Shveytsariya Alp tog'laridagi qoya cho'qqilar va muzliklar

Shveytsariya Alp tog'laridagi qoya cho'qqilar va muzliklar

O'quvchilarga / Geografiya
Shveytsariya Alp tog'laridagi qoya cho'qqilar va muzliklar - rasmi

Material tavsifi

Muzliklar Reja: Qor qoplami va qor chizig'i Qor ko'chkilari Qorning gletcherga aylanishi Muzliklar yer sirtining qor chizig'i chegarasidan yuqori qismida, relef hamda iqlim sharoiti qulay kelgan joylarda qorning to'planishi va zichlashishidan hosil bo'ladi. Ular o'zi joylashgan hududning iqlimiga, daryolarining suv rejimiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi, ayniqsa tog' muzliklari daryolarni to'yintiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Qor qoplami va qor chizig'i Qor qoplami qorning yer sirtida to'planishidan hosil bo'ladi. Shamol ta'sirida u yer sirtida notekis taqsimlanadi. Natijada qor qoplamining asosiy ko'rsatkichlari-qalinligi, strukturasi (tuzilishi), zichligi, suv miqdori turli hududlarda turlicha bo'ladi. Daryolarning suvliligi ko'p jihatdan ularning havzalarida yilning sovuq davrlarida to'plangan qor qoplami miqdoriga bog'liq bo'ladi. Tabiatda quruq va xo'l qor qoplamlari bir-biridan farq qiladi. Quruq qor qoplamining zichligi o'rtacha 0,06 gG'sm3 ga teng bo'lsa, xo'l qor qoplaminiki esa 0,20 gG'sm3 atrofida bo'ladi. Yer sirtida shunday yuza(sath)lar mavjudki, u joylarda qor ko'rinishida yoqqan atmosfera yog'inlarining o'rtacha yillik miqdori uning erishiga va bug'lanishiga sarf bo'lgan qiymatiga teng bo'ladi. Aniqrog'i malum balandlikda qor to'planishi va uning sarflanishi muvozanatda bo'ladi. Relef va iqlim sharoitlarining o'zaro munosabati tufayli vujudga kelgan bunday sath qor chegarasi yoki qor chizig'i deb ataladi. Qor chizig'idan pastda qor shaklida yoqqan yog'inlarning miqdori ularning erishga va bug'lanishga sarflanishidan kam, qor chizig'idan yuqorida esa buning aksi bo'ladi. Qor chizig'idan yuqorida, xionosfera deb ataladigan qatlam doirasida, muntazam ravishda qorning to'planishi kuzatiladi. Xuddi shu xionosfera chegarasida doimiy qorliklar va muzliklar hosil bo'ladi. Xionosfera qatlamidan yuqoriga ko'tarilgan sari esa yog'adigan qor miqdori sarf bo'ladiganidan kamaya boradi. Qor chizig'ining geografik kengliklar bo'yicha taqsimlanishi 11-rasmda keltirilgan. Qor chizig'i qutb doirasida, havo haroratining pastligi tufayli, okean sathigacha tushadi. Jumladan, janubiy yarim sharda qor chizig'i 620 janubiy kenglikdan boshlab okean sathiga to'g'ri keladi. Sababi, janubiy yarim shar iqlimiga asosiy ta'sirini okean ko'rsatadi. Qor chizig'ining eng baland nuqtasi subtropiklarda joylashgan (6400 m gacha). Ekvator havosi nam bo'lib, u yerda yog'in miqdori bir muncha ortadi va qor chizig'i balandligi 4400-4900 m gacha tushib qoladi. Tog'li hudududlarda qor chegarasi balandligi yil fasllari bo'yicha o'zgarib turadi (12-rasm, a). Yer sirtining qor to'planadigan qismida qor qoplami va muzliklar zahirasi doimiy ravishda kamayib turadi. Bu kamayish ikki xil yo'l bilan-qor ko'chkilari va muzliklarning qor chizig'idan pastga siljishi ko'rinishida kuzatiladi. Qor ko'chkilari Qor ko'chkilari (lavinalar) deb, tog' yonbag'irlarining qiya yuzalari bo'ylab surilib tushadigan qor uyumlariga aytiladi. Ko'chkilar qiyaligi 150 dan katta va qor qalinligi 0,5 m dan ko'p bo'lgan tog'li va qutb oldi hududlari uchun xarakterlidir. Ko'chkilarning paydo bo'lishi sabablari turlichadir. Masalan, quruq ko'chkilar yangi yoqqan qor bilan eski ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.31 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:50 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.31 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga