bo'lib, g'arbiy yonbag'ri qiya, sharqiy yonbag'ri tik, balandligi dan oshmaydi. Tizmalar yonbag'irlarini chuqur vodiylar o'yib tushgan, yuqori qismlarida qadimgi tekislangan yuzalar ko'zga yaqqol tashlanib turadi. Shimolda Katta Xingan Ilxuri-Alin tog'lari bilan tutashgan, bu tog'lar esa Kichik Xingan tog'lariga qo'shilib ketgan. Bu tog'larning balandligi dan oshmasa ham,lekin yonbag'irlari tik, vodiylari darasimon tor va chiqish tspnip. Kichik Xingan asta-sekin pasayib borib, Sungari vodiysiga tutashadi. Daryo tog' tizmasini kesib o'tgan yerda Sansin ostona toshlarini hosil qiladi. Janubda Katta Xingan Inshan tizmasiga qo'shilgay, Inshanga esa janubi-g'arbda Lyassi tog'lari tutashgan. Lyassi tog'larini chuqur vodiylar ayrim qismlarga bo'lib yuborgan. Janubroqda Buyuk Xitoy tekisligi joylashgan. Uni shimol, g'arb va jano'bdan o'rtacha balandlikdagi tog'lar va platolar grab olgan, sharqiy tomoni esa Sariq dengizga ochiq. Tekislikdan yakka-yakka joylashgan tog' massivlari va qirlar ko'tarilgan. Buyuk ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.1 KB
Ko'rishlar soni 257 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.1 KB
Ko'rishlar soni 257 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga